Nikolay Aleksandrovich Ivanov (1842-yil 26-yanvar — 1904-yil 18-may) — rus davlat arbobi, Turkiston yurishlari ishtirokchisi, Turkiston general-gubernatori, Zarafshon okrugiga boshligʻi, Fargʻona viloyati harbiy gubernatori (1901—1904)[2].

Nikolay Aleksandrovich Ivanov
general-gubernator
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1842-yil
Vafoti 1904-yil 18-may
SSSR Oʻzbekiston SSR Toshkent
Fuqaroligi Rossiya imperiyasi
Millati rus
Mukofotlari 3-darajali Sankt-Anne Ordeni qilich va kamon bilan[1]
4-darajali Avliyo-Jorj Ordeni
4-darajali Muqaddas Vladimir ordeni qilich va kamon bilan (1866)
2-darajali Stanislav ordeni qilich bilan
"Jasorati uchun" oltin qilichi
2-darajali Muqaddas Stanislav ordeni uchun imperator toji
2-darajali Sankt-Anne Ordeni qilich bilan
3-darajali Muqaddas Vladimir ordeni qilich bilan
1-darajali Stanislav ordeni
1-darajali Sankt-Anne ordeni
2-darajali Vladimir ordeni
Oq burgut ordeni

Biografiyasi

tahrir

Nikolay Aleksandrovich Ivanov 1842-yil 26-yanvarda tavallud topgan.

Ivanov Orenburg Neplyuevskiy kadet korpusi va Mixaylovskiy artilleriya maktabi kurslarini tamomlagach, 1863-yil 12-iyunda Orenburg qozoq armiyasi ot artilleriyasining kornetiga koʻtariladi va darhol Oʻrta Osiyodagi jangovar harakatlarda ishtirok eta boshlaydi.

Harbiy yurishlari davomida Nikolay Ivanov qoʻqonliklarga qarshi kechgan ilk janglarda oʻzini koʻrsatib, Sankt-Peterburg ordeni va 3-darajali Sankt-Anne Ordeni bilan mukofotlanadi. Keyinchalik, Orenburg qozoqlari armiyasining 3-sonli ot artilleriya batareyasining yuzboshisi sifatida 1865-yil 25-dekabrda Toshkentga qilgan hujumi davomida koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun 4-darajali Sankt-Jorj Ordeni ordeni bilan ham taqdirlanadi.

Nikolay Ivanov general Aleksandr Abramov qoʻmondonligida Qarshi ekspeditsiyasida, soʻngra 1870-yilda Shahrisabz beklari Joʻrabiy va Bobobiylarga qarshi yurishda ishtirok etib, Kitob shahriga qilgan hujumi uchun 2-darajali Sankt-Anne Ordeni hamda qilichi bilan taqdirlanadi.

1868—1873-yillarda Ivanovning Zarafshon va Qizilqumdagi harbiy boshqarmasida xizmat qilish unga mahalliy aholi hayotini yaxshi oʻrganish imkonini beradi. 1872-yilda polkovnik unvoniga ham ega boʻladi.

Ivanov Xivaga qarshi harbiy harakatlar yakunida bosib olingan yerlardan tuzilgan Amudaryo boʻlimiga boshliq etib tayinlanadi va bu hududni tinchlantirish uchun katta kuch sarflaydi. Uning saʼy-harakatlari bilan hududda rus aholi punktlari tez rivojlana boshlaydi, savdo-sotiq masalalari ham mustahkamlanib boradi. Xiva yerlarida koʻrsatgan jasorati va fidokorligi uchun 1876-yil 4-aprelda general-mayor unvoni beriladi.

1877-yilda Ivanov Zarafshon okrugiga boshliq etib tayinlanadi va uni olti yil davomida boshqaradi. Keyinchalik Fargʻona viloyati harbiy gubernatori etib tayinlanib, 1889-yildagina nafaqaga chiqadi. 1899-yilga kelib esa Ivanov yana harbiy xizmatga chaqirilib, general-leytenant unvonini oladi va Turkiston general-gubernatori general-leytenant Duxovskiyning yordamchisi etib tayinlanib, viloyatning harbiy va fuqarolik qismini boshqarish ishlari uning zimmasiga yuklatiladi. Turkiston general-gubernatori va Turkiston harbiy okrugi qoʻmondoni sifatida 1904-yil 18-maygacha ushbu yerlarni boshqaradi[3][4].

Harbiy unvonlari

tahrir

Nikolay Ivanov1858-yil 11-avgustda xizmatga kirgan[5] va bir qancha unvonlar bilan taqdirlangan:

Mukofotlari

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Список генералам по старшинству. Составлен по 1-е января 1904 года. 
  • Ivanovi // Voennaya ensiklopediya : [v 18 t.] / pod red. V. F. Novitskogo … [i dr.]. — SPb. ; [M.] : Tip. t-va I. D. Sitina, 1911—1915.
  • Spisok generalam po starshinstvu na 1886 god. SPb., 1886
  • Terentev M. A. Istoriya Zavoevaniya Sredney Azii. T. 1—3. SPb., 1903.
  • Basxanov M. K. „U vorot angliyskogo moguщestva“. A. Ye. Snesarev v Turkestane, 1899—1904 gg. SPb., Nestor-Istoriya, 2015. — 328 s., il., karti. — 978-5-4469-0728-1.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir