Mahmud Salohiddinovich Salohiddinov (1933.23.11, Namangan shahri — 2018.27.04) — matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1974), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984), fizikamat, fanlari doktori (1967), professor (1969). Urta Osiyo universitetining fizikamatematika fakultetini tugatgan (1955), shu universitetda aspirant (1955— 58) va matematik analiz kafedrasida oʻqituvchi (1958 — 59), differensial tenglamalar kafedrasi mudiri (1980—86, 1993—96). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida ilmiy xodim, boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1959—67), direktori (1959—85), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitseprezidenti (1984—85), Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1985 — 88), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti (1988—94). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi fizikamatematika fanlari boʻlimi raisi (1994—97). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida boʻlim mudiri (1974-yildan), UzMU professor (2000-yildan).

Mahmud Salohiddinov
Tavalludi 23-noyabr 1933-yil(1933-11-23)
Vafoti 27-aprel 2018-yil(2018-04-27)
(84 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari Oʻzbekiston fan arbobiBeruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotiUzbek orden rib.pngFidokorona khizmatlari uchun rib.pngMehnat shuhrati ordeniOrder badge of honor rib.png

Ilmiy ishlari chiziqli boʻlmagan xususiy hosilali differensial tenglamalar tizimi uchun Koshi masalasitl hal qilishga, chegarada buziladigan differensial tenglamalar uchun qoʻyilgan chegaraviy masalalar nazariyasiga, nazariy va ama;iy ahamiyatga ega boʻlgan aralash hamda aralashqoʻshma tipli tenglamalar nazariyasiga oid. S. aralashqoʻshma tipli differensial tenglamalar nazariyasini rivojlantirib, ularning toʻla tadriji va kanonik koʻrinishlarini topgan, har bir xrl uchun bir qancha yangi masalalar qoʻyib tekshirgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974)[1].

ManbalarTahrirlash

  1. Kompleks oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasi, T., 1970 (hamkorlikda); Uravneniya smeshannosostavnogo tipa, T., 1974; Matematik fizika tenglamalari, T., 2002.