Qoratepasoy — Samarqand viloyati Urgut tumanidagi soy. Uzunligi 39 km, suv toʻplash havzasi (irmoqlari Teraksoy va Sevazsoy bilan) 24,6 km². Qoratepa qishlogʻi yaqinida Omonqoʻtonsoyga Qoʻzichisoy qoʻshilib Q.ni hosil qiladi. Dargʻom kanaliga quyiladi. Qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Vodiy kengligi 700 m, bir-biridan ajralib turgan uch allyuvial terrasaga ega. Selga qarshi kurashish maqsadida Qoratepa qishlogʻidan 2 km quyida Qoratepa suv ombori qurilgan.

Qoratepasoy
Tavsif
Uzunligi 39
Davlat Oʻzbekiston