Rameshbabu Praggnanandhaa
Rameshbabu Praggnanandhaa (2005-yil 10-avgustda tugʻilgan) – hindistonlik shaxmat grossmeysteri, shaxmat vunderkindi. U 10 yoshida xalqaro shaxmat ustasiga aylangan. 2022-yil 22-fevralda, 16 yoshida u Airthings Masters Rapid Chess turnirida[1] Carlsenni magʻlub etib, oʻsha paytdagi jahon chempioni Magnus Carlsenni magʻlub etgan eng yosh oʻyinchi boʻldi. Gukesh Dommaraju tomonidan 2022-yil 16-oktyabrda qayta oʻrnatilgan[2][3].
Rameshbabu Praggananandhaa | |
---|---|
Mamlakat | Hindiston |
Tavalludi | Chennay, Hindiston | 10-avgust 2005-yil
Unvon | grossmeyster (2018) |
FIDEdagi reytingi | 2727 (2023-yil sentyabr) |
Eng yuqori reytingi | 2727 (2023-yil sentyabr) |
Oʻrni | 19 (2023-yil sentyabr) |
Eng yuqori oʻrni | 19 (2023-yil sentyabr) |
Shaxmatdagi faoliyati
tahrirPraggnanandhaa 2013-yilda shaxmat boʻyicha 8 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Unga FIDE ustasi unvonini berdi. Praggnanandhaa 2015-yilda 10 yoshgacha boʻlganlar orasida ham sovrindorlar qatoridan joy oldi[4].
2016-yilda Praggnanandhaa 10 yosh 10 oy va 19 kunligida tarixdagi eng yosh xalqaro shaxmat ustasiga aylandi[5][6]. U 2017-yil noyabr oyida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 8 ochko bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Shunda ilk grossmeysterlik normasini bajardi[7]. U 2018-yil 17-aprelda Gretsiyada boʻlib oʻtgan Heraklion Fischer Memorial GM turnirida ikkinchi normani ham bajardi[8]. 2018-yil 23-iyun kuni Italiyaning Urtijei shahrida boʻlib oʻtgan Gredine Open turnirida ishtirok etdi. Turnirning sakkizinchi raundida Luca Moroni ustidan gʻalaba qozonib, 12 yosh 10 oy va 13 kunligida oʻsha paytdagi ikkinchi eng yosh grossmesteriga aylandi. Eng yosh grossmeysterlik unvoniga Sergey Karjakin 12 yoshu 7 oyligida erishgan[9]. U hozirda Abhimanyu Mishra[10], Sergey Karjakin, Gukesh va Javoxir Sindarovdan keyin grossmeyster (GM) unvoniga erishgan eng yosh beshinchi shaxmatchiga aylanib turibdi (2023-yil avgust holatiga koʻra)[11].
2018-yilda Praggnanandhaa Ispaniyadagi Magistral de León Masters musobaqasiga Wesley Soga qarshi toʻrt oʻyindan iborat tezkor oʻyinga taklif qilindi. U birinchi oʻyinda Soni magʻlub etdi. Lekin uchta oʻyindan soʻng hisob 1½–1½ ga tenglashdi. Soʻnggi oʻyinda So Praggnanandhani magʻlub etib, 2½–1½ hisobida gʻalaba qozondi[12].
2018-yil yanvar oyida Charlotte Chess Center Winter 2018 turnirida Praggnanandhaa GM Alder Escobar Forero va IM Denys Shmelovlarga qarshi bahslarga kirishadi. Shimoliy Karolina shtatining Sharlotta shahrida boʻlib oʻtgan ushbu uchrashuvlarda Praggnanandhaa 5,0/9 ball bilan uchinchi oʻrinni egalladi[13].
2019-yil iyul oyida Praggnanandhaa Daniyada boʻlib oʻtgan Xtracon Chess Open turnirida 8½/10 ball (+7–0=3) toʻplagan holda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi[14]. 2019-yil 12-oktabr kuni 18 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Jahon chempionatida 9/11 ball toʻplab birinchi oʻrinni egalladi[15]. 2019-yil dekabr oyida u 2600 reytingini qoʻlga kiritgan ikkinchi eng yosh shaxmatchiga aylandi[16]. U bu natijani 14 yosh 3 oy va 24 kunligida qayd etgan.
2021-yil aprel oyida Praggnanandhaa Julius Baer Group va Chess24.com tomonidan yosh isteʼdodlar uchun tashkil etilgan tezkor onlayn turnir – Julius Baer Challengers Chess Tourning gʻolibiga aylandi. U 15,5/19 ball toʻplagan holda eng yaqin raqobatchilardan 1,5 ochko koʻp natijani qayd etdi. Bu gʻalaba unga 2021-yil 24-aprelda navbatdagi Meltwater Champions Chess Tour turniriga yoʻllanma olishiga yordam berdi. U yerda 7/15 (+4-5=6) natija bilan 10-oʻrinni egalladi. Teimour Radjabov, Jan-Krzysztof Duda, Sergey Karyakin va Yoxan-Sebastian Christiansen, shuningdek, jahon chempioni Magnus Karlsenga qarshi natijani qayd etdi[17].
Pragnanandhaa shaxmat boʻyicha 2021-yilgi Jahon kubogiga reytingiga koʻra 90-raqam sifatida qoʻshildi. U 2-raundda GM Gabriel Sargissianni 2:0 hisobida magʻlub etdi. 3-raundda tezkor tay-breykda GM Michal Krasenkowni magʻlub etib, 4-raundga yoʻl oldi. Pragnanandhaa toʻrtinchi raundda Maxime Vachier-Lagrave tomonidan magʻlub etildi.
Praggnanandhaa Tata Steel Chess Tournament 2022ning Masters guruhida oʻyin olib bordi. Andrey Esipenko, Vidit Gujrathi va Nils Grandeliusga qarshi oʻyinlarda gʻalaba qozondi va yakunda 5½ ball bilan 12-oʻrinni egalladi.
2022-yil 20-fevralda u Champions Chess Tour 2022 onlayn Airthings Masters tezkor turnirida istalgan vaqt formatida Jahon chempioni Magnus Carlsenga qarshi oʻyinda 15+10 hisobida gʻalaba qozongan uchinchi hindistonlik shaxmatchiga aylandi (Anand va Xarikrishnadan keyin)[18][19].
2022-yil may oyida Chessable Masters onlayn tezkor shaxmat turnirida Carlsenni yana bir bor magʻlubiyatga uchratib, 3 oy ichida u ustidan ikkinchi marta gʻalaba qozonib, finalga yoʻl oldi[20][21][22].
Praggnanandhaa FTX Crypto Cup 2022 musobaqasida Carlsenni 3 marta magʻlubiyatga, yakuniy reytingda Karlsendan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi[23].
2023-yil yanvar oyida Praggnanandhaa Tata Steel Chess Masters 2023 musobaqasida oʻynadi. U 2800 reytingdan yuqori grossmeyster Ding Lirenni magʻlubiyatga uchratdi[24]. Umumiy natijada 6/13 ball bilan turnirni 9-oʻrinda yakunladi[25].
Shaxmat boʻyicha 2023-yilgi Jahon kubogida 18 yoshli Praggnanandhaa shaxmat boʻyicha Jahon kubogi finaliga chiqqan dunyodagi eng yosh shaxmatchiga aylandi. Praggnanandhaa[26] turnir yarim finalida Fabiano Caruanani tay-brekda magʻlub etdi. Shuningdek, shaxmat boʻyicha Jahon kubogi tarixida Viswanathan Ananddan keyin finalga chiqqan ikkinchi hindistonlik boʻldi. Finalda shaxmat boʻyicha sobiq klassik jahon chempioni Magnus Carlsenga qarshi oʻyinda[27] tezkor tay-breklarda magʻlubiyatga uchradi. Shu tariqa ikkinchi oʻrinni va 2024-yilgi Candidates turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Shaxsiy hayoti
tahrirPraggnanandhaa 2005-yil 10-avgustda Tamil Nadu shtatining Chennay shahrida tugʻilgan[28]. Uning otasi Rameshbabu TNSC Bankda menejer boʻlib ishlaydi[29]. Onasi Nagalakshmi uy bekasi boʻlib, tez-tez milliy va xalqaro musobaqalarda oʻgʻliga hamroh boʻladi[30][31][32]. Uning opasi Vaishali ayol grossmeyster va xalqaro sport ustasi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Ramesh Babu Pragyanandha : চৌষট্টি খোপের বিষ্ময় বালক, দাবার প্রেমে পাগল প্রজ্ঞানান্ধা“. The Bengali Chronicle (2022-yil 25-mart). 2022-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
- ↑ Doggers (PeterDoggers). „Duda New Leader At Aimchess Rapid; Gukesh Youngest Player To Beat Carlsen“ (en-US). Chess.com. 2022-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Aimchess Rapid: Gukesh youngest-ever to beat Carlsen, Duda leads“ (en). Chess News (2022-yil 16-oktyabr). 2022-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ „I'm Praggnanandhaa, world's youngest ever chess International Master“. The Indian Express (2016-yil 1-iyun). 2022-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-iyul.
- ↑ Priyadarshan Banjan. „Praggnanandhaa – youngest chess IM in history!“. ChessBase (2016-yil 29-may). 2019-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
- ↑ Barden, Leonard. „Rameshbabu Praggnanandhaa chases world grandmaster age record at 11“. The Guardian (2016-yil 21-oktyabr). 2017-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-noyabr.
- ↑ „2017 World Juniors: Praggnanandhaa gains maiden GM norm“. All India Chess Federation (2017-yil 24-noyabr). 2022-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-dekabr.
- ↑ „Praggnanandhaa bags his second GM norm“. The Times of India. 2022-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-aprel.
- ↑ „Praggnanandhaa becomes India's youngest Grandmaster“. ESPN. 2022-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-iyun.
- ↑ „GM Abhimanyu Mishra is the Youngest GM in History!“. USCF Online (2021-yil 30-iyun). 2022-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-iyun.
- ↑ „Chennai's Praggnanandhaa becomes 2nd youngest GM“. The Times of India. 2018-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyun.
- ↑ „Praggnanandhaa gives a major scare to Wesley So at the Leon Masters 2018“. ChessBase India (2018-yil 8-iyul). 2019-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-dekabr.
- ↑ „CCCSA GM/IM Norm Invitational – May 2022 GM/IM Norm Invitational Chess Tournament“. 2021-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
- ↑ „Danish feather in cap for dominant Praggnanandhaa“. The New Indian Express. 2022-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-dekabr.
- ↑ „14-year-old R Praggnanandhaa crowned U-18 champion, India win 7 medals at World Youth Chess Championship“. The Indian Express (2019-yil 12-oktyabr). 2022-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-dekabr.
- ↑ „Praggnanandhaa becomes the youngest Indian to cross 2600 Elo ever, second youngest in the world“. ChessBase India (2019-yil 5-dekabr). 2022-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-may.
- ↑ „New in Chess Classic: Carlsen wins preliminaries“ (en). Chess News (2021-yil 27-aprel). 2021-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
- ↑ „Praggnanandhaa upstages Carlsen in Airthings Masters chess“ (en). Hindustan Times (2022-yil 21-fevral). 2022-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-fevral.
- ↑ „Chess: Indian GM Praggnanandhaa defeats world champion Magnus Carlsen at Airthings Masters“. amp.scroll.in (2022-yil 21-fevral). 2022-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.
- ↑ „India's R Praggnanandhaa stuns World Champion Magnus Carlsen for second time in year“. ANI (2022-yil 21-may). 2022-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-may.
- ↑ „R Praggnanandhaa, 16, Sails Into Semifinals Of Chessable Masters | Chess News“ (en). NDTVSports.com. 2022-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-may.
- ↑ Rakesh Rao. „Chessable Masters: Praggnanandhaa shocks Anish Giri, meets Ding Liren in final“. The Hindu (2022-yil 25-may). 2022-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
- ↑ „FTX Crypto Cup: Games and standings“ (en). Chess News (2022-yil 21-avgust). 2022-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
- ↑ „Both Carlsen and Ding defeated | Round 4“ (en-US). Tata Steel Chess Tournament 2023. 2023-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
- ↑ „Standings – Tata Steel Chess Tournament“ (en-US). Tata Steel Chess Tournament 2023. 2023-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
- ↑ „Chess World Cup 2023: India's Praggnanandhaa defeats Fabiano Caruana in tiebreaks, sets up final with Magnus Carlsen“ (en). Hindustan Times (2023-yil 21-avgust). 2023-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
- ↑ „Chess World Cup 2023 Semi-Final LIVE: Praggnanandhaa defeats Caruana to seal final against Magnus Carlsen“ (en). The Indian Express (2023-yil 19-avgust). 2023-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
- ↑ „Who is Praggnanandhaa, the 16-year-old who beat world champion at Airthings Masters chess?“. The Economic Times (2022-yil 22-fevral). 2022-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
- ↑ „Indian chess prodigy was shaped by sister's 'hobby'“ (en). Deccan Herald (2022-yil 22-fevral). 2022-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
- ↑ „FIDE World Cup | Chess great Kasparov congratulates Praggnanandhaa; lauds mother for ‘special kind of supportʼ“ (en-IN). The Hindu (2023-yil 22-avgust). 2023-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.
- ↑ „Sports culture flourishes in Chennai's schools“. The New Indian Express. 2022-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-may.
- ↑ „General life bio of chess genius R Praggnanandha“. Latest Discuss. 2023-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-avgust.
Havolalar
tahrir- Shaxsiy sahifasi 365chess.com saytida(ingl.)
- Partiya Chessgames.com saytida(ingl.)
- Praggnanandhaa Twitter sahifasi