Rolando Fonseca Jiménez (talaffuzi: Rolando Fonseka Ximenez) (1974-yil 6-iyunida tugʻilgan) — Kosta-Rikalik sobiq professional futbolchi.

Rolando Fonseca
Fonseca "Alajuelense" klubida 2006-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rolando Fonseca Jiménez
Tavallud sanasi 6-iyun 1974-yil (1974-06-06) (49 yosh)
Tavallud joyi San José, Kosta Rika
Boʻyi 1.72 m
Ampluasi hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Saprissa
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989—1995 Saprissa 28 (33)
1996 Pachuca 27 (9)
1996 Independiente Medellín 12 (7)
1997 América de Cali 22 (0)
1997 Alajuelense 11 (2)
1998—2000 Comunicaciones 40 (44)
2000—2001 Saprissa 34 (18)
2001—2002 La Piedad 12 (5)
2002—2007 Alajuelense 117 (61)
2003Comunicaciones (ijara) 23 (10)
Milliy terma jamoa
1992—2011

Kosta Rika milliy futbol

terma jamoasi
113 (47)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Rolando Fonseca El Principito (Kichik shahzoda) va El Rolo[1] laqablari bilan tanilgan. Rolando Fonseca hujumchi sifatida oʻynagan[2].

Rolando Fonseca Kosta Rika milliy futbol terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi[3].

Klublardagi faoliyati tahrir

Rolando Fonseca Gvatemaladagi "Comunicaciones", "Independiente Medellín" va Kolumbiyadagi "América de Cali", Meksikaning "Pachuca" va "La Piedad" , "Saprissa", "Alajuelense" va "Municipal Liberia" futbol klublari safida oʻynagan.

Rolando Fonseca Kosta-Rikadagi liganing eng yaxshi ikki jamoasi "Saprissa" va "Alajuelense" futbol klublarida jami 271 oʻyin oʻtkazib, 100 dan ortiq gol urgan. Rolando Fonsecaning „Deportivo Saprissa“ futbol klubi safidagi ilk oʻyini 1991-yil 1-iyun kuni "ASODELI" futbol klubiga qarshi uchrashuvda boʻlib oʻtgan[4]. Shuningdek, Rolando Fonseca 1993—1994, 1994—1995 „Saprissa“ futbol klubi va 1996—1997, 2001—2002, 2002—2003 va 2004—2005-yillarda „Alajuelense“ futbol klubi safida Kosta-Rika chempionligini qoʻlga kiritgan. Kosta-Rikadan tashqari Rolando Fonseca 1998, 1999, 2000, 2002, 2008 va 2010-yillarda "Comunicaciones" va 1997-yilda "América de Cali" futbol klublari bilan liga chempionligini qoʻlga kiritgan.

„Alajuelense“ futbol klubi va Kosta Rika milliy futbol terma jamoasi bilan yaxshi oʻyin koʻrsatganidan soʻng, Rolando Fonseca 2007-yilda Xitoy, Chili, Turkiya davlatlaridagi ligalardan takliflar oldi. Ammo, yakunda Rolando Fonseca „Munitcipal Liberia“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[5].

„Munitcipal Liberia“ futbol klubini tark etganidan soʻng, Fonseca „Comunicaciones“ futbol klubi safiga qaytib keldi. Rolando Fonseca 2011-yil yanvar oyida oʻzining futbolchilik faoliyatini yakunladi. Biroq oradan bir yil-u yetti oy oʻtib, 2012-yil 19-avgustda „ Asociación Deportiva Carmelita“ futbol klubi safiga qoʻshilish orqali professional futbolga qaytdi[6]. „Carmelita“ futbol klubi bilan uchta oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, Rolando Fonseca 2012-yil sentyabr oyida klubni tark etdi[7].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati tahrir

Rolando Fonseca 1992-yildan beri Kosta Rika milliy futbol terma jamoasida oʻynab kelmoqda. U 100 dan ortiq xalqaro oʻyinlarda jamoa safida maydonga tushgan. Rolando Fonseca xalqaro oʻyinlarda 47 gol urishga muvaffaq boʻlgan. Bu natija bilan u mamlakatning terma jamoadagi eng yaxshi toʻpurariga aylangan[3].

