Onon
Onon — Mongoliya va Rossiya Federatsiyasining Chita viloyatidagi daryo. Onon Ingoda daryosi bilan qoʻshilgach, Shilka daryosi hosil boʻladi. Uzunlik 1032 km, havzasining maydoni 96,2 ming km². Xetney togʻligidan boshlanadi. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi etagida 191 m³/sek. Noyabrda muzlab, aprelda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari: oʻngda — Xurax-Gol, Borzya, Unda, chapda — Agutsa, Kira, Aga. Suvi sugʻorishga sarf boʻladi va sanoatni taʼminlaydi[1].
Onon | |
---|---|
[[Tasvir:|250px|]] | |
Tavsif | |
Uzunligi | 1 032 |
Maydoni | 96 200 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Mongoliya, Rossiya |
Onon |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |