Nurullaboy madrasasiXorazm viloyati, Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. 1910—1912-yillarda qurilgan madrasa. Hozirda Xiva shahridagi Yangi turmush mahalla fuqarolar yigʻini, Najmiddin Kubro koʻchasida joylashgan. Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi tasarufida.

Nurullaboy madrasasi
Joylashuvi Xiva, Xorazm viloyati
Koordinatalar 41°22′58″N 60°21′25″E / 41.38265368190225°N 60.35704878530213°E / 41.38265368190225; 60.35704878530213
Turi madrasa
Arxitektura uslubi Xorazm meʼmorchiligi
Asoschi Asfandiyorxon
Qurilish boshlanishi 1910-yil
Qurilish yakunlanishi 1912-yil
Mashhur kishilari Asfandiyorxon
Qarovchi Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi
Qurilish materiali pishiq gʻisht
Map
Nurullaboy madrasasi xaritada

Tarixi

tahrir

Nurullaboy madrasasi 1910—1912-yillarda Xiva xoni Asfandiyorxon tomonidan barpo etilgan. Madrasa Dishan qalʼada Nurullaboy majmuasining janubiy tomonida, Serchali yop arigʻi boʻyida joylashgan. Madarasani plani Xivadagi boshqa madrasalar kabi shaklan bir xil koʻrinishda boʻlgan boʻlib, ichki hovliga tirsaksimon koʻrinishdagi dahliz orqali kirigan. Hovlidan hujralarga oʻtish mumkin boʻlgan boʻlib, hujralar ikki-uch kishiga moʻljallanga, tomi balxa shaklida yopib qurilgan[1]. Hovlining janubi-gʻarbiy tomonida yozgi masjid boʻlgan boʻlib, masjid Xorazm meʼmorchiligining Xiva uslubida barpo etilgan, tomi anʼanaviy juft patik uslubida yopib qurilgan, ayvonga esa toʻrtta naqshinkor ustunlar oʻrnatilgan. Yozgi masjidning janubiy devorida mehrob anʼanaviy ravishda devorga oʻyib yasalgan. Madrasaning qishki masjid xonasiga esa dahliz orqali kirilib, bu masjid ham Xiva uslubida barpo qilingan, tomi anʼanaviy juft patik uslubida yopib qurilgan va toʻrtta naqshinkor ustunlar oʻrnatilgan[1]. Bu yerda ham xonaning janubiy devorida mehrob devorga oʻyib yasalgan. Nurullaboy madrasasi kvadrat shakldagi pishiq gʻishtdan barpo qilingan. Peshtoq sirlangan g‘isht va koʻk koshinlardan yasab chiqilgan. Madrasa binosining umumiy maydoni 609,6 kv. metr, ichki hovlining maydoni esa 104,9 kv. metr, madrasaning jami maydoni 714,10 kv. metr boʻlgan. Madrasa balandligi 3,8 metr, hajmi 2715,10 kub metr[2].

Madrasa barpo etilishida ganchkor ustalar Xudoybergan hoji, Nurmat, Roʻzmat Masharipov, yogʻoch oʻymakorlari boʻlgan ustalar Bobojon Qalandarov, Ota Shixov, Ismoil Abdiyozov, gʻisht terish ishlari ustasi Quryoz Bobojonov ishtirok etganlar[1]. Madrasa qurilishida yana Oqmasjid qishlogʻidagi nemis mennonit ustalari ham faol qatnashishgan[1].

Sovet hukumati davrida madrasada umumiy ovqatlanish shoxobchasi, soʻngra tungi diskoteka[3] sifatida foydalanilgan. Oʻsha paytlarda ichki hovlining tomi yogʻoch bilan bostirilgan. Bugungi kunda hovlining tomi yopiq holatda. 2018-yilda madrasada Oʻzbekiston milliy banki homiyligida toʻliq qaytadan taʼmirlangan va mazkur bankga tekin foydalanish uchun berilgan. Bugungi kunda madrasada Xiva shahar hunarmandlar uyushmasiga tegishli hunarmandlar koʻrgazmasi faoliyat yuritib kelmoqda[2]. Shuningdek, madrasaning bir qismida toʻy marosimlari uchun raqs sahnasi sifatida ham foydalanilmoqda[4].

Manbalar

tahrir