Weathering with you
Weathering with you | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Makoto Shinkai |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Makoto Shinkai |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Radwimps |
Kinematografiya | Ryōsuke Tsuda |
Muharrir(lar) | Makoto Shinkai |
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | Toho |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 112 daqiqa[1] |
Mamlakat | Yaponiya |
Til | Yapon |
Daromadi | AQSh$193,8 million[2] |
Weathering with you (yaponcha: 天気の子) – Makoto Shinkaining CoMix Wave Films kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratgan animatsion filmi.
Anime filmi Yaponiyada 2019-yilning 19-iyul kuni ommaga taqdim qilingan. Asosiy rollarga Kotaro Daigo va Nana Mori ovoz bergan, shuningdek, film ustida Atsushi Tamura va Xiroshi Takiguchilar ham ish olib borgan[3][4][5]. Film uchun RADWIMPS guruhi musiqa bastalagan[6]. Premyerasidan bir kun oldin Yaponiyada film haqida hikoya qiluvchi Rossiya tomonidan litsenziyalashtirilgan komiks chiqarilgan[7]. Yaponiya hukumati Filmni „Eng yaxshi chet tilidagi film“ nominatsiyasida Oskar mukofotiga nomzod qilib koʻrsatishga harakat qilgan lekin urinishlar besamar boʻlgan[8].
Syujeti
tahrirOʻrta maktab oʻquvchisi boʻlgan Xodaka Morishima Yaponiyaning uzoq orolidan Tokio shahriga koʻchib oʻtadi va shaharda koʻplab qiyinchiliklarga duch keladi. Dastlab shaharda bir oʻzi yashaydi, keyinchalik gazetaga noodatiy hodisalar haqidagi xabarlarni chop qiluvchi agentlikka ishga joylashadi. Xodakaning poytaxtga kelgan kunidan boshlab Tokioda yomgʻir toʻxtamaydi. Shahar koʻchalariga ish bilan chiqqan Xodaka yoʻlida Xina Amano ismli qizni uchratib qoladi. Xina ukasi bilan qiyinchiliklar ichida yashayotgan qiz boʻladi. Qizning havodagi bulutlarni tarqatib yomgʻirni toʻxtatish qobiliyati boʻladi.
Qahramonlar
tahrir- Fumi Tatibana (yaponcha: 立花 冨美) – Xodaka holidan xabar oladigan Keksa ayol.
- Kotaro Daigo tomonidan ovozlashtirilgan.
- Xina Amano (yaponcha: 天野 陽菜) – ob-havoni boshqara olish qobiliyatiga ega, faqat ukasi bilan yashovchi ammo doimo hayotidan mamnun qiz.
- Nana Mori tomonidan ovozlashtirilgan.
- Keysuke Suga (yaponcha: 須賀 圭介) – Xodakani qutqarib qolgan va keyinchalik uni ishga olgan yozuvchi.
- Shun Oguri tomonidan ovozlashtirilgan.
- Natsumi Suga (yaponcha: 須賀 夏美)– Xodaka va Keysuke bilan bir kompaniyada ishlovchi qiz.
- Tsubasa Honda tomonidan ovozlashtirilgan.
- Ayane (yaponcha: アヤネ) – Nagining dugonasi.
- Chieko Baisho tomonidan ovozlashtirilgan.
- Nagi Amano (yaponcha: 天野 凪) – Xinaning ukasi.
- Sakura Kiryu tomonidan ovozlashtirilgan.
- Yasui(yaponcha: 安井) – militsiya xodimi.
- Sei Hiraizumi tomonidan ovozlashtirilgan.
- Takai (yaponcha: 高井) – yosh militsiya xodimi.
- Yuki Kaji tomonidan ovozlashtirilgan.
- Kana (yaponcha: カナ) – Nagining dugonasi.
- Ayane Sakura tomonidan ovozlashtirilgan.
- Mitsuxa Miyamitsu (yaponcha: 宮水 三葉) – estaliklar doʻkonida sotuvchi va Makoto Shinkaining „Sening isming“ animatsion filmida bosh qahramon.
- Kana Hanazawa tomonidan ovozlashtirilgan.
- Taki Tatibana (yaponcha: 立花 瀧) – Fumining nevarasi Makoto Shinkaining „Sening isming“ animatsion filmida bosh qahramon.
- Kamiki Ryunosuke tomonidan ovozlashtirilgan.
Musiqa
tahrirFilm musiqasi Shinkai oʻzining avvalgi „Sening isming“ animatsion filmida hamkorlikda ishlagan RADWIMPS guruhi tomonidan bastalangan. Guruh 26 ta instrumental trek, beshta tematik qoʻshiq yozgan. Qoʻshiqlarning baʼzilari aktrisa Mira Toko bilan birga yozilgan.
