Qozogʻiston - Oʻzbekiston futbol uchrashuvi (2007-yil)
Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi futbol uchrashuvi 2007-yilning mart oyida Chimkentda boʻlib oʻtgan Alma TV kubogining soʻnggi oʻyini hisoblanadi. 11-mart kuni Chimkentdagi Hojimuqon Munaitpasov nomidagi stadionda oʻtkazilgan oʻyin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan. Ammo turnir guruh bosqichi shaklida tashkil etilgani uchun bu natija qozogʻistonliklar uchun foydali boʻldi va ular turnir gʻolibiga aylanishgan.
Uchrashuv oldidan
tahrirQozoq va oʻzbek futboli oʻrtasida azaldan murosasiz raqobat mavjud. SSSR chempionatlarida Olmaotaning „Qayrat“ va Toshkentning „Paxtakor“ jamoalari oʻzaro toʻqnash kelganida, stadion har doim toʻla boʻlgan. Ikki klub oʻrtasidagi uchrashuv „Markaziy Osiyo derbisi“ga aylanib, nafaqat qozogʻistonlik va oʻzbekistonlik futbol ishqibozlari, balki butun Ittifoq futbol muxlislari tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilgan.
Keyinroq ittifoq tarqalib, „Qayrat“ va „Paxtakor“ oʻrtasidagi oʻyinlar toʻxtadi. Biroq ikki davlat terma jamoalari oʻrtasida har bir musobaqa oʻzaro raqobat saqlanib qolgan. Ammo Qozogʻiston 2002-yilda UEFAga aʼzo boʻlgan va Oʻzbekiston OFKda qolgan. Ikki davlat terma jamoaning yoʻllari ajralgan. 2002-yilgacha jamoalar oʻzaro bor-yoʻgʻi besh marta oʻynagan. Bu oʻyinlarda kutilgan raqobatli muhit sodir boʻlmadi, chunki 90-yillarda har ikki davlatda ham futbol targʻiboti deyarli yoʻq edi. Ommaviy axborot vositalarini doimiy kuzatib boradigan muxlislardan tashqari qolgan jamoatchilik oʻsha uchrashuvlar tarixidan mutlaqo bexabar boʻlar edi.
Beshta oʻyindan ikkitasi durang bilan yakunlangan (1992-yilgi oʻrtoqlik oʻyini va 1997-yilgi JCH-1998 saralash bahsi Olmaotada). Qozogʻiston bir oʻyinda gʻalaba qozongan (1992-yil Olmaotadagi oʻrtoqlik uchrashuvida 1:0). 1994-yili Toshkentda oʻtkazilgan har ikki oʻyinda ham Oʻzbekiston 1:0 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa, 1998-yilgi JCh saralash bosqichining Toshkentdagi oʻyini oʻzbekistonliklarning 4:0 hisobidagi yirik gʻalabasi bilan yakunlangan. Oʻshandan beri bu ikki jamoa toʻqnash kelishmagan.
2007-yilning mart oyida Chimkentda Alma TV kubogi tashkil etilgan va unga Ozarbayjon, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston terma jamoalari taklif etilgan. Turnir guruh bosqichi shaklida oʻtkazilgan. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ustozi Rauf Inileyev musobaqaga nafaqat Kiyevning „Dinamo“ jamoasida toʻp surayotgan Maksim Shatskixni, balki boshqa barcha kuchli futbolchilarni ham olib kelgan. Qozogʻiston terma jamoasi bosh murabbiyi Arno Paypers 24-mart kuni Serbiyaga qarshi Yevro-2008 saralash oʻyiniga tayyorgarlik sifatida barcha futbolchilarni turnirga olib borgan.
Birinchi turda Ozarbayjonga kutilmaganda magʻlub boʻlgan Oʻzbekiston ikkinchi oʻyinda Qirgʻiziston terma jamoasini 6:0 hisobida magʻlub etgan. Qozogʻiston esa dastlabki ikki turda gʻalaba qozongan. Shu tariqa, soʻnggi tur oldidan Oʻzbekiston hisobida 3, Qozogʻistonda esa 6 ochko bor edi. Musobaqada gʻalaba qozonish uchun Qozogʻistonga durang ham kifoya qilgan boʻlsa, Oʻzbekistonga faqat gʻalaba kerak edi.
Oxirgi tur oldidan turnir jadvali
Joy | Jamoa | Oʻ | Gʻ | D | M | G | ± | N |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Qozogʻiston | 2 | 2 | 0 | 0 | 3 - 0 | +3 | 6 |
2 | Ozarbayjon | 2 | 1 | 0 | 1 | 1 - 1 | +1 | 3 |
3 | Oʻzbekiston | 2 | 1 | 0 | 1 | 6 - 1 | +5 | 3 |
4 | Qirgʻiziston | 2 | 0 | 0 | 3 | 0 - 8 | −8 | 0 |
Oʻyin
tahrirUchrashuvning borishi
tahrirOʻzbekistonliklar oʻyinni past tempda boshlashgan. Oʻyin ritmini topa olmayotgan Oʻzbekiston terma jamoasiga qozogʻistonliklar gol urishga muvaffaq boʻlishgan.
