Nikita Artyomovich Grechixin (ruscha: Никита Артёмович Гречихин; 1903-yil 29-may – 1943-yil 29-noyabr) – Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (15.01.1944).

Nikita Grechixin
Asl ismi ruscha: Никита Артёмович Гречихин
Tavalludi 29-may 1903-yil
Yekaterinoslav viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 29-noyabr 1943-yil(1943-11-29)
(40 yoshda)
Xoyniki tumani, Gomel viloyati, Belorussiya SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari piyoda askarlar
Xizmatdagi yillari 1942-1943-yillar
Unvoni Starshina
Qoʻmondonlik qilgan vzvod
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

1903-yilda Igren qishlogʻida (hozirgi Dnipro) dehqon oilasida tugʻilgan. Boshlangʻich maʼlumotni olib, quruvchi boʻlib ishladi[1].

1942-yil fevralda Grechixin Paxtakor tumani (Samarqand viloyati) harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. U Bryansk, Gʻarbiy, Oryol, Markaziy va Belarus frontlaridagi janglarda qatnashgan. Orlovsk, Chernigovo-Pripyat, Gomel-Rechitsa operatsiyalarida qatnashgan. 1943-yil sentyabr oyiga qadar Grechixin 1185-oʻqchilar polkida (356-oʻqchilar diviziyasi, 61-armiyasi, Markaziy fronti) vzvod qoʻmondoni yordamchisi edi. Dnepr jangi paytida jonbozlik koʻrsatdi[2].

Liubech qishlogʻi (Ripkinskiy tumani, Chernigov viloyati, Ukraina SSR) yaqinidagi Dneprga yaqin joydagi janglar vaqtida, Grechixin razvedka guruhining safida boʻlib, tahminan 50 kishilik nemis boʻlinmasini topdi. U qoʻqqisdan dushmanga hujum qilib, 9 ta dushman askarini yoʻq qildi va yana birini asirga oldi. Dneprni kechib oʻtish paytida Grechixin 5 ta qayiqni izlab topdi va bir guruh jangchilarga boshchilik qilib daryoni kechib oʻtdi hamda batalyonning oʻtish joyini pulemyot bilan himoya qildi. 1943-yil 4-oktyabrda Pirki qishlogʻi (Braginski tumani, Gomel viloyati, Belorussiya SSR) yaqinidagi Braginka daryosida bir guruh askarlar bilan birga dushman ortidan zarba berib 37 ta dushman askarlari va ofitserlarini yoʻq qildi, shu bilan batalyonning muvaffaqiyatli oʻtishiga zamin yaratdi. 1943-yil 29-noyabrda polk Tunevshina va Glinishe qishloqlari (Xoyniki tumani) hududida kuchli mustahkamlangan nemis pozitsiyalariga duch keldi. Grechixin xizmat qilgan vzvod bir necha bor hujumga oʻtdi va dushmanlar transheyasigacha yetib borib ularni chekinishga majbur qiladi. Oʻsha jangda Grechixin halok boʻldi. U Tunevshina qishlogʻiga dafn qilindi, keyinchalik Xoyniki shahridagi birodarlik qabristoniga dafn qilindi[3].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 15-yanvardagi farmoni bilan „Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“, Nikita Artyomovich Grechixin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (oʻlimidan soʻng).

Xotira

tahrir
  • Dnepropetrovskdagi maktabga Grechixin nomi berildi.
  • 1977-yilda Gomel viloyati, Xoyniki tumani, Boguslavets qishlogʻi Grechixino deb oʻzgartirildi.
  • 1975-yilda Kalinkovichi-Xoyniki va Tunevshchina-Glinische yoʻllari kesishmasida yodgorlik oʻrnatildi.

Manbalar

tahrir
  1. Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. – M.: Voenizdat, 1987. – T. 1 /Abaev – Lyubichev/. – 911 s. – 100 000 ekz. – ISBN ots., Reg. № v RKP 87-95382.
  2. warheroes.ru. „Гречихин Никита Артёмович“.
  3. war-heroes.uz. „GRECHIXIN NIKITA ARTEMOVICH“.