Bosh menuni ochish

Qori Yoʻldosh Poʻlatovich Poʻlatov [1890, Buxoro amirligi (hozirgi Lebap viloyati) dagi Karki shahri — 1965.1.4, Toshkent] — davlat va jamoat arbo-bi. Buxorodagi jadidchilik harakatining namoyandasi. Mir Arab madrasasida tahsil olgan. P. Yosh buxoroliklar firqasining Karki shoʻʼbasi boshligʻi (1912 yildan); Samarqand viloyati xalqtaʼlimi mudiri (1919— 20); BXSR maorif noziri (1920— 22), ichki ishlar noziri (1922), moliya noziri va iqtisodiy kengash (ekoso) raisi (1922—23). Oʻzbekiston SSR Moliya xalq komissari (1925— 29), ayni paytda SSSR Davlat banki Oʻrta Osiyo boʻlimi boshqaruvchisi muovini (1929—32). Oʻzbekiston SSR Yer ishlari xalq komissarligida, Andijon va Xorazm okruglarida, turli lavozimlarda ishlagan (1929— 37). P. 1909 yildan boshlab Buxoro amirligi Karki bekligidagi jadidchilik harakatida faol qatnashgan. Yangi usul maktablari ochgan va muallimlik qilgan. Aholi oʻrtasida jadid matbuotini tarqatgan, oʻzbek tilida teatr spektakllari qoʻyilishini tashkil qilib, undan tushgan mablagʻ hisobidan qiroatxona va ku-tubxona ochgan. Buxoro respublikasida maorif tizimini tashkil qilish, Germaniya va Turkiyaga 40 nafar yoshlarni oʻqishga yuborishda Fitrapg bilan birgalikda katta ishlarni amalga oshirgan.

1937 yil 11 iyulda P. sovet rejimi tomonidan qamoqqa olingan. 10 yillik qamoq jazosini oʻtagach, 1949 yil martda qayta qamoqqa olingan. I. V. Stalin vafotidan soʻng , u 1956 yildaozod etilgan. 1957 yil 1 iyulda oklangan.

AdabiyotTahrirlash

  • Ayniy S. Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926; Xoʻjayev F., Buxoro inqilobiningtarixiga materiallar, T., 1997.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil