Onyxektomiya
Onyxektomiya — hayvonlarning (koʻpincha uy mushuklarining tirnoqlarni olib tashlash amaliyoti. Bu jarrohlik operatsiyasi boʻlib, buning natijasida barmoqlarning oxirgi falangasi tirnoqlari bilan birga amputatsiya qilinadi[1].
Tibbiy jihatlari
tahrirOnyxektomiya koʻplab xavf va zararli oqibatlarga olib keladi, masalan, narkozdan foydalanish xavfi, sepsis xavfi, notoʻgʻri bajarilgan operatsiya natijasida ortiqcha qon yoʻqotish xavfi. Opreatsiyadan keyin kuch barmoqlarga emas, balki panja yostigʻiga tushishi tufayli mushukning harakatlanish muvozanati buzilishi mumkin. Oyoq barmogʻi boʻgʻimining yetarli boʻlmagan qismi olib tashlangan taqdirda, tirnoqning qolgan qismi oyoq ichiga oʻsishi mumkin. Bunday holatda takroriy jarrohlik amaliyoti oʻtkazish kerak boʻladi. Bundan tashqari, baʼzida barmoqlarning suyagi haddan tashqari moʻrt boʻlishi sababli oyoq-qoʻllarda yalligʻlanish jarayoni boshlanishi mumkin. Baʼzida notoʻgʻri amputatsiya asab deformatsiyasiga olib keladi va natijada jonzot uzoq davom etadigan ogʻriqlarga duchor boʻladi. Shuningdek, operatsiya oqibatida abssess paydo boʻlishi mumkin. Yoki olib tashlangan falanga yana oʻsishni boshlaydi. Bu holatda uchinchi falanga amputatsiyasi va antibiotik terapiyasi bilan yana jarrohlik amaliyoti oʻtkazishga toʻgʻri keladi. Yurish paytida oyoqning holatini oʻzgartirish koʻpincha artritning rivojlanishiga olib keladi — chunki, tirnoqlar olingach kuch barmoqlarga emas, balki panja yostiqlariga tushadi. Tirnoqlarni olib tashlash panjalar, oyoqlar, orqa mushaklarning zaiflashishiga olib keladi; muvozanat hissi ham kamayadi. Tirnoqlarning sirtga bir zumda tirmashishi natijasida yuzaga keladigan oddiy epchillik layoqatini yoʻqotish oqibatida tirnoqsiz hayvonning osongina jarohatlanish ehtimoli ortadi.
Axloqiy va huquqiy jihat
tahrirBaʼzi mushuk egalari tirnalishdan kelib chiqadigan infeksiya yoki uy mebellariga zarar yetishidan qoʻrqib, bu amaliyotdan keng foydalanishni afzal koʻrishadi. Ammo koʻplab veterinariya shifokorlari va mushuksevarlar bunday operatsiyani shafqatsizlik deb bilishadi. Bunday operatsiyalar narkoz ostida amalga oshirilgani sababli koʻpincha xavfli asoratlarga, shu jumladan infeksiyalarga, panjalarda kuchli ogʻriqlar yuzaga kelishiga olib keladi. „Onyxektomiya hayvonning sogʻligʻiga tuzatib boʻlmaydigan darajada zarar yetkazadi, uni hech qanday holatda oddiy tirnoq olish jarayoniga oʻxshatib boʻlmaydi“[2]. Bunday operatsiyalar Qoʻshma Shtatlardan tashqarida kamdan-kam hollarda amalga oshiriladi. Shtatlardagi soʻrovnomalarga koʻra, mushuklarning 1/3 qismi tirnoqlarni kesish uchun sunʼiy ravishda falangalardan mahrum qilinadi[3][4]. Germaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya va boshqa koʻplab Yevropa mamlakatlarida hayvonlarni himoya qilish boʻyicha Yevropa konvensiyasiga muvofiq (2006)[5] mushuklarning tirnoqlarini kesish qonun bilan taqiqlangan. Faqat veterinar ayrim sabablarga koʻra bu operatsiyani hayvon uchun foydali deb topsagina, istisno qilinadi.
Ushbu operatsiyaga ruxsat berilgan koʻplab mamlakatlarda, shu jumladan Rossiyada ham, koʻplab veterinariya shifokorlari tirnoqlarning amputatsiyasi mushuklarni himoyasiz qilib qoʻyishini tushungan holda bu amaliyotni bajarishdan bosh tortishadi. Ayniqsa, mushuklar operatsiyasiz ham odatda odamlar bilan oʻynayotganda tirnoqlarini yashirib, panjalari bilan hujum qilishni oʻrganib olishlari ham mumkin. Baʼzi ekspertlar tirnoqlarning amputatsiyasi mushaklar atrofiyasiga olib kelib, mushukning tez-tez tishlashga moyil boʻlib qolishiga sabab boʻladi, deb hisoblashadi. Faqatgina kichik mushuklarda bu operatsiyadan omon qolish ehtimoli koʻproq, biroq katta mushuklardagi tirnoqlarni olib tashlash ancha xavfli. Koʻpgina hayvonlarni himoya qilish tashkilotlari tirnoqlarning amputatsiyasiga qarshi. Barcha xalqaro felinologik tashkilotlarning qoidalariga koʻra, tirnoqlari olib tashlangan naslli mushuklar mushuklar koʻrgazmalarida qatnashishi ham mumkin emas.
Xulq-atvor
tahrirMushuk uchun yuzalarni tirnashi nafaqat tirnoqlarni parvarish qilish ehtiyoji, balki juda kuchli instinktni namoyon qilish usuli hisoblanadi — u bu harakati orqali oʻz hududini belgilaydi. Shu bilan birga, mushuklar faqat tirnash orqali koʻzga koʻrinadigan iz qoldirish bilan cheklanib qolmay, panjalari orqali barcha mushuklar seza oladigan sekretsiya suyuqliklarini ham qoldirishadi. Tirnash hayvonga psixologik muvozanatni saqlashga, oʻz hududida oʻzini qulay his qilishga va mushaklarni mashq qildirishga yordam beradi. Mushuk egalari va veterinariya shifokorlari tirnoqlari olib tashlangan mushuklar temperamentida oʻzgarishlar boʻlganini koʻp marta payqashgan. Ilgari harakatchan, quvnoq boʻlgan hayvonlar atrofga umuman befarq boʻlib qoladilar. Avvalo, bu mushukning oʻziga boʻlgan ishonch hissi va oʻzini himoya qilish qobiliyatini yoʻqotishi bilan bogʻliq. Koʻpincha, odatdagi himoya vositalarini yoʻqotgani sababli, mushuklar asabiylashadi, qoʻrqib ketadi va tajovuzkorligi oshganida oxirgi qolgan qurol — tishlarini ishlatadilar. Himoyasizlik hissi tufayli yuzaga kelgan doimiy stress hayvonning sogʻligi zaiflashishiga olib kelishi mumkin. Baʼzi mushuklar hojat qutisidan foydalanishni ham toʻxtatadilar; bu qumni „koʻmishga“ urinishda noqulaylik sezish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Onyxektomiyaning muqobil variantlari
tahrirTirnoqlarni olib tashlashning muqobil varianti — mushukni tirnoqlarini maxsus belgilangan joyda oʻtkirlashga oʻrgatish (tirnash uchun maxsus ustuncha), tirnoqlarning oʻlik oʻtkir uchlarini tirnoq qaychisi yoki maxsus tirnoq kesgich bilan kesish, yoki silikon tirnoq qoplamalari bilan xavfsizlantirish choralari boʻlishi mumkin. Bu usullarning barchasi zararsiz boʻlib, mushukka xalaqit bermaydi. Ular mutlaqo ogʻriqsiz va zararsizdir. Tirnoqlarga qoplama ishlatilsa, ularni bir muncha vaqtdan keyin tozalash (odatda 2-4 haftada, tirnoq oʻsgach, tozalanadi) va protsedurani takrorlash kerak. Ushbu qoplamalarning uchki qismi toʻmtoq va yumshoq boʻlib, odamni tirnamaydi hamda mebelga zarar yetkazmaydi. Siz ularni uy hayvonlari buyumlari sotiladigan doʻkonlaridan yoki veterinariya dorixonalaridan sotib olishingiz mumkin.
Yana qarang
tahrirEslatmalar
tahrir- ↑ „Онихэктомия: мнение наших американских коллег“. rsava.org (2018-yil 24-oktyabr). 23-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2019-yil.
- ↑ Александра НИКОЛЕНКОВА. „Цап-царапки“. ДРУГ – Журнал для любителей кошек (май, 2009). WCF на Украине. 2018-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2010-yil.
- ↑ „AP Poll Looks At Feelings On Declawing, Debarking“ (inglizcha). www.cbsnews.com (2011-yil 15-fevral). — „Thirty-two percent of the cat owners polled have had their pets declawed“. 23-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2019-yil.
- ↑ „Про удаление когтей у кошек“. Антицарапки.ру. 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-yanvar 2011-yil.
- ↑ Birdsall, Judd „Caught in the Claws of UK Cat Culture: How This American Learned to Live With Non-Declawed Cats“ (inglizcha). HuffPost (2015-yil 11-dekabr). 23-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2019-yil.
Havolalar
tahrir- Gluxova V.A., Ermolaev V.A. ONIXEKTOMIYA — TOʻGʻR QAROR YOKI QOLGAN UMR UCHUN JARAHAT // Xalqaro talabalar ilmiy byulleteni. — 2018-yil — No 4-4.;
- https://www.sciencedirect.com/topics/veterinary-science-and-veterinary-medicine/onychectomy Arxivnaya kopiya (ingl.) )
- https://catvets.com/guidelines/position-statements/declawing Arxivnaya kopiya -da(ingl.) )