Nosiruddin Samarqandiy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nosiruddin Samarqandiy(arabcha:ناصر الدين سمرقندي — Nosiruddin Samarqandiy — Toʻliq ismi:Nosiruddin Abulqosim Muhammad ibn Yusuf Hasaniy Samarqandiy (vafoti 1161-yil)) — mufassir, faqih, so‘fiy, muhaddis va axloqshunos.
Nosiruddin Samarqandiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Mufassir, Faqih, So‘fiy, Muhaddis, Axloqshunos |
Hayoti
tahrirTafsir, hadis va vaʼz ilmi boʻyicha faqih olim boʻlgan Nosiruddin Abulqosim Muhammad ibn Yusuf Hasaniy Samarqandiy Abulqutn nomi bilan tanilgan. Uning tugʻilgan sanasi manbalarda koʻrsatilmagan boʻlsa-da vafoti 556/1161-yilda boʻlganligi manbalarda keltirilgan. Nosiruddin yoshligidan ziyrak va ilmga chanqoq boʻlgan. Ilmning turli sohalari boʻyicha zamonasining yetuk olimlaridan saboq olgan. Ilk sabogʻini oʻz yurtida olgan olim keyinchalik ilm talabida qator mamlakatlarga safar qilgan. Jumladan, allomaning Bagʻdodda bir qancha vaqt yashagani manbalarda keltiriladi. Bundan tashqari, Imom Nosiruddin 535/1141-yildan 543/1150-yilgacha ilm-fan markazi hisoblangan Marv, Bagʻdod, Makka va Madina shaharlarida boʻlib, koʻplab ustozlardan taʼlim olgan va dunyoning aksar olimlari guvohlik berganidek, musulmon olamidagi mashhur olimlardan biriga aylangan[1]. Alloma ulamo va imomlarni tanqid qilganligi, ularni qoralab fikr bildirganligi bois, hibsga olinib shu yerda vafot etganligi manbalarda keltiriladi.
Asarlari
tahrirUning fatvolarga tegishli „Al-multaqotu fi-l-fatovo“ („Saralangan fatvolar“) — asar „Molu-l-fatovo“ („Fatvolar boyligi“) deb ham nomlanib, uni 549/1156-yilda yozib tugatgan[2]. Bundan tashqari, „Al-multaqotu fi-l-fiqh“ („Fiqhdagi foydalar“), „Masobihu-s-subul“ („Yoʻllarning chiroqlari“), „Jomiʼu-l-fatovo“ („Fatvolar toʻplami“), „Al-fiqhu-n-nofiʼ“ („Foydali fiqh“), „Xulosatu-l-muftiy“ („Muftiy xulosasi“), „Asʼaluh va ajvabah“ („Undan soʻrayman va unga javob beraman“), grammatikaga oid „Bulugʻu-l-irb min tahqiq istioroti-l-arab“ („Arab istioralarini oʻrganishda maqsadga etish“), tafsir faniga oid „Al-ahkom fi-t-tafsir“ („Tafsirdagi hukmlar“), odob-axloq va tasavvufga oid „Riyozatu-l-axloq“, („Xulqlar riyozati“) „Bayon riyoza axloqu-n-nafs“ („Nafs xulqlarining riyozat bayoni“) kabi asarlar tasnif yetib oʻzidan bebaho meros qoldirgan. Alloma tomonidan taʼlif etilgan asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. Qurʼon ilmlari, kalom, fiqh, odob-axloq, grammatika va tarixga doir bu asarlarning qoʻlyozma nusxalari dunyodagi turli kutubxona fondlarida saqlanmoqda. [3]
Asarlari
tahrir- „Al-multaqat fi- l-fatovo“,
- „Molu- l-fatovo“,
- „Al-multaqat fi- l-fiqh“,
- „Masobihu-s-subul“,
- „Jomi’u- l- fatovo“,
- „Al-fiqhu-n-nofi’“,
- „Xulosatu- l- muftiy“,
- „As’aluh va ajvabah“,
- „Bulug‘u- l-irb min tahqiq istioroti- l-arab“,
- „Al-ahkom fi-t-tafsir“,
- „Riyozatu- l-axloq“,
- „Bayon riyoza axloqi-n- nafs“
Adabiyotlar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Nosiruddin Samarqandiy. Al-fiqhu-n-nofiʼ. — Riyoz. Maktabatu-l-ibikon, 2000. — B. 26.
- ↑ Umar Rizo Kahhola. Muʼjamu-l-muallifiyn. J. 8. — Bayrut: Dor ihyou-t-turosi-l-arabiya, 2009. — B. 126.
- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 582-583.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |