Nozim Husanov
Nozim Bahtiyorovich Husanov (1976-yil, 19-sentabrZangiota tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik davlat arbobi, 2019—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri. 2023-yil boshidan 2023-yil 11-aprelga qadar Kambag'allikni qisqartirish va mehnat vaziri o'rinbosari[1].
Nozim Bahtiyorovich Husanov | |
---|---|
Fayl:NozimHusanov1.jpg | |
Oʻzbekiston kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari | |
Mansab davri 2023-yil – 2023-yil 11-aprel[1] | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri | |
Mansab davri 2019-yil 19-sentabr – 2022-yil | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Sherzod Qudbiyev |
Toshkent shahar Sergeli tumani hokimi | |
Mansab davri 2018-yil – 2019-yil | |
Hokim | Jahongir Ortiqxoʻjayev |
Oʻtmishdoshi | Bahtiyor Sultonovich Raxmonov |
Vorisi | Bahtiyor Shomurodov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
19-sentyabr 1979-yil Zangiota tumani, Oʻzbek SSR |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrir1976-yilda Nozim Husanov Zangiota tumani, Toshkent viloyatida tugʻilgan. Millati — oʻzbek. Ma'lumoti — oliy.
Ta'lim
tahrir1997-yilda — Toshkent avtomobil yoʻllar institutini, 2002-yilda — Toshkent moliya institutini tamomlagan[2], 2007-yilda — Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
tahrirMehnat faoliyatini 1997-yilda “Sa’dilla” jamoa korxonasi buxgalteri sifatida boshlagan, so'ngra bosh buxgalteri lavozimiga tayinlanadi. 1998-yildan “Tadbirkorbank” aksiyadorlik tijorat banki Toshkent viloyati boshqarmasi mutaxassisi lavozimiga tayinlanadi. 1999-yildan banknkng Toshkent viloyati Keles bo‘limi bosh mutaxassisi, so'ngra boshqaruvchi o‘rinbosari, 2002-yildan boshlab esa boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, bank amaliyot boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2004-yildan Toshkent shahar Markaziy bank bosh boshqarmasi emissiya-kassa amaliyoti boshqarmasi boshlig‘i, Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida ishladi. 2005-yili O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank emissiya-kassa operasiyalari departamenti direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.[3]. 2010-yilda Toshkent viloyati Markaziy banki bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. 2011-yilda — Oʻzbekiston Markaziy banki raisining oʻrinbosari bo'lib ishlaydiboʻlib[4]. 2013-yildan esa Oʻzbekiston milliy banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlanadi. 2014—2016-yillarda „Mikrokreditbank“ boshqaruv raisi boʻlib ishlagan. 2016-yilda Toshkent shahar hokimiligiga õtib, u yerda hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2017-yilda hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlaydi. 2018-yilda Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi etib tayinlandi[5]. 2019-yil 12-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlandi.
Mukofotlari
tahrir2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan „Sodiq xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlandi[6].
Xorijiy mamlakatlarga tashriflar
tahrirNozim Husanov 2021-yilda Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurib, Moskva shahrida Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Anton Kotyakov bilan uchrashuv oʻtkazgan[7]. Uchrashuvda Oʻzbekistonlik migrantlarni ishga yollash tartibini soddalashtirish masalalari muhokama qilingan[8]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Nozim Husanov vazir o‘rinbosarligidan ketdi“. Qaraldi: 7-oktyabr.
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2017/01/26/first-deputy-hokim/
- ↑ https://mehnat.uz/oz/employees
- ↑ https://uz.sputniknews.ru/20190912/Chto-izvestno-o-novom-ministre-truda-Uzbekistana-12408047.html
- ↑ https://kun.uz/ru/85048495
- ↑ https://podrobno.uz/cat/obchestvo/novym-glavoy-mintruda-stal-nozim-khusanov-/
- ↑ „Министры труда Узбекистана и России наметили совместные планы по расширению двустороннего сотрудничества“. mehnat.uz. Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
- ↑ „В России упростят процедуру найма мигрантов на работу“ (2022-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.