Qaychiqoʻl Edvard
Qaychiqoʻl Edvard (inglizcha Edward Scissorhands – Tim Burton rejissorlik qilgan 1990-yilgi Amerika gotik romantik fantaziya filmi[4]. Film Burton va Caroline Thompson hikoyasiga asosan yozilgan va Denise Di Novi va Tim Burton tomondan ishlab chiqarilgan. Bosh rollarni Johnny Depp, Winona Ryder, Dianne Wiest, Anthony Michael Hall, Kathy Baker, Vincent Price va Alan Arkin ijro etgan. Film qoʻllari oʻrnida qaychilar mavjud boʻlgan, shahar yaqinida yashovchi oila tomonidan asrab olingan va oilaning oʻsmir qiziga oshiq boʻlgan tugallanmagan sunʼiy inson haqida hikoya qiladi.
Qaychiqoʻl Edvard | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Tim Burton |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Caroline Thompson |
Hikoya | |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Danny Elfman |
Kinematografiya | Stefan Czapsky |
Muharrir(lar) |
|
Distribyutor | 20th Century Fox |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 105 daqiqa[1] |
Mamlakat | United States |
Til | ingliz tili |
Byudjeti | $20 million[2] |
Daromadi | $86 million[3] |
Burton Qaychiqoʻl Edvardni Kaliforniya shtatining Burbank shahrida kechgan bolalik davrida yaratgan. Beetlejuicening dastlabki ishlab chiqarilishi paytida Caroline Thompson Burton hikoyasini sahnalashtirish uchun ishga olingan va film Warner Bros. tomondan rad etilgach, 20th Century Fox kompaniyasida ishlab chiqarish boshlangan. Qaychiqoʻl Edvardning suratga olinishi Burtonning Batmen filmining tanqidiy va moliyaviy muvaffaqiyatidan keyin tezlashtirildi. Film, shuningdek, Burton va kino kompozitor Danny Elfman oʻrtasidagi toʻrtinchi hamkorligi va Vincent Pricening hayotligi davomida chiqarilgan soʻnggi kino roli edi.
Qaychiqoʻl Edvard tanqidchilar tomonidan ijobiy qabul qilingan va moliyaviy muvaffaqiyatga erishgan. Oʻzining 20 million dollarlik byudjetidan toʻrt baravar koʻproq daromad qilgan. Film British Academy film Award for Best Production Design va Hugo Award for Best Dramatic Presentation va Academy Awards, British Academy Film Awards, Saturn Awards da koʻplab nominatsiyalarni qoʻlga kiritgan. Burton ham, Elfman ham Qaychiqoʻl Edvardni oʻzlarining eng shaxsiy va sevimli asarlari deb hisoblaydilar.
Syujeti
tahrirQor yogʻayotgan bir kechada keksa ayol nabirasiga uxlashdan oldin qoʻllari oʻrnida qaychilar boʻlgan Edvard ismli yosh yigit haqida hikoya aytib beradi.
Koʻp yillar oldin, Avonlik mahalliy savdogar Peg Boggs Edvard yashaydigan buzgʻunchilikka toʻlgan gotik uy atrofida savdo qilmoqchi boʻladi. Keksa ixtirochi tomondan yaratilgan Edvard – bu qarimaydigan inson. Ixtirochi Edvardni uyda oʻqitgan, ammo unga qoʻl oʻrnatishdan oldin, uni bitirmagan holda yurak xurujidan vafot etgan. Peg Edvardni yolgʻiz holda topgach, uni oʻz uyiga olib ketishni taklif qiladi. Peg Edvardni eri Bill, kichkina oʻgʻli Kevin va oʻsmir qizi Kim bilan tanishtiradi. Edvard Kimning dastlab undan qoʻrqqaniga qaramay, unga oshiq boʻladi. Qoʻshnilari yangi mehmon bilan qiziqqach, Boggslar uni tanishtirish uchun barbekyu oʻtkazishadi. Koʻpgina qoʻshnilar Edvarddan hayratda qoladilar va u bilan doʻstlashadilar, faqatgina gʻalati diniy fanatik Esmeralda va Kimning kibrli yigiti Jim bundan mustasno.
Edvard qoʻshnilarning mehribonligiga ularning butalariga shakl berish, itlarini parvarishlash va keyinchalik qoʻshni ayollarning sochlariga turmak berish orqali javob qaytaradi. Qoʻshnilardan biri – Joys Edvardga oʻzini taʼminlashi uchun goʻzallik saloni ochishga yordam berishni taklif qiladi. Salon uchun joy koʻrishga borishganda, Joys Edvardga tegajogʻlik qiladi va uni qoʻrqitib yuboradi. Joys Edvardning xulq-atvori haqida qoʻshni ayollarga yolgʻon gapirib, qoʻshnilarning Edvardga boʻlgan ishonchini kamaytiradi. Rasman inson boʻlmagani uchun bank unga kredit berishni rad etgach, Edvardning salon ochish orzusi yakson boʻladi.
Kimning Edvardga boʻlgan eʼtiboridan gʻazablangan Jim uning soddaligidan foydalanadi. Otasining elektron mahsulotlarini oʻgʻirlab, ularni sotib, furgon sotib olish uchun ota-onasining uyining qulfini ochishga Edvardni koʻndiradi. Edvard rozi boʻladi, lekin u qulfga qoʻl tegazishi bilan signalizatsiya ishga tushadi. Jim qochib ketadi va Edvard hibsga olinadi. Politsiya esa Edvardni butun umr yolgʻiz yashagani, hech qanday oqilona xulq-atvor va axloqiy meʼyorlarga ega boʻlmagani sababli jinoiy javobgarlikka tortib boʻlmaydi deb hisoblaydi. Ammo, Edvard oʻgʻrilik uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. Kimga bu ishni qilishga Kim soʻragani uchun rozi boʻlganini aytadi. Natijada Boggs oilasidan boshqa hamma u bilan aloqani uzadi.
Rojdestvo kunida Edvard Kimning namunasida bir farishta shaklidagi muz haykal yasaydi. Muz parchalari havoga sochiladi va qor yogʻayotgandek koʻrinadi, bunday holat shaharda ilgari hech qachon sodir boʻlmagan edi. Kim yogʻayotgan qor ostida raqsga tushadi. Jim toʻsatdan paydo boʻlib, Edvardni chaqiradi. Edvard choʻchib ketadi va Kimning qoʻlini toʻsatdan kesib yuboradi. Jim Edvardni Kimga qasddan zarar yetkazganlikda ayblaydi. Jimning Edvardga nisbatan nooʻrin rashkidan charchagan Kim Jim bilan ajrashadi. Bu vaqtda Edvard gʻazab ichida asarlarini yoʻq qilib va Esmeraldani qoʻrqitib qochib ketadi.
Kimning ota-onasi Edvardni qidirishga ketishadi. Kim esa Edvard uyga qaytib kelishi mumkinligi uchun uyda qoladi. Edvard uyga qaytgach, Kimni uchratadi. Kim Edvarddan yoniga kelishini soʻraydi, ammo unga zarar berishdan qoʻrqqan Edvard rozi boʻlmaydi. Jimning mast doʻsti uni Kimning uyiga olib keladi va deyarli Kevinni bosib ketadi. Edvard Kevinni chetga itarishga ulguradi, ammo uni tasodifan kesib yuboradi. Voqeani koʻrganlar Edvardni Kevinga hujum qilishda ayblashadi. Jim unga tashlanganda Edvard oʻzini himoya qiladi va Jimning qoʻliga jarohat yetkazadi, keyin ixtirochining uyiga qochib ketadi.
Kim Edvardni qidirish uchun ketadi. Jim qoʻliga qurolini olib, uning orqasidan ergashadi. Jim Edvardga oʻq uzgach, uni doʻpposlaydi. Kim aralashishga harakat qilgani uchun Jim unga qoʻl koʻtarganini koʻrmaguncha Edvard Jimga qarshilik koʻrsatmayotgan edi. Edvard gʻazablanib, Jimning qorniga zarba beradi va uni uyning derazasidan itarib yuboradi. Kim Edvardga oʻz sevgisini izhor qilib, uni oʻpadi. Ular hech qachon birga boʻla olishmasligini tan olishadi. Qoʻshnilar toʻplangach, Kim ularni Jim va Edvard bir-birini oʻldirishganligiga ishontiradi.
Kim boʻlib chiqqan keksa ayol nevarasiga hikoyani aytib tugatadi. Edvard uni yosh koʻrinishida eslab qolishi uchun u bilan boshqa hech qachon koʻrishmaganini aytadi. U Edvardning hamon tirikligiga ishonadi, chunki usiz qor yogʻmayotgan boʻlardi. Keyin Edvard Kim bilan oʻtgan lahzalarining muz haykallarini yasayotgani, muz parchalari shamolda qor kabi uchib borayotganini koʻrish mumkin.
Yana qarang
tahrirAktyorlar roʻyxati
tahrir- Johnny Depp Qaychiqoʻl Edvard rolida
- Winona Ryder Kim Boggs rolida
- Dianne Wiest Peg Boggs rolida
- Anthony Michael Hall Jim rolida
- Kathy Baker Joys Monro rolida
- Vincent Price Ixtirochi rolida
- Alan Arkin Bill Boggs rolida
- Robert Oliveri Kevin Boggs rolida
- Conchata Ferrell Helen rolida
- Susan Blommaert Tinka rolida
- Caroline Aaron Marge rolida
- Dick Anthony Williams Ofitser Allen rolida
- O-Lan Jones Esmeralda rolida}}
Adabiyotlar
tahrir- Hanke, Ken. Tim Burton: An Unauthorized Biography of the Filmmaker. Renaissance Books, 1999. ISBN 978-1580630467. [sayt ishlamaydi]
- Burton, Tim. Burton on Burton, Revised Salisbury: , Faber and Faber, 2000. ISBN 978-0571205073.
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Edward Scissorhands“. British Board of Film Classification (1991-yil 14-dekabr). 2020-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ „Edward Scissorhands (1990)“. TheWrap (1990-yil 7-dekabr). 2017-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-iyul.
- ↑ „Edward Scissorhands“. Box Office Mojo. 2009-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 7-dekabr.
- ↑ „Morgie Sissor Gunz (1990) - Tim Burton | Synopsis, Characteristics, Moods, Themes and Related“ (en-us). AllMovie. 2020-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-fevral.
- ↑ Hohenadel, Kristin. „Run With Scissors? And Then Some“. The New York Times (2005-yil 22-noyabr). Gurewitsch, Matthew. „Admire the Footwork, but Mind the Hands“. The New York Times (2007-yil 11-mart).