Gol qozogʻistonlikni ruhlantirish oʻrniga, aksincha boʻlgan. Mehmonlar oʻyinning qolgan qismida yetakchilik qilishgan. Bir-ikkita xavfli hujumlar natija bermadi, faqat 34-daqiqada Leonid Koshelev chap qanotdan toʻpni jari maydonchasiga uzatgan. Qozogʻistonlik darvozabon David Loriya toʻpga yetib borguncha Aleksandr Geynrix boshi bilan uni boʻsh darvozaga yoʻlladi – 1:1.
Ikkinchi boʻlimni oʻzbekistonliklar ustunlik bilan boshlashdi. Bitta hujumda Server Jeparov darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib borgan. Faqat Loriyaning mahorati goldan saqlab qoldi. Boʻlim oʻrtalarida Arno Paypers bir nechta oʻzgarishlarni amalga oshirdi va oʻyin tenglashgan.
Oʻyin soʻnggiga kelib oʻzbekistonliklar hujumni kuchaytirgan. Ikki-uchta xavfli hujum besamar yakunlangan.
Qirgʻizistonlik hakam Mashentsev oʻyin soʻngi daqiqalarda qozogʻistonlik futbolchilar foydasiga shubhali qarorlar chiqargan. 86-daqiqada Vladimir Shishelov toʻp bilan darvozabon oldiga yolgʻiz qolgan, Loriya uning oyogʻi ostidagi toʻpga zarba berdi, lekin toʻpni nazorat qila olmadi va Shishelov yiqilib tushgan. Hakamning hushtak chalmagan. Hakamdan penalti kutayotgan oʻzbekistonliklarning sabri toʻlib, murabbiylar va zaxira oʻyinchilarining jahli chiqqan. Ikki jamoa oʻrtasida mushtlashuv boʻlmagan, biroq qozogʻistonlik futbolchilar oʻzbekistonliklarni tinchlanishga chaqira boshlagan. Oʻyin toʻxtatilgan. Tortishuvlardan soʻng hakam Anvar Soliyevni maydondan chetlatgan.
Protokol
tahrir11-mart, 2007-yil 17:00 OʻzV |
Qozogʻiston | 1 – 1 | Oʻzbekiston | Qojimuqan Munaitpasov, Chimkent Tomoshabinlar: 5,000 Hakam: Mashentsev (Qirgʻiziston) |
---|---|---|---|---|
Hisobot |
|
|
Uchrashuvdan keyin
tahrirUchrashuvdan keyingi turnir jadvali
Joy | Jamoa | Oʻ | Gʻ | D | M | G | ± | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Qozogʻiston | 3 | 2 | 1 | 0 | 4-1 | +3 | 7 |
2 | Ozarbayjon | 3 | 2 | 0 | 1 | 2-1 | +1 | 6 |
3 | Oʻzbekiston | 3 | 1 | 1 | 1 | 7-2 | +5 | 4 |
4 | Qirgʻiziston | 3 | 0 | 0 | 3 | 0-9 | −9 | 0 |
O – oʻyinlar, Gʻ – gʻalaba, D – durang, M – magʻlubiyat, Gollar – urilgan va oʻtkazib yuborilgan gollar, ± – toʻplar farqi, O – ochkolar
Uchrashuvdan soʻng oʻzbekistonliklar ustozi Rauf Inileev quyidagi fikrlarni bildirdi.
Qozogʻiston OFKdan kelgan hakamlarning adolatsizligidan norozi boʻlmoqda. Lekin bugungi oʻyinda hakamning yordamiga tayanganingiz qiziq boʻldi. Qozogʻistonlik futbolchilarga nisbatan ranjimadim, ammo hakamlarning biryoqlama oʻyinga yondashishi achinarli. Bizning foydamizga kamida ikkita penalti belgilanishi kerak edi. Hakam yordamida emas, oʻz kuchingiz bilan gʻalaba qozonganingiz siz uchun yaxshi.
– Rauf Inileyev O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi
Musobaqani tashkil etgan Qozogʻiston futbol federatsiyasiga va boshqa tashkilotlarga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Toʻgʻri, kamchiliklar boʻlishi mumkin, ammo turnir yashaydi. Futbolchilarimizning maydondagi xatti-harakatlari uchun uzr soʻraymiz!
– Alisher Nikimbayev (Oʻzbekiston terma jamoasi menejeri)
Alisher Nikimbaev musobaqa haqida iliq fikr bildirganiga qaramay, Alma. TV turniri boshqa tashkil etilmadi. Shuningdek, oʻsha turnirdan keyin Oʻzbekiston va Qozogʻiston terma jamoalari 15 yil davomida boshqa oʻzaro oʻyinda toʻnash kelishmadi.
Oʻzbekiston futbol federatsiyasi Chimkentdagi oʻyin natijalarini tahlil qilib, Anvar Soliyevni uch oy davomida terma jamoa oʻyinlarida ishtirok etmaslik bilan jazolagan. Maydonga yugurib chiqib, hakamga ogʻir soʻzlarni aytgan darvozabonlar ustozi Anvar Rashidov ham jazosiz qolmadi. U jamoadan bir muddat chetlatilgan. Terma jamoalar rahbari Alisher Nikimbayev va bosh murabbiy Rauf Inileyevga qattiq tanbeh berilgan.