Ochamchire
Ochamchire yoki Ochamchira ( gruzincha: ოჩამჩირე , [ɔtʃʰɑmtʃʰiɾɛ] ( </img> ; abxazcha: Очамчыра , Ochamchyra ; ruscha: Очамчира , Ochamchira ) — Hozirda Abxaziyaning Qora dengiz sohilidagi dengiz boʻyida joylashgan shahar, Gruziya va shu nomli tumanning markazi.
1979-yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, Ochamchireda 18,700 aholi istiqomat qilgan . 1992-1993- yillardagi gruzin-abxaz mojarosidan so'ng, Ochamchireda gruzinlarning etnik tozalanishi sababli aholi soni sezilarli darajada qisqargan. Mojarodan paytida boshqa shaharlarga ko'chirilganlarning ko'pchiligi hali ham shaharga qaytib kelmagan. Ochamchire Ghalidzga daryosining dengizga quyoladigangan chap qirg'og'ida joylashgan. Shahar Abxaziya poytaxti Suxumidan 53 kilometr (33 milya) janubi-sharqda joylashgan.
Iqlimi
tahrirOchamchirening iqlimi nam subtropik xususiyatga ega bo'lib, qishi yumshoq , yozi esa issiq. O'rtacha yillik harorat 13,6 daraja selsiy. Yanvar oyida o'rtacha harorat 4,5 daraja Selsiy, iyul oyida esa o'rtacha harorat 23 darajani tashkil etadi . Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori taxminan 1,552 mm (61 in) tashkil qiladi .
Tarixi
tahrirOchamchir shahari 1877-yilda ruslar va turk-abxaz kuchlari oʻrtasidagi janglarga guvoh boʻlgan kichik dengiz aholi punktidan biri sifatida shakllangan. [1]
Qadimgi Yunonistonning Gyenos mustamlakasi ( grekcha: Γυένος ) Ochamchire shahri yaqinida joylashgan bo'lishi mumkin, ammo arxeologik joyning juda yomon saqlangani va haqiqiy joylashuviga shubhalar borligi sababli identifikatsiyani aniq deb hisoblash mumkin emas. [2] Arxeologik dalillar bu hududda miloddan avvalgi 6-asrdan boshlab yunon aholi punkti borligini va yunon madaniyatining ta'sirini ko'rsatadi .[3]
Sobiq sovet futbolchisi Vitaliy Daraseliya Gruziyaning Ochamchire shahridan edi.
Xalqaro munosabatlari
tahrirCHegaradosh shaharlar
tahrirOchamchire quyidagi shaharlar bilan chegaradosh:
Manbalar
tahrir- ↑ Очемчиры (Ochemchiry) Brockhaus and Efron Encyclopedic Dictionary (1890-1906). Accessed on May 2, 2008.
- ↑ Mogens Herman, Hansen, Thomas Heine Nielsen (2003), An Inventory of Archaic and Classical Poleis, p. 953. Oxford University Press, ISBN 0-19-814099-1.
- ↑ David, Braund. Georgia in Antiquity. A History of Colchis and Transcaucasian Iberia 550 BC AD 562. Calendon Press, 1994 — 105-bet. ISBN 0198144733.
- ↑ „8 октября Бендеры отмечают 605-летие со Дня первого летописного упоминания о городе“. Apsnypress (2013-yil 8-oktyabr). 2013-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-noyabr.
- Gruziya Davlat (Sovet) Entsiklopediyasi. 1983-yil. 7-kitob 623-bet
Havolalar
tahrir- Ochamchire travel guide from Wikivoyage
42°42′45″N 41°28′20″E / 42.71250°N 41.47222°E42°42′45″N 41°28′20″E / 42.71250°N 41.47222°E{{#coordinates:}}: cannot have more than one primary tag per pageAndoza:Cities and towns in Georgia (country)Andoza:Administrative divisions of Abkhazia