Oʻzbekiston xalqaro anjumanlar saroyi

(Oʻzbekiston anjumanlar saroyidan yoʻnaltirildi)

„Oʻzbekiston“ xalqaro anjumanlar saroyi — Toshkent shahrining 2200 yilligi munosabati bilan qurilgan muhtasham inshoot. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-iyundagi qarori asosida bunyod etilgan. Qurilish ishlari 2008-yil may oyida boshlanib, 2009-yilning iyul oyida yakunlangan. Saroy malakali poytaxt quruvchilari tomonidan bunyod etilgan. Saroyning ichki pardozi va jihozi Germaniya, tashqi tomon koʻrinishi Gretsiya mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan.

„O‘zbekiston“ xalqaro anjumanlar sayroyi

„O‘zbekiston“ xalqaro anjumanlar sayroyi old koʻrinishi
Umumiy maʼlumot
Manzili Yashnobod tumani, Istiqbol koʻchasi, 1-uy[3]
Shahar Toshkent
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan may 2008-yil[1]
Qurilishi tugagan iyul 2009-yil[2]
Balandligi
Balandligi 48 metr[4]
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor „Tashgiprogor“ va „Poʻlat qurilma loyiha“ institutlari
Quruvchi „Neftgazmontaj“ qoʻshma korxonasi

„Oʻzbekiston“ anjumanlar saroyida mamlakat miqyosida, shuningdek, eʼtiborli xalqaro tashkilotlar faoliyati doirasida turli-tuman tadbirlar, uchrashuvlar, tantanalar oʻtkaziladi. Saroy 9,5 ming m² dan ziyod maydonni egallagan. Uning 2200 oʻrinli bitta va har biri 300 oʻrinli 2 ta konferens-zali bor. Old qismini baland kolonnalar bezab turibdi. Tepasida balandligi 50 metr, diametri 52 metrli (53 metrli)[5] gumbaz oʻrnatilgan. Gumbaz ustida tinchlik va baxt ramzi boʻlgan laylaklar haykali oʻrnatilgan[5]. Tashqi bezagida zamonaviy qurilish materiallari, noyob oq marmar, oynadan keng foydalanilgan[6].

„Oʻzbekiston“ xalqaro anjumanlar saroyi 2009-yil 28-avgust kuni Toshkent shahri markazida qad rostladi.[7] Binoning ochilish marosimida Prezident Islom Karimov, ushbu saroyni: „xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining yana bir ramzi“ — deb atadi.[5] „Oʻzbekiston“ xalqaro anjumanlar saroyining balandligi 48 metr. U 300 oʻrinli majlislar zali, 300 oʻrinli qabullar zali va 1800 oʻrinli anjumanlar zaliga ega.[8]


Binoning tavsifi

tahrir

Saroyning fasadi ustunlar, sharqona oʻymakor naqshlar va Samarqanddagi Sherdor madrasasidagi osmon jismini takrorlovchi tasvir — Quyosh tasviri bilan bezatilgan. Binoga qora marmardan yasalgan uzun zinapoyalar orqali kiriladi, bino atrofida gulzorlar, daraxtlar va piyodalar uchun yoʻlaklar joylashgan yam-yashil maydon, favvoralar qurilgan[5].

Ushbu bino qurilishida 5000 dan ortiq arxitektorlar, loyiha menejerlari va malakali ishchilar hamkorlik qilgan[9].

Interyerda ajoyib taassurot hosil qilishga nafis materiallardan foydalanish orqali erishilgan. Devorlari marvarid, ganch va 1300 metrdan ortiq Swarovski devor gulqogʻozi bilan qoplangan. Qora daraxtdan yasalgan parketga yanada koʻrk berish uchun 32 tonnadan ortiq Carrara Arabescato va Sivic marmaridan foydalanilgan. Tabiiy shaklga ega gʻayrioddiy shiftda tikka boʻlmagan yorugʻlikdan foydalanilgani tufayli bino ichki qismi yanada mahobatli va balanddek taassurot qoldiradi. Oʻlchamlar mebelda ham aks ettirilgan. Umumiy hisobda oʻn sakkizta dumaloq ziyofat stollari, jigarrang-sargʻish rangdagi Walter-Knoll stullari va oʻn metr uzunlikdagi, biroz egilgan „prezident stoli“ oʻrnatilgan boʻlishiga qaramay, xona kengligicha qolgan.

Oq, qora va krem rangining kompozitsiyasi nozik qora daraxt bilan birgalikda juda yuqori darajadagi hashamat taassurotini uygʻotadi. Shu bilan birga, materiallar nafaqat eksklyuzivligi, balki funktsional jihatlari boʻyicha ham tanlangan. Masalan, mukammal xona akustikasiga erishish uchun ovoz izolyatsiyasiga ega qurilish suvogʻidan foydalanilgan.

Yoritish kontseptsiyasi birnecha diqqatga sazovor qismlardan iborat: har birining diametri 7 sm boʻlgan 1600 ta alohida toshdan iborat ikkita hashamatli Swarovski billur chiroqlari yorugʻlikning har bir nurini sindirib, barcha nihohlarni oʻziga tortadi. Samarali foydalanilgan tikka boʻlmagan yorugʻlik tabiiy shakllarning konturlarini bor boʻyi bilan namoyon qiladi va shu bilan birga bayramona va tantanavor ruh bagʻishlaydi. Osmondagi yulduzlar kabi porlashi uchun shiftga lampalar va chiroqlar oʻrnatilgan[10].

Qoʻshimcha maʼlumot

tahrir

Binoni koʻpincha „Xalqaro forumlar saroyi“, „Forumlar saroyi“ deb ham atashadi[11].

Banknotalarda tasvirlanishi

tahrir

22-avgust 2017-yildan boshlab Markaziy bank chiqara boshlagan, qiymati 50 ming soʻm boʻlgan banknotlarning orqa tarafi markazida „Oʻzbekiston“ anjumanlar saroyi binosi tasvirlangan[12][13].

Manbalar

tahrir