Rauf Baratovich Baratov (10-oktabr 1921, Konibodom, Tojikiston - 15-yanvar 2013, Qozon, Rossiya) — tojik geologi, Tojikiston Fanlar akademiyasi akademik (1968). Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1974). Oʻrta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1945). 1948-yildan Tojikiston Fanlar akademiyasi Geologiya institutida ishlagan (1953-yildan institut direktori). Tojikiston Fanlar akademiyasi Fizikamat, va geol.kimyo fanlari boʻlimining akademik kotibi (1959—76), Tojikiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (1976—81). 1990-yillar oxirida Tojikiston Fanlar akademiyasi Prezidenti maslahatchisi. Hisor tizmasining magmatik komplekslari va u bilan bogʻliq rudalanishni tavsiflagan. Regional magmatik tuzilmalarning yoshi boʻyicha ketma-ket joylashganligi sxemasini ishlab chiqqan. Pomir va Hisor-Olay magmatik formatsiyalari petrologiyasi va geokimyosining asosiy xususiyatlarini, regiondagi endogen konlarining hudud boʻylab joylashish qonuniyatini aniqlagan va metallogenik zonalarni

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil