Qozogʻiston xalqlari — respublikaning barcha millatlari qozoq xalqi bilan umumiy birlashib, Qozogʻistonning yagona millatini tashkil etadilar va bu xalq Qozogʻiston Respublikasida mustaqillikning yagona egasi hisoblanadi. Qozogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari asosida togʻridan-togʻri, shuningdek, oʻzi tomonidan saylangan davlat hokimiyati organlar orqali amalga oshiradi[1]. Qozogʻistonda tubjoy qozoqlar, 130 dan ortiq millat va guruh (elat) vakillari yashaydi. 2013-yil statistik maʻlumotlariga koʻra, qozoqlar soni 11 058 ming kishini, yaʻni mamlakat aholisining 65,2% ini tashkil qiladi. Mamlakatda rus millati vakillari — 21,8%, o‘zbeklar 3%, ukrainlar 1,8%, uyg‘urlar 1,4%. Nisbatan koreyslar va dunganlar ham kam emas.

Qozoqlar

tahrir

Qozoqlar Yevropa va Janubiy Sibir mongoloid irqlari oʻrtasida oʻtish joyini egallaydi. Qozoqlarning ajdodlari hozirgi Qozogʻiston hududida miloddan avvalgi 1-asrda yashagan. 15-asr oʻrtalarida ular alohida etnik guruh boʻlib rivojlanib, 16-asr oʻrtalarida esa yagona xonlik (davlat) tuzdilar. Qozoqlar Yevropa-Osiyo yarimoroli koʻchmanchi madaniy sivilizatsiyasining birinchi merosxoʻrlaridir. 1917 yil inqilobiga qadar qozoqlar soni 6,2 millionga yetdi. U turkiy tili xalqlarining eng kattasi edi. Qozoqlar soni boʻyicha dunyo xalqlari orasida 70-oʻrinni egallaydi. Lingvistik jihatdan ular Oltoy tillari oilasining turkiy guruhiga kiradi va diniy eʻtiqodi jihatidan islomning sunniy tarmogʻiga kiradi.

Qozoqlar respublikaning barcha viloyatlarida yashaydi, lekin ularning ulushi ayniqsa Gʻarbiy va Janubiy Qozogʻiston viloyatlarida ustunlik qiladi. Qozoq xalqi azal-azaldan yaylov chorvachiligidagi mahorati, yaylov o‘simliklari tarkibini mukammal bilishi bilan ajralib turadi. Hozirda qozoqlar xalq xo‘jaligi, fan va texnika, madaniyatning barcha jabhalarida faol mehnat qilib, yetakchilik qilmoqda.

Ruslar

tahrir

Ruslar asosan shimoliy rayonlarda (Shimoliy Qozogʻiston, Akmola, Qoʻstanay, Pavlodar viloyatining shimolida) yashaydi.

Ukrainlar

tahrir

Ukrainaliklar ham ruslar bilan birga joylashgan, lekin ularning ulushi Qoʻstanay va Aqtoʻbe viloyatlarida koʻproq.

Belaruslar

tahrir

Belarusiyaliklarning aksariyati Shimoliy Qozogʻistonda yashaydi. Ruslar, Ukrainlar va Belaruslar Qozoqlar kabi xalq xo‘jaligining barcha sohalarida mehnat qiladi.

Oʻzbeklar

tahrir

Oʻzbeklar janubda Oʻzbekistonga tutash sugʻoriladigan dehqonchilik hududlarida toʻplangan.

Nemislar

tahrir

Nemislar respublikaning shimoli, janubida va Qaragʻanda viloyatida koʻp. Ular asosan dehqonchilik, sut chorvachiligi bilan shugʻullanadi.

Tatarlar

tahrir

Tatarlar Qozogʻiston shimolidagi eski shaharlarda, ayniqsa Petropavlovsk, Semey va Uralda joylashdilar. Ularning soni shaharlarda koʻp, ular asosan maishiy xizmat va savdo sohasida ishlaydi.

Koreyslar

tahrir

Koreyslarning katta qismi respublika janubida, ayniqsa Qoratol daryosi va Sirdaryoning quyi oqimi yaqinida istiqomat qiladi, ular birinchi marta sholi yetishtirishni yoʻlga qoʻygan.

Uygʻurlar, Dunganlar

tahrir

Uygʻurlar — Olmaota viloyatida, Dunginlar — Jambul viloyatida . Ular sugʻorma dehqonchilik, ayniqsa, bogʻdorchilik bilan shugʻullanadi[2].

Manbalar

tahrir
  1. Orissha-qazaqsha zaңdiq tүsіndіrme sөzdіk-aniqtamaliq. — Almati: „Jetі jargʻi“ baspasi, 2008 jil. ISBN 9965-11-274-6
  2. Beysenova Ә.S., Qirabaev Ә.S. Qazaqstanniң geografiyaliq atlasi.- Almati: „Atamұra“, 2013.- 104 bet. ISBN 978-601-282-832-0