Oʻtkirjon Ismatillo oʻgʻli Nigʻmatov (tugʻ. 1990-yil 10-sentyabr, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek dzyudochisi-paralimpiyachi, 66 kg gacha vazn toifasida ishtirok etgan. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida chempioni, jahon chempionati sovrindori, Yozgi Para-Osiyo oʻyinlari gʻolibi, paradzyudo boʻyicha Jahon kubogi va Gran-pri sovrindori.

O'tkirjon Nig'matov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi O'tkirjon Ismatillo o'g'li Nig'matov
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 10-sentyabr 1990-yil (1990-09-10) (33 yosh)
Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Sport
Qaysi sport Paralimpiya dzyudo

Faoliyati tahrir

2014-yilda Koloradoda (AQSh) koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida u oʻz vazn toifasida finalda ozarbayjonlik Bayram Mustafoyevga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[1]. 2015-yilda Seulda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasidagi Jahon oʻyinlarida dzyudo boʻyicha 66 kg vazn toifasida u finalda mongoliyalik dzyudochi Munkxbat Aajimni mag`lub etdi[2].

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 66 kg vazn toifasida u finalda ozarbayjonlik dzyudochi Bayram Mustafayevni magʻlub etib, Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritdi[3]. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻtkirjonni Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan [4] .

2018-yili Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Para-Osiyo oʻyinlarida 66 kg vazn toifasida finalda qozogʻistonlik dzyudochi Azamat Turumbetovni magʻlubiyatga uchratib, oʻyinlarning oltin medalini qoʻlga kiritdi[5]. Oʻsha musobaqalarda Oʻzbekiston terma jamoasi safida bronza medalini qoʻlga kiritdi[6]. Oʻsha yili Lissabonda (Portugaliya) dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Jahon chempionatida u oʻz vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[7].

2021-yilda u Bokuda (Ozarbayjon) koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Gran-pri musobaqasida 66 kg vazn toifasida finalda ozarbayjonlik Namig Abasliga[8][9].

Manbalar tahrir

  1. „JudoInside - IBSA World Championships Colorado Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  2. „JudoInside - IBSA World Games Seoul Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  3. „Rio 2016 - judo - mens-66-kg“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  4. „ УП-4846-сон 22.09.2016. О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XV летних Паралимпийских играх в городе Рио-де-Жанейро“. lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  5. „JudoInside - Asian Para Games Jakarta Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  6. „Узбекистан завоевал 70 медалей на Параазиатских играх“ (ru). Газета.uz (2018-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  7. „JudoInside - IBSA World Championships Lisbon Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  8. „JudoInside - IBSA Judo Grand Prix Baku Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  9. „Азербайджанский парадзюдоист завоевал золотую медаль - ОБНОВЛЕНО“ (ru). Информационное Агентство Репорт. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.