Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidentlari

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasini prezidentlari turli yillarda turli fan arboblari va olimlar boʻlishgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti Toshmuhammad Qori Niyoziy boʻlgan, matematik olim mehnat qahromoni hisoblangan, bu olim 1943 va 1947-yillar oraligʻida Fanlar akademiyasida prezident lavozimida ishlagan. Keyinchalik 1947-1952-yillar oʻrtasida Toshmuhammad Sarimsoqov prezidentlik lavozimida ish olib borgan. Fanlar akademiyasini 3-prezidenti Tesha Zohidov 1952 va 1956-yillarda prezident boʻlgan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasini prezidenti Shavkat Solihov hisoblanadi. Bioorganik toksinlar sohasida olim va u 2006 — yildan beri prezidentlik lavozimida ishlaydi[1].


Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidentlari
Ismlar Yillar Faoliyat
Toshmuhammad Qori-Niyoziy 1943—1947 Matematik olim, Mehnat qahramoni, davlat mukofoti laureati
Toshmuhammad Sarimsoqov 1947—1952 Matematik olim Mehnat qahramoni, davlat mukofoti laureati
Tesha Zohidov 1952—1956 Biologiya fanlari doktori, davlat mukofoti laureati
Habib Abdullayev 1956—1962 Geografiya sohasidagi olim, davlat mukufoti laureati
Ubay Orifov 1962—1966 Fizik olim, davlat mukofoti laureati
Obid Sodiqov 1966—1984 Biologiya, kimyo sohasidagi olim, davlat mukofoti laureati
Poʻlat Habibullayev 1984—1988 Fizik olim, davlat mikufoti laureanti
Mahmud Salohiddinov 1988—1994 Matematika sohasidagi olim, davlat mukofoti laureati
Joʻra Abdullayev 1994—1995 Avtomatika va axborotlashtirish sohasidagi ilim
Toʻxtamurod Joʻrayev 1995—2000 Matematika sohasidagi olim, davlat mukofoti laureati
Behzod Yoʻldoshev 2000—2005 Fizik olim, davlat mukofoti laureati
Toxir Oripov 2005—2006 Biologiya, kimyo sohasidagi olim, davlat mukofoti laureati
Shavkat Solihov 2006—2017 Bioorganik toksinlar sohasidagi olim, davlat mukofoti laureati
Behzod Yoʻldoshev 2017— Fizik olim, davlat mukofoti laureati

Manbalar

tahrir
  1. Fanlar akademiyasi prezidentlari, 2016-04-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-04-04