Oriol Romeu
Oriol Romeu Vidal (1991-yil 24-sentyabrda tugʻilgan) – Ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing Barcelona klubi yarim himoyachisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Oriol Romeu Vidal[1] | ||
Tavallud sanasi | 24-sentyabr 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Ulldecona, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.83 m[2] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Barcelona | ||
Raqami | 18 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1996–2001 | Ulldecona | ||
2001–2004 | Espanyol | ||
2004–2008 | Barcelona | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008–2011 | Barcelona B | 45 | (1) |
2010-2011 | Barcelona | 1 | (0) |
2011-2015 | Chelsea | 22 | (0) |
2013-2014 | → Valencia (ijara) | 13 | (0) |
2014-2015 | → VfB Stuttgart (ijara) | 27 | (0) |
2015-2022 | Southampton | 217 | (7) |
2022-2023 | Girona | 33 | (2) |
2023- | Barcelona | 68 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Romeu karyerasini Barcelona jamoasida boshlagan, asosan Barselona B safida toʻp surgan. 2011-yilda 5 million yevro evaziga Londonning Chelsea klubi bilan shartnoma imzolagan va toʻrt mavsumdan ikkitasini Valensiya va VfB Stuttgart klublarida ijara asosida oʻtkazgan futbochi keyinchalik boshqa bir Premyer-liga klubi Southampton bilan shartnoma imzolagan. Ingliz klubi safida jami 256 oʻyinda maydonga tushgan Romeu 2022-yilda La Liganing Girona jamoasi safiga koʻchib oʻtdi.
Romeu Ispaniyaning 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasi safida toʻp surgan. Undan tashqari 2008-yilda Ispaniya U-17 terma jamoasi bilan Yevropa chempioniga ham aylangan.
Klublardagi karyerasi
tahrirBarcelona
tahrirKataloniyaning Tarragona provinsiyasidagi Ulldecona shahrida tugʻilgan Romeu oʻz faoliyatini mahalliy CF Ulldecona jamoasida boshlagan. Keyinchalik biroz vaqt davomida RCD Espanyol klubida toʻp surgan futbolchi 2004-yilda Barselona yoshlar akademiyasiga kelib qoʻshilgan[3]. Jamoa murabbiyi Pep Gvardiola Quvaytning Kazma Sporting Club klubiga qarshi oʻrtoqlik bahsida Romeuni ilk bor maydonga tushiradi va keyinchalik uni Abu-Dabida boʻlib oʻtgan FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun ham qaydnomaga kiritadi[4].
Romau 2010-yil 13-avgust kuni asosiy tarkib futbolchilarning katta qismi Ispaniya terma jamoasiga jalb qilinganligi sababli Barcelona jamoasining oʻn toʻqqiz kishidan iborat tarkibidan joy oldi. U rasmiy uchrashuvlardagi debyutini Ispaniya Superkubogining birinchi bosqichidagi Sevilla klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi[5][6].
Roméu La Ligada esa 2011-yil 15-may kungiDeportivo de La Coruña jamoasiga qarshi oʻyinda ilk bor maydonga tushirildi. U uchrashuvning yakuniy 10 daqiqasida boshqa bir La Masia oʻyinchisi Jonatan dos Santos oʻrniga oʻyinga qoʻshildi[7].
Chelsea
tahrir2011-yil 22-iyulda Romeu Chelsea jamoasiga oʻtishi haqidagi xabarlar tarqala boshladi. Keyingi kuni futbolchining oʻzi ham bu shartnomaga roziligi maʼlum boʻldi[8]. Biroq u U-17 Yevropa chempionatida ishtirok etayotganligi sababli tibbiy koʻrik biroz muddatga kechikdi[9]. 4-avgust kuni ingliz klubi Romeu transferi toʻgʻrisida rasman eʼlon qildi. „Aristokratlar“ futbolchi uchun 5 million yevro toʻladi. Shartnoma bandlarida agar Barcelona oʻyinchini qaytarishni xohlasa 2012-yilda 10 million yoki 2013-yilda 15 million yevro miqdorda toʻlashi belgilab qoʻyildi[10][11] Yangi jamoasida unga 6-raqam berildi[12].
Romeu 2011-yil 10-sentyabrda safidagi rasmiy debyutini oʻtkazdi. Sunderland jamoasiga qarshi bahsning 79-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi[13]. Shu oyning 21-sanasida esa u Liga Kubogi doirasidagi Fulham bilan uchrashunda ilk bor asosiy tarkibda oʻyinni boshladi[14].
Romeu UEFA Chempionlar ligasidagi dastlabki bahsini 2011-yil 19-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan K.R.C. Genk klubiga qarshi guruh bosqichi bahsida oʻtkazdi[15]. Premyer-ligadagi debyuti esa 26-noyabr Wolverhampton Wanderers bilan kechgan oʻyinga toʻgʻri keldi[16].
2012-yilning 25-sentyabrida Romeu Chelsea safidagi debyut golini kiritdi. Stamford Bridge stadionida kechgan Wolverhamptonga qarshi bahsda penaltini aniq amalga oshirdi[17]. Bosh murabbiy Roberto Di Matteo Yossi Benayoun, Michael Essien va Raul Meireles kabi futbolchilarning ketishi u uchun koʻproq oʻyin amaliyoti yaratishi mumkinligini taʼkidladi. Ammo 11-dekabr kungi Sunderland bilan oʻyinda jarohat oldi va mavsumning qolgan qismini oʻtkazib yuboradigan boʻldi[18].
Valencia (ijara)
tahrir2013-yil 12-iyul kuni Romeu mavsum yakuniga qadarValencia jamoasiga ijaraga berildi[19]. U klub safidagi debyut oʻyinini 15-sentyabr kuni Real Betis jamoasiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi[20]. Fevral oyida Romeu mashgʻulotlardagi mushaklaridan olgan jarohati tufayli bir oydan ziyod muddatga safdan chiqqani maʼlum boʻldi[21]. Mavsum davomida futbolchi Ispan klubi uchun 18 oʻyinda maydonga tushdi.
Stuttgart (ijara)
tahrir2014-yil 17-iyul kuni Romeu Chelsea bilan amaldagi shartnomasini 2017-yilga qadar uzaytirdi[22]. Shunga qaramasdan 4-avgust kuni Germaniyaning VfB Stuttgart klubiga mavsum yakuniga qadar ijaraga berildi[23][24].
Southampton
tahrir2015-yilning 13-avgust kuni Romeu Sauthampton jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Transfer qiymati 5 million funt sterling etib belgilandi[25][26]. U ikki kundan keyin, Everton bilan bahsning ikkinchi boʻlimida Dusan Tadic oʻrniga maydonga tushirildi va uch daqiqadan keyin James CcCarthyga nisbatan iswhlatgan qoʻpolligi uchun sariq kartochka koʻrsatildi[27]. U 5-dekabr yangi jamoasidagi ilk golini kiritdi va Aston Villa jamosiga qarshi bahs 1-1 hisobida yakunlanishini taʼminladi[28].
Girona
tahrir2022-yil 1-sentyabrda Romeu La Ligaga qaytibGirona jamoasi bilan shartnoma imzoladi[29].
Barcelona
tahrir2023-yil 19-iyul Romeu oʻzining sobiq klubi Barcelona bilan uch mavsumga moʻljallangan shartnoma imzoladi[30].
Terma jamoadagi karyerasi
tahrirU 2008-yilgi UEFA U-17 Yevropa Chempionatida Ispaniya sharafini himoya qildi. Toʻrtta uchrashuvda maydonga tushgan Romeu jamoasining turnirda gʻolib boʻishiga katta yordam berdi[31].
U 2012-yilgi Olimpiya oʻyinlarini guruh bosqichida tark etgan Ispaniya olimpiya terma jamoasi qaydnomasiga kiritildi va faqatgina ikki bahsda zaxiradan maydonga tushirildi.
Karyerani statistik
tahrir- 2024-yil 26-may holatiga koʻra[32]
Klub | Mavsum | Liga | Mahalliy kuboklar | Liga Kubogi | Yevropa | Boshqa | Umumiy | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Barselona B | 2008–09 | Segunda División B | 5 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 5 | 0 | |||
2009–10 | Segunda División B | 22 | 0 | 0 | 0 | - | - | 4 | 0 | 26 | 0 | |||
2010–11 | Segunda División | 18 | 1 | 0 | 0 | - | - | - | 18 | 1 | ||||
Umumiy | 45 | 1 | 0 | 0 | - | - | 4 | 0 | 49 | 1 | ||||
Barcelona | 2010–11 | La Liga | 1 | 0 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | |
Chelsea | 2011–12[33] | Premyer Liga | 16 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | 3 | 0 | - | 24 | 0 | |
2012–13[34] | Premyer Liga | 6 | 0 | 0 | 0 | 2 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 9 | 1 | |
Umumiy | 22 | 0 | 2 | 0 | 5 | 1 | 4 | 0 | 0 | 0 | 33 | 1 | ||
Valencia (ijara) | 2013–14 | La Liga | 13 | 0 | 1 | 0 | - | 4 | 0 | - | 18 | 0 | ||
VfB Stuttgart (ijara) | 2014–15 | Bundesliga | 27 | 0 | 1 | 0 | - | - | - | 28 | 0 | |||
Southampton | 2015–16[35] | Premyer Liga | 29 | 1 | 1 | 1 | 3 | 0 | 2 | 0 | - | 35 | 2 | |
2016–17[36] | Premyer Liga | 35 | 1 | 2 | 0 | 3 | 0 | 6 | 0 | - | 46 | 1 | ||
2017–18[37] | Premyer Liga | 34 | 1 | 5 | 0 | 1 | 0 | - | - | 40 | 1 | |||
2018–19[38] | Premyer Liga | 31 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | - | - | 33 | 1 | |||
2019–20[39] | Premyer Liga | 30 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | - | - | 35 | 0 | |||
2020–21[40] | Premyer Liga | 21 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | - | - | 23 | 1 | |||
2021–22[41] | Premyer Liga | 36 | 2 | 4 | 0 | 2 | 0 | - | - | 42 | 2 | |||
2022–23[42] | Premyer Liga | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | - | - | 2 | 0 | |||
Umumiy | 217 | 7 | 16 | 1 | 15 | 0 | 8 | 0 | - | 256 | 8 | |||
Girona | 2022–23[42] | La Liga | 33 | 2 | 1 | 0 | - | - | - | 34 | 2 | |||
Barcelona | 2023–24[43] | La Liga | 28 | 0 | 2 | 0 | - | 7 | 0 | 0 | 0 | 37 | 0 | |
Umumiy | 387 | 10 | 23 | 1 | 20 | 1 | 23 | 0 | 5 | 0 | 458 | 12 |
Sovrinlar
tahrirBacelona
- La Liga: 2010-11[44]
- Ispaniya superkubogi: 2010[45]
Chelsea
- Angliya kubogi: 2011-2012[46]
- UEFA chempionlar ligasi: 2011-2012[47]
Southampton
- Liga kubogi finalchisi: 2016-2017[48]
Ispaniya U-17
- UEFA U-17 Yevropa chempionati: 2008[49]
Ispaniya U-19
- UEFA U-19 Yevropa chempionati finalchisi: 2010[50]
Manbalar
tahrir- ↑ „2020/21 Premier League squads confirmed“. Premier League (2020-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Player profile: Oriol Romeu“. Premier League. Qaraldi: 2016-yil 2-noyabr.
- ↑ Oriol Romeu Official Site; Oriol Romeu, 13 March 2017
- ↑ Stoke City plot shock swoop for Barcelona starlet Oriol Romeu; Goal.com, 4 January 2010
- ↑ „Nine B team players in squad for Seville“. Barcelona's official website (2010-yil 13-avgust). 2012-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-avgust.
- ↑ „Debutan Miño, Sergi Gómez, Romeu y Adriano“ (es). Barcelona's official website (2010-yil 14-avgust). Qaraldi: 2014-yil 18-aprel.
- ↑ „Barca back-ups draw blank“. ESPN Soccernet (2011-yil 15-may). Qaraldi: 2014-yil 18-aprel.
- ↑ Chelsea close in on Barcelona midfielder Oriol Romeu; The Daily Telegraph, 22 July 2011
- ↑ Villas-Boas: Why i want Oriol; Chelseaʼs official website, 23 July 2011
- ↑ „Oriol deal completed“. Chelsea's official website (2011-yil 4-avgust). 2013-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-aprel.
- ↑ Chelsea sign midfielder Oriol Romeu from Barcelona; BBC Sport, 4 August 2011
- ↑ „Squad numbers announced“. Chelsea's official website (2011-yil 12-avgust). Qaraldi: 2014-yil 18-aprel.
- ↑ „Sunderland 1–2 Chelsea“. BBC Sport (2011-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Chelsea 0–0 Fulham“. BBC Sport (2011-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Chelsea 5 v 0 Genk“. Chelsea's official website (2011-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 18-aprel.
- ↑ „Blues cruise past Wolves to ease pressure on AVB“. ESPN Soccernet (2011-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 18-aprel.
- ↑ „Chelsea 6–0 Wolverhampton Wanderers“. Chelsea's official website (2012-yil 25-sentyabr). 2012-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Oriol Romeu: Chelsea midfielder out for six months“. BBC Sport (2012-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 11-dekabr.
- ↑ „Official VCF statement“. Valencia's official website (2013-yil 12-iyul). 2023-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-aprel.
- ↑ „Betis bag victory“. Sky Sports (2013-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Oriol Romeu suffers knee injury in Valencia training“ (2014-yil 6-fevral). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-may.
- ↑ „Chelsea: Oriol Romeu signs new three-year deal at Stamford Bridge“. BBC Sport (2014-yil 17-iyul). Qaraldi: 2014-yil 18-iyul.
- ↑ „Romeu loaned to Stuttgart“. Chelsea's official website (2014-yil 4-avgust). Qaraldi: 2014-yil 4-avgust.
- ↑ „Borussia Mönchengladbach 1–1 Stuttgart“. Soccerway (2014-yil 24-avgust). Qaraldi: 2014-yil 26-avgust.
- ↑ „Saints land midfielder Romeu“ (2015-yil 12-avgust). 2015-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-avgust.
- ↑ „Southampton sign Chelsea midfielder for £5m“ (2015-yil 12-avgust). Qaraldi: 2015-yil 13-avgust.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Lewis, Aimee. „Southampton 0–3 Everton“. BBC Sport (2015-yil 15-avgust). Qaraldi: 2015-yil 15-avgust.
- ↑ Sanghera, Mandeep. „Southampton 1–1 Aston Villa“. BBC Sport (2015-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 5-dekabr.
- ↑ „Romeu seven-year Saints spell ends“. Southampton FC (2022-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
- ↑ „Oriol Romeu, third signing for FC Barcelona“. FC Barcelona (2023-yil 19-iyul). Qaraldi: 2023-yil 19-iyul.
- ↑ Saffer. „Stupendous Spain win U17 crown“. UEFA (2008-yil 16-may). 2012-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-avgust.Saffer, Paul (16 May 2008).
- ↑ Oriol Romeu Soccerway saytida. Qaralgan sana: 12 August 2018.
- ↑ „Games played by Oriol Romeu in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Games played by Oriol Romeu in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Games played by Oriol Romeu in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
- ↑ „Games played by Oriol Romeu in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
- ↑ „Games played by Oriol Romeu in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2018-yil 14-may.
- ↑ „Games played by Oriol Romeu in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 3-fevral.
- ↑ „Games played by Oriol Romeu in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 12-yanvar.
- ↑ „Games played by Oriol Romeu in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
- ↑ „Games played by Oriol Romeu in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
- ↑ 42,0 42,1 „Games played by Oriol Romeu in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Games played by Oriol Romeu in 2023/2024“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Ficha Oriol Romeu“ (es). players.fcbarcelona.com/es/. Qaraldi: 2023-yil 11-avgust.
- ↑ „Ficha de Partido“ (es). actas.rfef.es/ (2010-yil 14-avgust). 2012-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
- ↑ McNulty, Phil. „Chelsea 2–1 Liverpool“. BBC Sport (2012-yil 5-may). 2016-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ McNulty, Phil. „Bayern Munich 1–1 Chelsea“. BBC Sport (2012-yil 19-may). 2016-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ McNulty, Phil. „Manchester United 3–2 Southampton“. BBC Sport (2017-yil 26-fevral). Qaraldi: 2019-yil 26-aprel.
- ↑ Saffer. „Stupendous Spain win U17 crown“. UEFA (2008-yil 16-may). 2012-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-avgust.
- ↑ „France U19 vs. Spain U19 - 30 July 2010 - Soccerway“.