Qasoskorlar (inglizcha: The Avengers) — 2012-yilda Joss Whedon tomonidan ishlangan hamda Marvel Comicsdan tushirilgan Qasoskorlar jamoasiga asoslangan Amerika superqahramon filmi. Film premyerasi AQShda 4-may, 2012-yilda boʻlib oʻtdi. Filmning daromadi dunyo boʻyicha alohida oʻrin egallab turibdi. Qasoskorlar filmi distributor Walt Disney Studios va Motion Pictures tomonidan suratga olingan oltinchi filmdir. Undan avvalgi beshta film 2008-yildan 2011-yilgacha suratga olingan edi. Filmning syujetida bosh personajlarni Marvelning Temir odam, Kapitan Amerika, Thor, Hulk, Qora beva va Lochin koʻzlar yoritib bergan. Syujetda yovuz personajni qudratli Thorning oʻgay ukasi xudo Loki yoritib bergan. U butun dunyoni boʻysintirmiqchi edi. Ammo ularga qarshi Qasoskorlar jamoasi kurashadi.

Qasoskorlar
The Avengers
Rejissyor(lar) Joss Whedon
Prodyuser(lar) Kevin Feige
Ssenariynavis(lar) Film:
Joss Whedon
Sujet:
Joss Whedon
Zak Penn
Xarakter:
Stan Lee
Jack Kirby
Rollarda
Bastakor(lar) Alan Silvestri
Kinematografiya Sheymas Makgarvi
Muharrir(lar) Jeffrey Ford
Lisa Lassek
Studiya(lar) Marvel Studios
Distribyutor Walt Disney Studios
Motion Pictures
Chiqarilgan sanasi 11-aprel, 2012
(El Kapitan Teatr)
4-may, 2012
(AQSh)
Davomiyligi 143 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $220 million
Daromadi $ 1,518,212,988
Keyingi film Qasoskorlar: Ultron davri

Filmni rejissor va ssenariychi Zak Penn suratga olmoqchi boʻladi va ssenariy yozadi. Marvel Studios kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan bu film daromadi $1,6 milliard dollar miqdorida mablagʻ toʻplashga muvofiq boʻldi va eng kassabop filmlar roʻyxatida alohida oʻrin egalladi. AQShda 2012-yili Golivudning mashhur teatrlaridan biri El Kapitan teatrida film premyerasi boʻlib oʻtdi. Film 2D, 3D hamda IMAX 3D formatlarda suratga olingan. Film syomkasi 2011-yilda suratga olina boshlagan. Syomka Ogayo shtati, Nyu Meksika va Nyu York shahrida boʻlib oʻtdi. Film sikvellari 2015-yildagi Qasoskorlar: Altron erasi, 2018-yildagi Qasoskorlar: Abadiyat jangi filmlaridir.

Mazmuni Tahrirlash

Asgardlik Loki Chitauri deb nomlanuvchi Yerdan tashqaridagi irqning yetakchisi Other bilan toʻqnashadi. Other Lokini nomaʼlum potentsialning kuchli energiya manbai boʻlgan Tesseractni olish evaziga Loki armiyasini Yerni boʻysundirishi mumkinligi haqida vaʼda qilmoqda. S.H.I.E.L.D. nomli josuslik agentligi direktori Nick Fury va uning leytenanti agent Maria Hill evakuatsiya jarayonida uzoqdagi tadqiqot obyektiga kelishadi, u yerda esa fizik Dr. Erik Selvig Tesseractda tajriba oʻtkazish tadqiqot guruhiga rahbarlik qilmoqda. Agent Phil Coulson, obyekt gʻayrioddiy energiya shaklini tarqata boshlaganini payqab qoladi. Tesseract toʻsatdan faollashadi va boshqa dunyodan Yerga yoʻl ochuvchi portalni ochadi, bu esa Lokining Yerga kelishiga imkon beradi. Loki Tesseractni olib, qochib ketishiga yordam berish uchun Selvig va boshqa bir nechta agentlarni, jumladan Clint Bartonni qul qilish uchun qoʻlidagi hassasini ishlatadi.

Hujumga javoban Fury „Qasoskorlar tashabbusini“ jonlantiradi. Tessaractning gamma nurlanishini kuzatib borish uchun Dr. Bruce Bannerni yollash maqsadida agent Natasha Romanoff Kolkataga yuboriladi. Coulson Tony Starkning Stark Tower nomli binosiga Selvigning tadqiqoti bilan tanishish uchun tashrif buyuradi. Fury esa Steve Rogersga Tesseractni olish topshirigʻi bilan murojaat qiladi.

Stutgartda Barton Tesseractning kuchini barqarorlashtirish uchun zarur boʻlgan iridiumni oʻgʻirlaydi, bu paytda esa Lokining taslim boʻlishi bilan tugaydigan Loki va Rogers, Stark va Romanoffʼlar oʻrtasida qisqa toʻqnashuv boʻlib oʻtadi. Loki samolyotda S.H.I.E.L.D. ga olib ketilayotgan paytda, uning oʻgay akasi Thor, uni oʻz rejasidan voz kechishga va Asgardga qaytishiga umid qilib, Lokini ozod qiladi. Stark va Rogers bilan toʻqnashuvdan soʻng, Thor, Lokini S.H.I.E.L.D. ning Helicarrier samolyotida olish ketishga rozi boʻladi. Keyinchalik Qasoskorlar Tesseractni qoʻlga kiritishadi, Loki esa qamoqqa olinadi.

Qasoskorlar Lokiga qanday murojaat qilishni, S.H.I.E.L.D. esa Tesseractni dushman ekstraditsiyalarga qarshi qurol sifatida ishlab chiqish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu paytda toʻsatdan Barton va Lokining boshqa agentlari Helicarrierga hujum qilishadi, bu uning dvigatellaridan birini oʻchirib, Bannerni Hulkga aylantinishiga majbur qiladi. Stark va Rogers shikastlangan dvigatelni qayta ishga tushirish uchun harakat qilishadi. Boshqa tomondan, Thor Hulkning gʻazabini toʻxtatishga harakat qilmoqda. Romanoff istamagan holda Barton bilan jang qiladi va Bartonning ongini buzib, Lokining taʼsiridan chiqaradi va hushidan ketkazadi. Paytdan foydalanib qolgan Loki Coulsonni oʻldirgandan va Thorni samolyotdan tashlab yuborgandan soʻng qochib ketadi, Hulk esa S.H.I.E.L.D. ga hujum qilganidan soʻng Yerga yiqilib tushadi. Bu paytda Fury Coulsonning oʻlimidan foydalanib, Qasoskorlarni jamoada ishlashga undaydi. Stark va Rojers Loki uchun shunchaki uning jamoasini magʻlub etishning oʻzi yetarli emasligini tushunishadi; oʻzini Yerning hukmdori sifatida tasvirlayotgan Loki va uning qoʻshinini ommaviy ravishda yoʻq qilish kerak edi. Loki Tesseractdan, Selvig qurilmasi yordamida Stark Tower tepasida Chitauri flotining Yerga bostirib kirishiga imkon yaratib berish uchun foydalanadi.

Rogers, Stark, Romanoff, Barton va Thor New York shahrini himoya qilish uchun Chitauri qoʻshini hisoblanmish wormholeʼlar toʻplangan joyga borishadi. Banner Hulkka aylanadi va Qasoskorlar birgalikda tinch odamlarni evakuatsiya qilish bilan birgalikda Chitauri bilan jang qilishadi. Hulk Lokini topadi va uni magʻlub etadi. Romanoff wormhole chiqaradigan generatorga yoʻl oladi, u yerda Lokining ongini boshqarishdan ozod boʻlgan Selvig Lokining hassasidan generatorni oʻchirish uchun foydalanish mumkinligini aytadi. Endilikda Qasoskorlar Furyning Jahon Xavfsizlik Kengashi rahbarlari qaroriga binoan Midtown Manhattanga yuborilayotgan yadroviy raketani toʻxtatish uchun urinmoqdalar. Stark raketa yoʻlini toʻsib qoʻyadi va uni Chitauri flotiga olib boruvchi portalga olib boradi. Raketa portlab, Chitauri oʻchogʻini yoʻq qiladi va Chitaurining Yerdagi kuchlarini ishdan chiqaradi. Starkning kostyumi kuchini yoʻqotadi va Romanoff uni portalni yopib qoʻyganida, u orqaga qaytadi. Stark Yer tomon katta tezlikda tushadi, lekin Hulk uni yerga qattiq zarb bilan qulab tushishdan saqlaydi. Keyinchalik, Thor Loki va Tesseractni Asgardga qaytaradi, Fury esa Qasoskorlar kerak boʻlganida qaytib kelishiga ishonch bildirmoqda.

Oʻrta kreditlar sahnasida, Other ustozi Thanos bilan muvaffaqiyatsiz hujum haqida gaplashadi.

Rollarda Tahrirlash

 
Qasoskorlar filmi aktyorlari San Diego Comic-Conda
Aktyor Rol
Robert Dauni-kenja Tony Stark / Temir odam Tony Stark / Temir odam
Chris Evans Steve Rogers / Kapitan Amerika Steve Rogers / Kapitan Amerika
Mark Ruffalo Dr. Bruce Banner / Halk Dr. Bruce Banner / Halk
Chris Hemsworth Thor Thor
Scarlett Johansson Natasha Romanoff / Qora beva Natasha Romanoff / Qora beva
Jeremy Renner Clint Barton / Lochinkoʻz Clint Barton / Lochinkoʻz
Tom Hiddleston Loki Loki
Samuel L.Jackson Nick Fury Nick Fury
Clark Gregg Fila Kolson Fila Kolson
Stellan Skarsgård Erik Selvig Erik Selvig
Cobie Smulders Mari Hill Mari Hill
Gwyneth Paltrow Potts xonim Potts xonim

Sikvellari Tahrirlash

Qasoskorlar: Ultron davri Tahrirlash

Qasoskorlar: Ultron davri filmi premyerasi Los Angelesda 13-aprel 2015-yilda boʻlib oʻtdi hamda Amerika Qoʻshma Shtatlarida 1-may 2015-yilda va Oʻzbekistonda 23-aprel 2015-yilda chiqarildi va ommaga IMAX va 3D formatlarida namoyish qilindi. Film budjeti $365 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $1.4 milliarddan oshiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va ayni paytda 2015-yilning toʻrtinchi eng kassabop filmi, dunyo miqyosida esa elliginchi eng kassabop film boʻldi.

Qasoskorlar: Abadiyat jangi Tahrirlash

Qasoskorlar: Abadiyat jangi filmi premyerasi Dolby teatrida 23-may 2018-yilda, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Oʻzbekistonda esa 27-aprel 2018-yilda boʻlib oʻtdi. Ommaga IMAX va 3D formatlarida namoyish etildi. Kartina budjeti $316–400 millionni tashkil etib, eng koʻp xarajatli filmlar roʻyxatida uchinchi oʻrinda turadi. Film 12 kunda $1 milliarddan oshiq miqdorda mablagʻ topdi hamda qisqa fursat ichida $1 milliardni topgan filmlar roʻyxatida birinchi oʻrinda turibdi. Kartina umumjahon boʻylab $2 milliarddan oshiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va 2018-yilning eng yuqori daromadli filmi, dunyo miqyosida esa toʻrtinchi eng yuqori daromadli film hisoblanadi.[1]

Qasoskorlar: Intiho Tahrirlash

Qasoskorlar: Intiho filmi premyerasi Los Angelesda 22-aprel 2019-yilda, Amerika Qoʻshma Shtatlarida 26-aprel 2019-yilda va Oʻzbekistonda 29-aprel 2019-yilda boʻlib oʻtdi va ommaga IMAX va 3D formatlarida namoyish qilindi. Film mablagʻi $356 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $2.797 milliarddan oshiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va ayni paytda 2019-yilning eng yuqori daromadli filmi, dunyo miqyosida esa eng yuqori daromadli film boʻldi.[2]

Videooʻyin Tahrirlash

Kompyuter oʻyini Wii U, Xbox 360 Kinect, Microsoft Windows, PlayStation 3 va THQ kabi kompyuter dasturlariga toʻgʻri keladi. Bu videooʻyinni Blue Tongue Entertainment namoyish etadi. Bu videooʻyin Marvel Avengers: Battle for Earth oʻzbekchasiga Marvel Qasoskorlari: Yer uchun jang maydoni Wii U va Xbox 360 Kinect lar uchun moʻljallangandir.

Undan soʻng Marvel Pinball, Zen Pinball 2, Pinball FX 2 oʻyinlari ham ommaga havola qilindi. Bu oʻyin esa PlayStation 3, PlayStation Vita va Xbox 360 kabi kompyuter dasturlariga moʻljallangan.

Manbalar Tahrirlash

Havolalar Tahrirlash