Pashmon
Pashmon — Buxoro viloyati, Shofirkon tumaniga qarashli qishloq. Tuman markazidan 3-4 km shimoli gʻarbda Bogʻiafzal mahalla fuqarolari yigʻini tarkibida joylashgan[1].
Pashmon | |
---|---|
Mamlakat | O‘zbekiston Respublikasi |
{{{tuman_turi}}} | Shofirkon tumani |
Tarixi
tahrirQishloq nomining maʼnosi qanday ekanligi haqida bir nechta farazlar bor. Birinchi farazga koʻra, „pashmon“ soʻzi pushaymon soʻzining buzilgan formasidir. Bu haqida rivoyatda aytilishicha qishloq aholisi ustlariga bostirib kelgan dushmanlariga kuchli qarshilik koʻrsatishgan. Shundan soʻng raqiblar bu qishloq ustiga yurish qilgani uchun pushaymon qilgan va qishloq nomi pushaymon deb atalgan. Keyinchalik pushaymon soʻzi pushmon, pashmon shaklida oʻzgargan.
Vobkent tumanida Pushaymontepa (Tali Pushaymo) deb ataladigan tepalik ham bor. Hozir bu yerda hech kim yashamaydi. Qadimda bu joyning aholisi Islom dinining qabul qilganiga qaramay otashparastlik amallarini bajarib kelgan. Qutayba ibn Muslim oʻta beshavqatlik bilan qoʻrgʻon aholisini islom diniga qaytargan. Ikkinchi farazga koʻra pashmon soʻzi „jun oluvchilar“ yoki „junga ishlov beruvchilar“ degan maʼnoni anglatadi[2].
Xoʻjaligi
tahrirQishloq xoʻjaligi asosan qishloq xoʻjaligiga moslashgan. Qishloq hududida yovvoyi oʻsimliklardan ajriq, otquloq, yalpiz, shoʻra, baliqkoʻz, qoʻngʻirbosh, yaltirbosh, qumlarda oq saksovul, qandim, cherkez, iloq, quyonsuyak, selin, isiriq; janubiy tekislik qismida qamish, roʻvak, bugʻdoyiq, shoʻraajriq, kampirsoch, itgunafsha, yulgʻun va boshqalar oʻsadi.
Iqlimi
tahrirYillik oʻrtacha harorat 14,2 °C, eng past harorat -29°. Iyul oyidagi oʻrtacha temperatura 29,4 °C, eng yuqori temperatura 46 °C. Yiliga 220 mm yogʻin tushadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Salim Muxtor, Karim Bobomurod. Shofirkon tarixi. Yozuvchi — 227-bet.
- ↑ Halim To‘rayev. BUXORO TOPONIMIKASI. Durdona nashriyoti, 2021. ISBN 978-9943-7455-7-5.