Ozoda Parpiyevna Nursaidova (9-oktabr 1974-yilda tugʻilgan) – oʻzbek qoʻshiqchisi, bastakori va produsyeridir. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist[1].

Ozoda Nursaidova
Tavalludi Ozoda Parpiyevna Nursaidova
9-oktyabr 1974-yil (1974-10-09) (50 yosh)
Toʻytepa, Toshkent, Oʻzbekiston
Janrlar Estrada
Kasbi
Faoliyat yillari 1994 – hozirgacha
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ota-onasi Parpi Nursaidov
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Ozoda Nursaidova 1974-yil 9-oktabrda Xorazm viloyatining Toʻytepa shahrida dunyoga keldi[2]. Xonandaning otasi Parpi Nursaidov podpolkovnik boʻlib, uzoq yillar ichki ishlar sohasida faoliyat yuritgan. Onasi esa avtobazada dispecher boʻlib ishlagan. 1999-yilda Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasini tugatdi.[3].Uning sevimli oʻzbek mualliflari orasida Oʻlmas Umarbekov, Said Ahmad va Sharof Boshbekov bor edi[4]. Nursaidova maktabda yaxshi oʻqigan va huquqshunoslik kasbini yaratishni orzu qilgan. Biroq, Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish imtihonlarini topshira olmadi va natijada 1992 yilda Madaniyat institutining rejissyorlik boʻlimiga oʻqishga kirdi. Nursaidova taniqli ustoz va ustalar: Rufatilla Qosimov, Xuriyat Isroilova, Fattohxon Mamadaliyevlar rahbarligida anʼanaviy maqom sanʼatini oʻrgandi. Ozoda Nursaidovaning Nilufar ismli singlisi va Abdulloh ismli jiyani bor.

Xonanda „Ozoda Saidzoda“ taxallusi bilan ham ijod qilgan[5]. 2000-yili yaratilgan „Ketma“ qoʻshigʻi unga chinakamiga omad keltiradi. Undan keyin yaratilgan „Asrasin“ va „Endi men ketaman“ nomli qoʻshiqlari ham xonandaning mashhurlikka erishishiga sabab boʻladi. 2001-yili oʻtkazilgan „Tarona“ taqdimotida u „Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi“ nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritadi. Xonanda 13 yil mobaynida ijodiy taqiqlar sabab omma eʼtiboridan chetda boʻlishga majbur boʻldi. Koʻplab xit musiqalar muallifining Koʻk jiguli taronasi YouTubeda koʻrishlar soni boʻyicha rekordni qayd etdi[6].


Diskografiyasi

tahrir
  • 1997 – „Muhabbat qaydasan“
  • 2000 – „Ketma“
  • 2001 – „Asrasin“
  • 2002 – „Endi man ketaman“
  • 2003 – „Ishq sharobi“
  • 2004 – „Orzularim“
  • 2006 – „Bu kuylar kechagimas“
  • 2010 – „Tinglanmagan qushiqlar“
  • 2014 – „Eʼtirof et“
  • 2021 – „Hayati“
  • 2022 – „Tasalli ber“
  • 2024 – „Koʻk jiguli

Shou konsert dasturlari

tahrir

● 2002 – „Endi man ketaman“ („Xalqlar doʻstligi“ saroyi)

● 2003 – „Qaynonamsiz – Onamsiz“ („Xalqlar doʻstligi saroyi“)

● 2004 – „Orzularim“ („Xalqlar doʻstligi saroyi“) • 2004 – Live concert Andijon

● 2006 – „Bu kuylar kechagimas“ („Xalqlar doʻstligi saroyi“)

• 2018 – Istanbulda

• 2019 – Qirgʻizistonda konsert

● 2021 – 2021 konsert dasturi 8-12 aprel („Xalqlar doʻstligi saroyi“)

● 2022 – „Tasalli ber“ 9-16 may („Xalqlar doʻstligi saroyi“)

● 2023 – "Yomgʻirlarda „ 15-22 may („Xalqlar doʻstligi saroyi“)

● 2024— „RETRO“ 7-14 may (10 seans) („Xalqlar doʻstligi saroyi“)

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir