Oxund Xovand madrasasi Chashmai Ayub guzarida joylashgan bo‘lib, 8 hujradan iborat bo‘lgan. Sadri Ziyoning taʼkidlashicha, u Amir Haydar davrida hijriy 1233-yili (1817 — 1818) Oxund mulla Muzaffar ibn qozi Mirzo Muhammad tomonidan qurilgan. Ammo Oxund Xovand u emas, boshqa tarixiy shaxs. Bu to‘g‘rida Nosiriddin Hanafiy shunday yozadi: "Oxund Xovand hazratlarining muborak ismi Ubaydullohdir. U „Muxtasar“ musannifi. LaqabiSadr ash-sharia“, otasining ismi Mas’ud, muhtaram bobosining ismi Umar, laqabi „Toj ash-sharia“dir. Oxund Xovand hijriy 747-yili (1346 — 1347) vafot etgan. Muborak marqadi Ayub alayhissalom hazratlarining sharqiy tomonidagi yo‘lning sharqiy tarafida sokindur". Oxund Xovand madrasasi mashhur o‘quv maskanlaridan bo‘lgan. Uning faoliyatiga taalluqli oltita hujjat aniqlangan. Mir Badriddin arznomalaridan birida Oxund Xovand madrasasi mudarrisi mulla Abdurazzoqning bo‘sh qolgan o‘rniga Miyon Malik go‘rxonasi hujralari mudarrisi qori mulla Aʼzamxoja o‘tkazilayotgani bildirilgan. Maoshi 12 tilla edi. Bemor talabalar ro‘yxatida qori Murod va Mir Aʼlo ismli talabalar rishta xastaligiga yo‘liqqani qayd etilgan.[1]

Madrasa
Oxund Xovand madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Holati Saqlanib qolmagan

Manbalar

tahrir
  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 396.