Qoʻbiz
Qoʻbiz (qil qoʻbiz, qobuz) – torli-tirnama cholgʻu asbobi
Qoʻbiz | |
Turi |
Torli |
---|---|
Registri | |
Kichik oktavadagi do notasidan — ikkinchi oktavadagi re notasigacha | |
Oʻxshash asboblar | |
Qoʻmuz, qoʻbiz, rubob |
Tarixi
tahrirOʻrta asr (Mahmud Qoshgʻariy, Navoiy, Bobur, Darvishali Changiy va boshqalar) manbalarida qoʻbiz turkiy xalqlarning eng sevimli torli-tirnama musiqa cholgʻusi sifatida taʼriflangan. Bu shakldagi qoʻbiz (hozirgi doʻmbiraga yaqin) qirgʻizlarda qoʻmuz, xakaslarda xomis nomi bilan saqlangan. Oʻzbek, qozoq, qoraqalpoqlarda qoʻbiz – torli-kamonli cholgʻu sifatida mashhur.
Tuzilishi
tahrirUmumiy uzunligi 700 mm atrofida. Oʻyma kosasi (rezonatori) va yoysimon bukilgan yoʻgʻon dastasi bir butun yogʻochdan yasaladi. Kosasining uzunchoq pastki qismi teri bilan qoplanadi. Otning chiyratilmagan qilidan yasalgan 2 tori kvarta (baʼzan kvinta)ga sozlanadi. Yoysimon kamon (600-700 mm atrofida) qillari barmoqlar yordamida taranglashtiriladi. Rivoyatlarga koʻra, ilk qoʻbizni afsonaviy Qoʻrqit (oʻgʻuz baxshilarining piri) yasagan. Qoraqalpoq (XVIII asrga qadar qozoq) jirovlarida, shuningdek, baxshi-shomonlarda qoʻbiz asosiy cholgʻu hisoblangan. Mayin, nolalarga boy tovushga ega qoʻbiz Oʻzbekistonda 1930-yillargacha Buxoroda maqom ansambllari tarkibida boʻlgan. 1940–1950-yillarda qoʻbizning rekonstruksiya qilingan (prima, alt, bas va boshqalar) turlari xalq cholgʻulari orkestri tarkibiga kiritilgan;
2) turkman, tatar, boshqirdlarda temir changqoʻbiz nomi.
Turlari
tahrirAlt qoʻbiz
tahrirTorli kamonli qozoq xalq cholgʻusining kattaroq hajmda qayta ishlangan turi. Alt qoʻbizda uchta tor kvinta oraligʻida kichik oktavadagi do, sol va birinchi oktavadagi re notasiga sozlanadi. Diapazoni kichik oktavadagi do notasidan, ikkinchi oktavadagi re notasigacha boʻlib, notalar alt kalitida yoziladi[1][2].
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.
Havolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |