Abdurahmon Madumarov
Abdurahmon Madumarov (1929-2008) — taniqli tadbirkor, ishbilarmon, Oʻsh shahridagi maishiy xizmat korxonasi teri-jun sexining mudiri
Абдураҳмон Мамасиддиқович Мадумаров | |
---|---|
рус. Мадумаров Абдурахман Мамасиддикович | |
Tavalludi |
12.01.1929 |
Vafoti |
24.03.2008 Qirgʻiziston Oʻsh shahrida |
Fuqaroligi | SSRI → Qirgʻiziston Qirgʻiziston |
Turmush oʻrtogʻi | Minavar hoji Toʻychiboyeva (1936-2003). |
Bolalari | Qahramon hoji (3 mart 1954 yil), Botir (1958-dekabr 1991 yil), Misiryoxon hoji (1960 yil), Abdumalik hoji (1964 yil), Feruza hoji (1969 yil), Zarifa (1976 yil) |
Otasi | Mamasiddiq Madumarov - inqilobchi, Oʻzgan shahrida va tumanida bosmachilarni tor-mor etishda faol ishtirok etgan, uzoq yillar Oʻzgandagi jamoa xoʻjaligi raisi boʻlgan |
Onasi | Hojiniso Rahmonova (8.03.1907-13.03.1932) |
Hayot yoʻli
tahrirAbdurahmon Mamasiddiqovich Madumarov 12-yanvar 1929 yili Oʻzgan shahrida dehqonlar oilasida tugʻilgan, millati oʻzbek. Otasi Mamasiddiq Madumarov inqilobchi, Oʻzgan shahrida va tumanida bosmachilarni tor-mor etishda faol ishtirok etgan, uzoq yillar Oʻzgandagi jamoa xoʻjaligi raisi boʻlib ishlagan. Oʻshlik Hojiniso Rahmonova bilan turmush qurishadi va 12-yanvar 1929 yili Abdurahmon ismli farzand koʻrishadi. Uch yoshligida onasi Hojiniso vafot etadi va Abdurahmon Madumarov yoshligidan mehnatga chiniqib oʻsadi.
Ulugʻ Vatan urushi yillarida otasi Mamasiddiq Madumarov frontga ketadi. Abdurahmon Madumarov Oʻsh shahridagi togʻasi Oʻrinboy Rahmonovning oilasida yashab, urushning ogʻir yillarida front ortida mehnat qiladi va fashizm ustidan gʻalaba qozonish uchun oʻzining hissasini qoʻshgan[1].
Sovet armiyasi safida xizmat qilib qaytib kelgach, sambo boʻyicha 1950-1953 yillarida Oʻsh viloyati va Qirgʻiziston musobaqalari gʻolibi, 1953 yili qoʻli sinib, Toshkentda sambo boʻyicha murabbiy boʻladi. 1954 yildan toki nafaqaga chiqquncha Oʻshdagi maishiy xizmat korxonasida teri-jun sexining mudiri boʻlib ishlagan. 1980-1982 yillarda Oʻsh shahrida gilam ishlab chiqarish sexini ochgan va ishini yuritgan. 1990 yilda Oʻsh shahridagi yangi teri-jun fabrikasida faoliyat yuritgan.
Abdurahmon Madumarov izlanuvchan va yangilikka intiluvchan rahbar boʻlgani uchun, 1988 yili Rossiya korxonalari bilan hamkorlikda Oʻsh shahrida rezina mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavod ochmoqchi edi. Lekin ayrim amaldorlarning yangilikni tushunmasligi va masʼuliyatsizligi oqibatida bu orzusini amalga oshira olmadi. Hukumatimiz Abdurahmon Madumarovni Oʻsh shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga va ishlab chiqariluvchi xalq isteʼmoli mollarini yangi xillarini koʻpaytirishga, sifatini yaxshilashga qoʻshgan hissasini yuksak baholadi, halol va koʻp yillik mehnati, davlat buyurtmalarini oshigʻi bilan bajarganligi uchun koʻplab orden, medallar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlagan[2].
Abdurahmon Madumarov Minavar hoji Toʻychiboyeva bilan birga 51 yil turmush qurib, oltita farzandni voyaga etkazishgan. Oʻgʻli Qahramon hoji Toshkent sharqshunoslik oliygoxini tamomlab, SSSRning Suriya, Yaman, Iordaniya Arab davlatlaridagi elchixonalarida, savdo vakolatxonalarida tarjimon, Oʻsh qirgʻiz-oʻzbek dorilfununida arab markazi rahbari, arab tili oʻqituvchisi, bosh oshpaz boʻlib ishlagan. Yana bir oʻgʻli Botirjon Toshkent davlat dorilfununi jurnalistika kulliyotini tamomlagan, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston roʻznomalarida koʻplab maqolalari chiqqan[3]. Ismat Xushevning „Oqlanmagan ishonch qissasi“ 1 kitob 12 bobida Sholoxov vatanida asarida oʻzining kursdoshi Botirjon Madumarov xaqida yozgan[4]. Qizi Misiryo hoji maktabda matematika oʻqituvchisi, kichik oʻgʻli Abdumalik hoji ishbilarmon va haydovchi, qizi Feruza hoji Koreyada tadbirkor.
Abdurahmon hoji Madumarov jamoat ishlarida ham faol qatnashib oʻzi yashagan Oʻsh shahrining Alebastrova koʻchasiga gaz, svet, kanalizatsiya, suv, telefon olib kelgan. Koʻchani yoʻlini kengroq qilib ochdirgan, asfalt yotqizdirgan. 1994 yili turmush oʻrtogʻi va katta oʻgʻli bilan birga muqaddas haj safariga borib, beshinchi farzni ado etib keldilar. 24 mart 2008 yili jamoat arbobi Abdurahmon hoji Madumarov vafot etgan boʻlsa-da, lekin u qilgan ijobiy ishlari va mehnatlari bilan Qirgʻiziston elining yorqin xotiralarida abadiy saqlanib qoladi.
Manbalar
tahrir- ↑ Центразия Персоны, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-01-11
- ↑ Биографии знаменитостей
- ↑ „Botirjon Madumarov xaqida“. 2016-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-yanvar.
- ↑ „Botirjon Madumarov xaqida“. 2016-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-yanvar.
Havolalar
tahrir- Центразия Персоны (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)
- Биографии знаменитостей
- Биографии известных персон
- Botirjon Madumarov xaqida (Archive.is saytida 2016-01-13 sanasida arxivlangan)
- Botirjon Madumarov xaqida (Archive.is saytida 2016-01-13 sanasida arxivlangan)