Ijodkorlar
tahrir- Makoto Shinkai – muallif, rejissyor va ssenariy muallifi.
- Qahramonlar dizayni: Masayoshi Tanaka .
- Dizayner: Atsushi Tamura .
- Badiiy rahbar: Xiroshi Takiguchi .
- Ishlab chiqaruvchi: CoMix Wave Films .
Filmga tayyorgarlik jarayonlari
tahrir2018-yil 2-avgust kuni Makoto Shinkai 2019-yil 19-iyulda premyerasi boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan yangi badiiy film ustida ishlash bilan band ekanligini maʼlum qilgan[9].
Film bosh qahramonlari rolini ovozlashtirish uchun 2000 dan ortiq inson saralashda ishtirok etgan va ular orasidan Kotaro Daigo hamda Nana Morigalar tanlab olingan[10]. Shinkaining avvalgi " Sening isming " filmiga ovoz bergan Taki, Mitsuha va Yotsuxa joriy filmda oʻz qahramonlariga yana ovoz berishgan[11]. 2019-yilning 29-mayida yordamchi aktyorlar tarkibi eʼlon qilingan. Tarkib Shun Oguri (Keisuke Suga), Tsubasa Xonda (Natsumi Suga), Chieko Baisho (Fumi Tachibana), Sakura Kiryu (Nagi Amano), Sei Xirayzumi (Yasui) va Yuki Kaji (Takai)lardan tashkil topgan[12][13].
Ovoz berish jarayonlari
tahrirDaigo (Hodaka Morishima) va Mori (Xina Amano) 2019-yil 27-aprelidan boshlab oʻz qahramonlariga ovoz bera boshlagan[14].
Film syujeti Shinjukuning asosiy qismi (Tokioning 23 ta tumanidan birida) aholisi zich va serqatnov boʻlgan – Kabuki-cho qizil chiroqlar kvartalida boʻlib oʻtgan. Film yaratish uchun ijodkorlar Shinjukuga shaxsan tashrif buyurib atrofni sinchkovlik bilan oʻrganishgan va filmdagi barcha saxnalarni hayotiy qilib tasvirlashgan.
Kassasi
tahrirFilm 2018-yil 13-dekabrda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida rasman eʼlon qilingan[4]. Filmning Birinchi tizeri 10-aprelda filmning Yaponiyadagi premyerasidan roppa-rosa 100 kun oldin internet tarmoqlarida paydo boʻlgan[6]. Treyler 28-mayda chiqarilgan[13]. 14-iyun kuni Ansi shahridagi (Fransiya) Xalqaro animatsion filmlar festivalida prodyuser Genki Kavamura tomonidan „Weathering with you“ filmi talabalar va soha mutaxassislariga taqdim qilingan. Shuningdek, film Yaponiyada taqdim qilinishidan oldin Uniqlo kompaniyasi tomonidan Makoto Shinkaining „Weathering with you“ va boshqa animatsion filmlaridan ilhomlangan holda filmlar tasvirlari tushirilgan maxsus futbolkalari sotuvga chiqarilgan[15]. Bundan tashqari koʻpgina boshqa kompaniyalar ham filmdan ilhomlanib uning tasvirlari tushirilgan maxsulotlar chiqarishgan[16][17].
Treyler rus tilida 29-avgust kuni internet tarmogʻiga joylangan[18].
Film yaralishi
tahrirYaponiyadan tashqari, Weathering with you filmi Indoneziya[19], Vyetnam[20], Malayziya[21] va Singapur[22] davlatlarida taqdim qilingan. Film Filippinda Pioneer Films tomonidan 28-avgustda ommaga taqdim qilingan[23][24]. Prodyuser Genki Kavamuraning soʻzlariga koʻra, filmni Hindistonda namoyish qilishlarini soʻrab petitsiyaga 53 ming kishi imzo chekkan[25][26]. 10-avgust kuni rasmiy Twitter sahifasida „Weathering with you“ filmi Hindistonning 20 ta shahrida, jumladan Mumbay va Dehlida namoyish etilishini eʼlon qilingan[27]. PVR Pictures va Vkaao filmni boshqa davlatlarga yetqazib berish bilan shugʻullangan[28]. Weathering with you Hindistonda teatrlashtirilgan birinchi yapon animatsion filmi boʻlgan[27].
Film Janubiy Koreya[29], Tailand[30] va Xitoy[31] davlatlarida ham namoyish etilgan. GKIDS filmni Shimoliy Amerikada namoyish etish huquqini qoʻlga kiritgan[32]. Yevropada film premerasi 12-oktyabr kuni Scotland Loves Animation film festivalida boʻlib oʻtgan[33]. Anime Limited kompaniyasi filmni Buyuk Britaniya va Irlandiyaga yetkazib berishni oʻz zimmasiga olgan[34]. 14-oktabrda film Italiyada, 29-noyabr esa Ispaniyada namoyish etilgan[35][36][37][38][39]. Yangi Zelandiya va Avstraliyada „Weathering with you“ filmi namoyishi 22-avgustdan boshlangan[40].
