Oleg Vladimirovich Sobirov (ruscha: Олег Владимирович Сабиров; 1981-yil 13-martda tugʻilgan[1]) – oʻzbekistonlik professional sobiq futbolchi, Hozirda Qozogʻistonda murabbiylik faoliyati bilan shugʻillanadi.

Oleg Sobirov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oleg Vladimirovich Sobirov
Tavallud sanasi 13-mart 1981-yil (1981-03-13) (43 yosh)
Tavallud joyi Chimkent Qozogʻiston SSR SSSR
Boʻyi 180 sm
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Raqami 13
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998–1999 Navbahor 4 (0)
1999–2000 FC Maritsa Plovdiv 0 (0)
2000–2001 Do'stlik 50 (4)
2002 FC Karpaty-2 Lviv 8 (0)
2002 Qizilqum 15 (0)
2003–2005 Ordabasi 88 (0)
2006 Aktobe 13 (2)
2008 FC Zhetysu ? (?)
2009 FC Vostok ? (?)
2010– FC Tobol ? (?)
Milliy terma jamoa
2001 Oʻzbekiston 6 (0)
Boshqargan klublari
2018—2019 OSDYUSSHOR - Jas Ulan
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiya tahrir

Oleg „Paxtakor“ jamoasi bilan birgalikda Dneprodzerjinsk osmonida aviahalokatda halok boʻlgan futbolchi Vladimir Sobirovning oʻgʻlidir. Oleg futbolga oid dastlabki bilimlarini Chimkent sport maktabida olgan[2]. Uning dastlabki professional jamoasi „Navbahor“ klubi boʻldi. Navbahor jamoasi tarkibida ikki mavsum davomida toʻp surdi va Oʻzbekiston Kubogi sohibi boʻldi. Keyinchalik Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ jamoasi tarkibida ikki mavsum davomida toʻp surdi va ilk bor Oʻzbekiston Superligasi chempioniga aylandi. 2002-yilda dastlab Ukraina jamoasiga ijara berilgan Oleg, faoliyatini keyinchalik shu yilning oʻzida Navoiyning „Zarafshon“ va „Qizilqum“ jamoalarida toʻp surdi. 2003-yildan faoliyatini Qozogʻiston chempionatiga koʻchirdi va shundan soʻng asosan qozoq jamoalarida toʻp surdi. 2010-yilda Qoʻstanayning „Tobol“ jamoasida oʻynagan va mamlakat chempioniga aylangan.

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Oʻzbekiston milliy terma jamoasida toʻp surga va 6 ta oʻyinda ishtirok etgan[3].

Murabbiylik faoliyati tahrir

Hozirda Jas Ulanshaharchasida sport maktabida murabbiylik qiladi.

Oleg bir qator xayriya uchrashuvlari va xaotira oʻyinlarida futbol oʻynab turadi[4].

Yutuqlar tahrir

  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1998, 2000
  • Oʻzbekiston chempioni: 1999, 2000
  • Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2002
  • Qozogʻiston chempioni: 2010

Shaxsiy hayot tahrir

Oleg uylangan, 3 nafar farzandning otasi (2 qiz va bir oʻgʻli bor)[5].

Manbalar tahrir

  1. „state“. 2023-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-sentyabr.
  2. „Олег Сабиров — злой защитник“ (deadlink). 2016-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-iyun.
  3. „O'zbekiston Hindiston bilan so'nggi bor qachon o'ynagan edi? Tarixni varaqlaymiz“. 2023-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-sentyabr.
  4. „V matche afsonasi byla zafiksirovana nichya“. 2023-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-sentyabr.
  5. „Олег Сабиров: Проблема игрока - проблема всей команды“ (deadlink). 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-aprel.

Havolalar tahrir