Qadriddin Aslonov

Sovet va tojik siyosatchisi

Qadriddin Aslonov (tojikcha: Қадриддин Аслонов); 1947–1992) – Tojikistonning birinchi muvaqqat Prezidenti (31-avgust 1991 – 20-sentyabr 1991)[1][2].

Qadriddin Aslonov
Tojikiston Prezidenti
v.b.
Mansab davri
1991-yil 31-avgustdan – 1991-yil 20-sentyabrgacha
Hukumat boshligʻi Akbar Mirzoyev
Abdumalik Abdullajonov
Oʻtmishdoshi Rahmon Nabiyev
Vorisi Rahmon Nabiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-avgust 1951-yil (1951-08-01) (72 yosh)
Kevron

Biografiyasi tahrir

Qadriddin Aslonov 1947-yil 29-mayda Tojikistonning Garm viloyatida tugʻilgan.

Mehnat faoliyatini ustaxona mudiri sifatida boshlagan. 1969-yildan 1973-yilgacha kolxozda brigada mexanigi boʻlib ishlagan.

1973-1983-yillarda Tojikiston komsomolining Kolxozobod tuman komitetining ikkinchi, keyin birinchi kotibi, qishloq xoʻjaligi texnikasi birlashmasi boshqaruvchisi, Qoʻrgʻontepa viloyat qishloq xoʻjaligini ishlab chiqarish-texnik taʼminlash birlashmasi raisi boʻlgan.

1983—1988 – Tojikiston Kommunistik partiyasi Panj tuman qoʻmitasi birinchi kotibi. 1988—1989-yillarda Tojikiston Davlat qishloq xoʻjaligi sanoati raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

1989—1990 – Tojikiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti kotibi. 1990-yilda Tojikiston Oliy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, 1990-yil 30-noyabrdan 1991-yil 23-sentyabrgacha Tojikiston Oliy Kengashi raisi boʻlgan. Bu lavozimda Aslonov oʻz farmoni bilan Respublika Kommunistik partiyasini tugatdi va uning mulkini milliylashtirdi[3].

1991 yil sentyabr oyida – Tojikistonning vaqtincha prezidenti. 21-sentyabrda Qadriddin Aslonov Dushanbedagi Ozodi maydonidagi Lenin haykalini buzish va Tojikiston Kommunistik partiyasini taqiqlash haqidagi farmonlarni imzoladi[4][5]. Kommunistik partiya tarafdorlari 23-sentyabr kuni farmonga qarshi miting oʻtkazdilar. Dushanbeda Oliy Kengashning favqulodda sessiyasi ochildi, unda Aslonovning noqonuniy xatti-harakatlari va poytaxtdagi siyosiy vaziyat masalalari muhokama qilindi.

1992-yil noyabr oyida (aniq sanasi nomaʼlum) Sangak Safarov tomonidan oʻldirilgan[6]. Tojikiston Respublikasi Sarband viloyatida (sobiq Kalininobod viloyati) dafn etilgan.

Manbalar tahrir

  1. Parker, John W. „Persian Dreams: Moscow and Tehran Since the Fall of the Shah“. Potomac Books, Inc. (29-mart]] 2018). Qaraldi: 29-mart]] 2018.
  2. „DPT proposes to give the title of Hero of Tajikistan to Qadriddin Aslonov - Tajikistan News-NA «Asia-Plus»“. old.news.tj. 2018-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-mart]] 2018. (Wayback Machine saytida 2018-06-23 sanasida arxivlangan)
  3. Ольга Тутубалина. „С чего начиналась анархия, или Как убирали в Душанбе памятник Ленину (страницы истории)“ (ru). ЦентрАзия (2005-yil 24-sentyabr). 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-yanvar.
  4. Ольга Тутубалина. „С чего начиналась анархия, или Как убирали в Душанбе памятник Ленину (страницы истории)“ (ru). ЦентрАзия (2005-yil 24-sentyabr). 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-yanvar.
  5. „Права человека в Таджикистане после событий гражданской войны 1992 года. Доклад Human Rights Watch/Helsinki Watch. Ч. 6.“ (ru). Memo.ru. 2009-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-yanvar.
  6. Гулҷаҳони Сангакзода. Сангак Сафаров: Пешвои фронти халқиро чаҳор соат мекуштанд“ (tg). // «АзияПлюс» (2009-yil 27-iyul). 2010-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.