Proktologiya (yun. proktos — toʻgʻri ichak va ...logiya) — tibbiyotning bir boʻlimi. Toʻgri ichak, anal kanali va oraliq sohasi kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, morfologiyasi, fiziologiyasi, diagnostikasi va davolash usullarini oʻrganadi.

Tibbiyotning soʻnggi yillarda tez rivojlanishi tufayli P. faqat toʻgʻri ichak, anal kanali va oraliq sohasi kasalliklarini (bavosir, oʻtkir va surunkali paraproktitlar, ichak oqmalari, anal sfinkteri yetishmasligi va boshqalar) oʻrganish bilan chegaralanib qolmay, yoʻgʻon ichakning yuqori qismi, yaʼni chambar ichak kasalliklarini ham oʻrga-na boshladi. Chunki nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi, oilaviy adenomatoz, yoʻgʻon ichak oʻsmalari, qabziyat va boshqa kasalliklar ayni vaqtda toʻgʻri ichakni ham, chambar ichakni ham zararlaydi. Amerika, Yevropa davlatlari va Rossiyada "proktologiya" fanining "koloproktologiya" deb atalishining bo-isi ham ana shunda. 10-kasalliklarning xalqaro tasnifiga (MKB-1) binoan, koloproktologiya fani 200 dan ortiq kasallik va sindromlarni oʻrganadi.

Toʻgʻri va chambar ichak kasalliklarini oʻrganish qadimdan maʼlum boʻlib, Gippokrat, Abu Ali Ibn Sino va boshqa oʻz asarlarida bu kasalliklarni batafsil yoritishgan.

Oʻzbekistonda P. fani 20-asrning 60-yillarida rivojlana borib, bunga 3. Nizomov, E. Joʻrayev va boshqa olimlar katta hissa qoʻshdilar. 20-asrning 80-yillaridan esa koloproktologiya mustaqil fan va aloxida mutaxassislik sifatida rivojlana boshladi. Bunda Oʻ. Oripov, S. Navruzov kabi olimlarning xizmatlari katta boʻldi. Hozirgi Oʻzbekistonning barcha viloyat markazlarida ixtisoslashgan boʻlimlar mavjud. Toshkent shahrida esa Respublika kolo-proktologiya ilmiy markazi faoliyat koʻrsatadi.



Manbalar tahrir