Omar Sívori
Enrique Omar Sívori (1935-yil 2-oktabr – 2005-yil 17-fevral) – argentinalik va italiyalik professional futbolchi va hujumchi sifatida oʻynagan. Murabbiylik faoliyati davomida Argentina va Italiya jamoalarida ishlagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Enrique Omar Sívori | ||
Tavallud sanasi | 2-oktyabr 1935-yil | ||
Tavallud joyi | San Nicolás, Argentina | ||
Vafot sanasi |
17-fevral 2005-yil (69 yoshda) | ||
Vafot joyi | San Nicolás, Argentina | ||
Boʻyi | 1.63 m (5 ft 4 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1950–1951 | Club San Nicolas | ||
1952–1954 | River Plate | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1954–1957 | River Plate | 63 | (29) |
1957–1965 | Juventus | 215 | (135) |
1965–1969 | Napoli | 63 | (12) |
Total | 341 | (176) | |
Milliy terma jamoa | |||
1956–1957 | Argentina | 19 | (9) |
1961–1962 | Italiya | 9 | (8) |
Boshqargan klublari | |||
1969–1970 | Rosario Central | ||
1972 | Estudiantes de La Plata | ||
1972–1973 | Argentina | ||
1979 | Racing Club de Avellaneda | ||
1983 | Toronto Italia | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Omar klublar darajasida 1950-yillarning oxiri va 1960-yillarning boshlarida Italiyaning „Juventus“ jamoasi tarkibidagi muvaffaqiyatli oʻyinlari bilan tanilgan. Sívori Turin jamoasida boshqa sovrinlar qatorida uchta A Seriya chempionligini qoʻlga kiritgan. Sívori shuningdek, Argentinaning „River Pleyt“ va Italiyaning „Napoli“ klublarida ham oʻynagan.
1956-yilda Argentina terma jamoasi safida debyutini oʻtkazgan va terma jamoa tarkibida 1957-yilda Janubiy Amerika chempionatida gʻolib boʻlgan. Keyinchalik Omar oʻz faoliyatini Italiyada davom ettirgan va Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Italiya jamoasi tarkibida 1962-yilgi jahon chempionatida qatnashgan. Futbolchi sifatida faoliyatini yakunlagach, Argentinada bir qancha jamoalarni boshqargan.
Oʻz avlodining eng buyuk oʻyinchilaridan biri va barcha davrlarning eng buyuk futbolchilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan Sivori oʻzining ajoyib mahorati, tezligi, gol urish qobiliyati, texnikasi, kreativligi bilan tanilgan va uning futbolchilik isteʼdodi koʻpchilik tomonidan eʼtirof etilgan. U 1957-yilda Janubiy Amerika chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritgan[1] va 1961-yilda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi. Sivori oʻz faoliyatida 432 ta gol urgan[2].
Murabbiylik faoliyati
tahrirSivori 1969-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Garchi u vatani Argentinada badavlat odam sifatida nafaqaga chiqqan boʻlsa-da, uning futbolga boʻlgan muhabbati murabbiylik faoliyati orqalik futbolda faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan. Omar „River Pleyt“, „Rosario Sentral“, „Estudiantes de La Plata“, „Rasing klubi“ va „Veles Sarsfild“ klublariga murabbiylik qilgan.
1972-yildan 1974-yilgacha Sivori Argentina terma jamoasini boshqargan va jamoa uning boshqaruvida 1974-yilgi FIFA Jahon chempionatiga yoʻllanma olgan. Sivori Argentina terma jamoasi tarkibida oʻynashi uchun darvozabon Ubaldo Fillolni chaqirgan birinchi murabbiy edi. Fillol keyinchalik, Argentina tarixidagi eng hurmatga sazovor posbonlardan biriga aylangan. Shundan soʻng Sivori „Juventus“ning Janubiy Amerikadagi skauti sifatida faoliyat olib borgan. 1983-yilda u Milliy futbol ligasida ishtirok etgan „Toronto Italia“ jamoasida bosh murabbiy boʻlgan[3].
Keyingi faoliyat
tahrir2004-yil mart oyida Sivori Pele tomonidan tan olingan eng yaxshi 125 nafar tirik futbolchidan biri sifatida tanilgan va FIFA 100 roʻyxatining bir qismi sifatida taqdirlangan[4]. Keyingi yili, 2005-yilning fevral oyida Sivori oʻzining tugʻilgan shahri San-Nikolasda 69 yoshida oshqozon osti bezi saratoni tufayli vafot etgan[5].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirJamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Xalqaro | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
River Plate | 1954 | Primera División | 16 | 8 | 16 | 8 | ||||
1955 | 23 | 11 | 23 | 11 | ||||||
1956 | 23 | 10 | 23 | 10 | ||||||
1957 | 1 | 0 | 1 | 0 | ||||||
Jami | 63 | 29 | 63 | 29 | ||||||
Juventus | 1957–58 | Serie A | 32 | 22 | 8 | 9 | - | 40 | 31 | |
1958–59 | 24 | 15 | 3 | 5 | 2 | 3 | 29 | 23 | ||
1959–60 | 31 | 28 | 4 | 3 | 0 | 0 | 35 | 31 | ||
1960–61 | 27 | 25 | 1 | 2 | 1 | 1 | 29 | 28 | ||
1961–62 | 25 | 13 | 0 | 0 | 5 | 2 | 30 | 15 | ||
1962–63 | 33 | 16 | 4 | 3 | 1 | 1 | 38 | 20 | ||
1963–64 | 28 | 13 | 2 | 1 | 4 | 0 | 34 | 14 | ||
1964–65 | 15 | 3 | 1 | 1 | 3 | 2 | 19 | 6 | ||
Jami | 215 | 135 | 23 | 24 | 16 | 9 | 317 | 168 | ||
Napoli | 1965–66 | Serie A | 33 | 7 | 33 | 7 | ||||
1966–67 | 20 | 2 | 20 | 2 | ||||||
1967–68 | 7 | 2 | 7 | 2 | ||||||
1968–69 | 3 | 1 | 3 | 1 | ||||||
Jami | 63 | 12 | 63 | 12 | ||||||
Umumiy faoliyat statistikasi | 341 | 175 | 23 | 24 | 16 | 9 | 380 | 208 |
Xalqaro
tahrirTerma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Argentina | 1956 | 13 | 6 |
1957 | 6 | 3 | |
Jami | 19 | 9 | |
Italiya | 1961 | 5 | 8 |
1962 | 4 | 0 | |
Jami | 9 | 8 |
- Hisob va natijalar birinchi boʻlib Argentina va Italiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, Hisob ustuni Sivorining har bir golidan keyingi natija oʻzgarishini koʻrsatadi.
№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
Argentina tarkibidagi gollari | ||||||
1 | 1956-yil 22-yanvar | Montevideo, Urugvay | Peru | 2–1 | 1956-yilgi Janubiy Amerika chempionati | |
2 | 1956-yil 6-mart | Mexiko shahri, Meksika | Kosta Rika | 4–3 | 1956-yilgi Panamerika chempionati | |
3 | 1956-yil 11-mart | Mexiko shahri, Meksika | Chili | 3–0 | 1956-yilgi Panamerika chempionati | |
4 | 1956-yil 18-mart | Mexiko shahri, Meksika | Braziliya | 2–2 | 1956-yilgi Panamerika chempionati | |
5 | 1957-yil 17-mart | Lima, Peru | Ekvador | 3–0 | 1957-yilgi Janubiy Amerika chempionati | |
6 | 1957-yil 28-mart | Lima, Peru | Chili | 6–2 | 1957-yilgi Janubiy Amerika chempionati | |
7 | 1957-yil 6-aprel | Lima, Peru | Peru | 1–2 | 1957-yilgi Janubiy Amerika chempionati | |
Italiya tarkibidagi gollari | ||||||
1 | 1961-yil 25-aprel | Bologna, Italiya | Shimoliy Irlandiya | 3–2 | Oʻrtoqlik | |
2 | 1961-yil 24-may | Rim, Italiya | Angliya | 2–3 | Oʻrtoqlik | |
3 | 1961-yil 15-iyun | Florensiya, Italiya | Argentina | 4–1 | Oʻrtoqlik | |
4 | 1961-yil 4-noyabr | Turin, Italiya | Isroil | 6–0 | FIFA Jahon chempionati 1962 saralashi |
Yutuqlar
tahrirRiver Pleyt
- Birinchi divizion: 1955, 1956, 1957
Yuventus
- A seriya gʻolibi: 1957–58, 1959–60, 1960–61
- Italiya kubogi gʻolibi: 1958–59, 1959–60, 1964–65
- Shaharlararo yarmarka kubogi sovrindori: 1964–65
- Alp kubogi gʻolibi: 1963-yil
Neapol
- Alp kubogi gʻolibi: 1966-yil
- A Seriya ikkinchi oʻrni: 1967–68
Argentina
- Janubiy Amerika chempionati gʻolibi: 1957-yil
- Panamerika chempionatining ikkinchi sovrindori: 1956-yil
- Copa Raul Colombo (oʻrtoqlik uchrashuvi): 1956
Individual
- Panamerika chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 1956-yil
- Janubiy Amerika chempionatining eng yaxshi futbolchisi: 1957-yil
- A seriya oltin butsa sohibi: 1959–60
- Oltin toʻp sohibi: 1961
- FIFA 100: 2004
- IFFHS Argentina All Times Dream Team (B jamoasi): 2021
Iqtibos
tahrir- Giampiero Boniperti: „U bilan birga oʻynash juda qiziqarli edi. Charlz asosiy hujumdagi qoʻriqlanadigan odam edi, Omar esa himoyachilarni qiyin ahvolga solib qoʻyish uchun boʻsh joydan foydalangan. U oʻzini koʻrsatish uchun toʻpigʻiga hech qanday himoyasiz paypoq kiyib oʻynagan“ Himoyachilardan qoʻrqmasdi, u aql bovar qilmaydigan gʻalaba ishtiyoqiga ega edi.
- John Charles: „Sivori bilan hujumdagi ishtirokimiz bu klassik katta odam va kichik odam hamkorligi edi. Sivori juda katta mahoratga ega edi va u kabi yaxshi oʻyinchi bilan oʻynash quvonchli edi.“
- Marcello Lippi: "Qachonki biz „Juventus“ haqida gapiradigan boʻlsak, uning koʻzlari quvnab ketar edi".
- Humberto Maschio: „Omar ajoyib edi. Tezlik va har qanday daqiqada hayratga solish qobiliyatiga ega boʻlgan birinchi toifali dribling ustasi boʻlgan“.
- Roberto Bettega: „Omar men uchun katta akamdek edi. Bolaligimda u mening kumirim boʻlgan va birgalik bitta jamoada oʻynaganimizdan soʻng biz yaqin doʻst boʻlib qoldik. U futbol tarixidagi eng yaxshi oʻyinchilardan biri edi“.
Manbalar
tahrir- ↑ „The Copa América Archive – Trivia“.
- ↑ „Sívori“.
- ↑ Cosgrove, Michael. Italia takes final over Panhellenic. The Globe and Mail (1983-yil 29-avgust), s. S4.
- ↑ „Pele's list of the greatest“. BBC Sport (2004-yil 4-mart). Qaraldi: 2013-yil 15-iyun.
- ↑ „Calcio: è morto Omar Sivori“ (it). Il Corriere della Sera (2005-yil 18-fevral). Qaraldi: 2017-yil 1-mart.
- ↑ Omar Sívori National-Football-Teams.com saytida
- ↑ „Players Appearing for Two or More Countries“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation.
Adabiyotlar
tahrir- Gregori, Claudio. Omar Sivori—La leggenda del Cabezón, I libri della Gazzetta dello Sport (it). Milan, Italy: RCS Quotidiani, 2005.
Havolalar
tahrirVikiomborda Omar Sívori haqida turkum mavjud |
- Omar Sívori National-Football-Teams.com saytida