Qahramon Madumarov
Qahramon Madumarov 1954 — Qirgʻiziston jamoat arbobi, taniqli tadbirkor, ishbilarmon, arab tili yetakchi tarjimoni[1].
Қаҳрамон Абдураҳмонович Мадумаров | |
---|---|
рус. Мадумаров Кахрамон Абдурахманович | |
Tavalludi |
03.03.1954 |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Turmush oʻrtogʻi | Xanifa (5-iyul 1958 yil). |
Otasi | Abdurahmon Madumarov (1929-2008) — taniqli tadbirkor, ishbilarmon, Oʻsh shahridagi maishiy xizmat korxonasi teri-jun sexining mudiri boʻlib ishlagan |
Onasi | Minavar hoji Toʻychiboyeva (1936-2003). |
Bolalari | Oʻtkir (16 mart 1979 yil), Erkin (10 mart 1984 yil)-stomatolog. |
Hayot yoʻliTahrirlash
Qahramon Abdurahmonovich Madumarov 3 mart 1954 yili Oʻsh shahrida xizmatchilar oilasida tugʻilgan, millati oʻzbek. Otasi Abdurahmon Madumarov (1929-2008) — taniqli tadbirkor, ishbilarmon, Oʻsh shahridagi maishiy xizmat korxonasi teri-jun sexining mudiri boʻlib ishlagan.
1977 yili Qahramon Madumarov Toshkent sharqshunoslik oliygoxini arab tili kasbi boʻyicha imtiyozli tamomlab, SSSRning Suriya, Yaman, Iordaniya Arab davlatlaridagi elchixonalarida, savdo vakolatxonalarida tarjimon, Oʻsh qirgʻiz-oʻzbek dorilfununida arab markazi rahbari, arab tili oʻqituvchisi, bosh oshpaz boʻlib ishlagan. Quronni yoddan biladi. Hozirda tadbirkor boʻlib ishlaydi. Oilali, ikkita oʻgʻli bor[2]. Ukasi Botirjon Madumarov Toshkent davlat dorilfununi jurnalistika kulliyotini tamomlagan, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston roʻznomalarida koʻplab maqolalari chiqqan[3]. Ismat Xushevning „Oqlanmagan ishonch qissasi“ 1 kitob 12 bobida Sholoxov vatanida asarida oʻzining kursdoshi Botirjon Madumarov xaqida yozgan[4].
Koʻplab faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan, 1985 yili ishdagi yuksak yutuqlari uchun SSSR Hukumati unga GAZ-2410 avtomobilini sovgʻa qilgan.
ManbalarTahrirlash
- ↑ Tsentraziya Personi, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-01-11
- ↑ Biografii znamenitostey
- ↑ „Botirjon Madumarov xaqida“. 13-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-yanvar 2016-yil.
- ↑ „Botirjon Madumarov xaqida“. 13-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-yanvar 2016-yil.
HavolalarTahrirlash
- Tsentraziya Personi Wayback Machine saytida arxivlandi (2016-03-04).
- Biografii znamenitostey
- Biografii izvestnix person
- Botirjon Madumarov xaqida Archive.is saytida arxivlandi (2016-01-13)
- Botirjon Madumarov xaqida Archive.is saytida arxivlandi (2016-01-13)