Sentyabr oyida film Toronto xalqaro kinofestivalida, 25-oktabrda esa Moskvaning „Oktyabr“ kinoteatrida Buyuk multfilmlar festivali doirasida namoyish etilgan[41].
Taqdimot
tahrirDastlab film Yaponiyada 359 ta kinoteatrning 448 ta ekranida namoyish etilgan va umumiy 1 159 020 ta chipta sotilgan. Film premyerasining dastlabki uch kunida 1 643 809 400 iyen (taxminan 15,22 million dollar) ishlab topgan, bu esa Shinkaining avvalgi „Sening isming“ filmi xuddi shu vaqt ichida yigʻilgan kassasidan 28,6 foizga koʻp boʻlgan[42] .
25-avgust holatiga koʻra jami 8 millionta chipta sotilgan va bu tahminan 10,73 milliard iyen (101 million dollar)ni tashkil qilgan. Weathering with you filmi Yaponiyada chiqarilgan eng kassabob filmlar orasida 9-oʻrinni egallagan[43][44][45].
Film kassasi
tahrirRotten Tomatoes saytida Weathering with you filmi tanqidchilar tomonidan 100% ijobiy baholangan. Forbes jurnalisti Filmni aql bovar qilmaydigan darajada deb aytgan va ijodkorlar Tokioni naqadar betakror tarzda tasvirlaganini eʼtirof etgan[46]. IndieWire Tokioni bu darajada jonli va joʻshqin holatda koʻrmaganini taʼkidlagan[47]. Japan Times nashrining taʼkidlashicha, Weathering with you filmida Shinkai hatto oʻzini ortda qoldira olgan[48].
Nashr qilinishi
tahrir- 30-aprel kuni Shinkai Twitterda „Weathering with you“ romanini tugatganini eʼlon qilgan. Roman bosma va elektron formatlarda Kadokawa Sneaker Bunko tomonidan 2019-yil 18-iyulda nashr qilingan.
- 25-iyul kuni Kodanshaning Monthly Afternoon jurnali Watari Kubota tomonidan chizilgan manganing birinchi sonini nashr qilgan. Shu bilan birga Manganing birinchi sahifasi rangli boʻlishi eʼlon qilingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Weathering With You“. British Board of Film Classification. 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
- ↑ „Weathering with You (2019)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2022-yil 6-sentyabr.
- ↑ Chapman, Paul. „'Tenki no Ko: Weathering With You' Theatrical Anime Film Unveils Cast, Staff, Key Visual for New Makoto Shinkai Film“ (en). Crunchyroll (2018-yil 13-dekabr). 2018-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-yanvar.
- ↑ 4,0 4,1 Blair, Gavin J.. „'Your Name' Director Makoto Shinkai Announces New Anime Feature“ (en). The Hollywood Reporter (2018-yil 14-dekabr). 2018-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-yanvar.
- ↑ Schilling, Mark. „‘Your Name’ Director Makoto Shinkai Readies ‘Weathering’“ (en). Variety (2018-yil 18-dekabr). 2018-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-yanvar.
- ↑ 6,0 6,1 Komatsu, Mikikazu. „Weathering With You Film's Teaser Trailer Introduces Rainy World Visuals, Theme Song by RADWIMPS“ (en). Crunchyroll (2019-yil 10-aprel). 2019-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-aprel.
- ↑ Anons romana „Ditya pogodi“ ot Istari komiks
- ↑ Blair, Gavin „Oscars: Japan Picks 'Weathering With You' for International Feature Film Category“. The Hollywood Reporter. 2019-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-avgust.
- ↑ Valdez, Nick. „'Your Name' Director Teases Next Film“ (en). ComicBook.com (2018-yil 3-avgust). 2018-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-yanvar.
- ↑ Komatsu, Mikikazu. „Director Shinkai Says His Weathering With You is "A Film That Might Divide The Audience's Opinions"“. Crunchyroll News (2019-yil 3-iyul). 2019-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
- ↑ „1st new film from director of ‘Your Name.’ to hit theaters in July“. 2019-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ „新海誠最新作「天気の子」最新映像に新たな主題歌、小栗旬・本田翼らの出演も決定“. 2019-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ 13,0 13,1 „Makoto Shinkai’s Weathering With You Film Reveals 2nd Teaser Video, More Cast“. 2020-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ Komatsu, Mikikazu. „Makoto Shinkai's Weathering With You Film Starts Voice Recording Sessions“. Crunchyroll News (2019-yil 29-aprel). 2020-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-may.
- ↑ „Show Your Love for Director Makoto Shinkai with New Uniqlo Shirt Line“. 2019-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ „We Feasted on Weathering With You Inspired Food from Lawson“. 2019-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Реклама SoftBank“ (ja). 2020-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-noyabr.
- ↑ „ДИТЯ ПОГОДЫ | Ofitsialniy treyler | V kino s 31 oktyabrya“. 2019-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Siap-Siap! Weathering With You Siap Diputar di Indonesia Bulan Agustus 2019!“. 2019-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ WEATHERING WITH YOU – Teaser – Opens 30.08.19 in Vietnam. Encore Films Vietnam. „Источник“. 2022-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ Antonio Pineda, Rafael. „Shinkai's Weathering With You Film Opens in Malaysia on September 5“. Anime News Network (2019-yil 9-avgust). 2020-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ Antonio Pineda, Rafael. „Weathering With You Anime Film Opens in Singapore on September 12“. Anime News Network (2019-yil 12-iyul). 2019-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Shinkai’s Weathering With You Film Opens in the Philippines on August 28“. 2019-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ Gabaldon, Kathreena. „Here's why 'Weathering With You' PH release date is moved to August 28“. InqPOP! (2019-yil 6-avgust). 2019-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ „«your name.» director Shinkai’s new film to hit theaters next week“. 2019-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ „'your name.' director Shinkai's new film to hit theaters next week“. Japan Today (2019-yil 11-iyul). 2019-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
- ↑ 27,0 27,1 Komatsu, Mikikazu. „Weathering With You to be Released in 20 Cities across India from October 11“. Crunchyroll News. 2020-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-avgust.
- ↑ „Japanese film Weathering With You to release in India“. Outlook India (2019-yil 12-avgust). 2019-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ "날씨 조절할 수 있는 소녀와 사랑에 빠졌다"···'너의 이름은' 감독 신작 '날씨의 아이' 한국 예고편. „Источник“. 2019-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Makoto Shinkai's Weathering With You Opens in Thailand in November“. Anime News Network. 2019-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Japan's Hit Anime 'Weathering With You' Secures China Release“. Hollywood Reporter (2019-yil 10-sentyabr). 2019-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ „GKIDS acquires Makoto Shinkai’s 'Weathering With You'“. 2019-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Scotland Loves Anime 2019 Full List of Films Revealed for Glasgow & Edinburgh“. Anime UK News (2019-yil 4-sentyabr). 2019-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Makoto Shinkai's Weathering With You Heads to UK & Ireland Theatrically in Early 2020 from Anime Limited“. Anime UK News (2019-yil 4-sentyabr). 2019-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Dynit Presenta: Weathering With You“ (it). Dynit. 2019-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-sentyabr.
- ↑ „Weathering With You“ (it). Nexo Digital. 2022-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-sentyabr.
- ↑ „Weathering with You de Makoto Shinkai es licenciado por Selecta Visión“ (es). Infoliteraria (2019-yil 30-iyul). 2019-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Weathering with you - La película llegará a España de la mano de Selecta Visión“ (es). Hobbyconsolas (2019-yil 12-sentyabr). 2019-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Weathering With You anuncia su fecha de estreno en España“ (es). Areajugones (2019-yil 11-sentyabr). 2019-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ Madman Entertainment [@Madman]. „From Makoto Shinkai, the creator of the global smash-hit #YourName' comes the highly-anticipated new film #WeatheringWithYou! Storming into cinemas across Australia & New Zealand on August 22. ☀️⛅️ www.shinkaianime.com.au ⛈❄️“ (2019-yil 30-iyul). Qaraldi: 2019-yil 30-iyul.
- ↑ „Создатель самого кассового аниме представит в России свой новый фильм - ТАСС“. TACC. 2023-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
- ↑ Antonio Pineda, Rafael. „Shinkai's Weathering With You Film Earns 1.64 Billion Yen in 1st 3 Days“. Anime News Network. 2019-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-iyul.
- ↑ Komatsu, Mikikazu. „Japan Box Office: Weathering With You Regains The Top Spot in Its Sixth Weekend“. Crunchyroll News. 2019-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-avgust.
- ↑ „Weathering With You Film Stays at No. 1, Konosuba Film Opens at #8“. Anime News Network. 2021-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Weathering With You Film Tops Live-Action Aladdin, The Wind Rises at Japan's Box Office“ (en). Anime News Network. 2019-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ „'Weathering With You' Is The Upcoming Anime Movie From Makoto Shinkai And It Looks Incredible“. 2019-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Weathering with You’ Review: Shinkai Makoto’s ‘Your Name’ Follow-Up Is a Gorgeous Love Story About Climate Change“. 2019-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ „'Weathering With You': Breezy with scattered showers“. 2019-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.