Xalqaro oʻyinlardagi gollar tahrir

Raqam Sana Joy Raqib Natija Musobaqa
1 1993-yil 9-mart Gonduras   Panama 2-0 1993-yilgi UNCAF kubogi
2 1993-yil 31-mart Medellín, Kolumbiya   Kolumbiya 1-3 Oʻrtoqlik uchrashuvi
3 1993-yil 23-iyun San José, Kosta Rika   Panama 3-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
4 1995-yil 1-dekabr San Salvador, El Salvador   Beliz 2-1 1995-yilgi UNCAF kubogi
5 1995-yil 7-dekabr San Salvador, El Salvador   Honduras 1-1 1995-yilgi UNCAF kubogi
6 1995-yil 10-dekabr San Salvador, El Salvador   El Salvador 1-2 1995-yilgi UNCAF kubogi
7 1997-yil 23-aprel Guatemala City, Guatemala   Honduras 4-0 1997-yilgi UNCAF kubogi
8
9
10 1997-yil 27-aprel Guatemala City, Guatemala   Gvatemala 1-1 1997-yilgi UNCAF kubogi
11 1999-yil 24-fevral San José, Kosta Rika   Yamayka 9-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
12
13 1999-yil 17-mart San José, Kosta Rika   Beliz 7-0 1999-yilgi UNCAF kubogi
14
15 1999-yil 24-mart San José, Kosta Rika   Gvatemala 1-0 1999-yilgi UNCAF kubogi
16 1999-yil 26-mart San José, Kosta Rika   Honduras 1-2 1999-yilgi UNCAF kubogi
17 1999-yil 28-mart San José, Kosta Rika   El Salvador 4-0 1999-yilgi UNCAF kubogi
18 1999-yil 18-avgust Montevideo, Urugvay   Urugvay 4-5 Oʻrtoqlik uchrashuvi
19 2000-yil 1-iyul San José, Kosta Rika   Panama 5-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
20
21
22 2000-yil 23-iyul San José, Kosta Rika   AQSh 2-1 2002-yilgi Jahon kubogi saralash oʻyinlari
23 2000-yil 3-sentyabr San José, Kosta Rika   Barbados 3-0 2002-yilgi Jahon kubogi saralash oʻyinlari
24 2000-yil 15-noyabr Mazatenango, Guatemala   Gvatemala 1-2 2002-yilgi Jahon kubogi saralash oʻyinlari
25 2001-yil 6-yanvar Miami, AQSH   Gvatemala 5-2 2002-yilgi Jahon kubogi saralash oʻyinlari
26
27 2001-yil 23-fevral San José, Kosta Rika   Honduras 2-2 2002-yilgi Jahon kubogi saralash oʻyinlari
28 2001-yil 19-aprel Alajuela, Kosta Rika   Venesuela 2-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
29 2001-yil 23-may San Pedro Sula, Gonduras   Beliz 4-0 2001-yilgi UNCAF kubogi
30
31
32 2001-yil 16-iyun Mexiko DF, Mexiko   Meksika 2-1 2002-yilgi Jahon kubogi saralash oʻyinlari
33 2001-yil 1-iyul Tegucigalpa, Gonduras   Honduras 3-2 2002-yilgi Jahon kubogi saralash oʻyinlari
34 2001-yil 19-iyul Medellín, Kolumbiya   Boliviya 4-0 2001 Copa Amérika
35 2001-yil 5-sentyabr San José, Kosta Rika   AQSh 2-0 2002-yilgi Jahon kubogi saralash oʻyinlari
36
37 2002-yil 17-yanvar Miami, AQSH   Martinika 2-0 2002-yilgi CONCACAF oltin kubogi
38 2002-yil 19-yanvar Miami, AQSH   Trinidad va Tobago 1-1 2002-yilgi CONCACAF oltin kubogi
39 2003-yil 8-iyun San José, Kosta Rika   Chili 1-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
40 2003-yil 26-iyul Miami, AQSH   AQSh 2-3 2003-yilgi CONCACAF oltin kubogi
41
42 2004-yil 9-oktyabr San José, Kosta Rika   Gvatemala 5-0 2006-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari
43 2007-yil 4-fevral Alajuela, Kosta Rika   Trinidad va Tobago 4-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
44 2007-yil 9-fevral San Salvador, El Salvador   Honduras 3-1 2007-yilgi UNCAF kubogi
45
46 2007-yil 16-fevral San Salvador, El Salvador   El Salvador 2-0 2007-yilgi UNCAF kubogi
47 2007-yil 28-mart Talca, Chili   Chili 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Calvo, Rodrigo. „Rolo llegó a los 20 títulos y superó los 360 goles“. La Nación, 7 January 2009. Retrieved on 26 May 2013.
  2. World Soccer. „Rolando Fonseca World Cup Profile“. CNNSI.com, 12 March 2002. Retrieved on 26 May 2013.
  3. 3,0 3,1 Passo Alpuin, Luis Fernando. „Rolando Fonseca Jiménez — Century of International Appearances“. RSSSF, 6 April 2011. Retrieved on 26 May 2013.
  4. Calvo, Rodrigo. „El Buzón de Rodrigo“. La Nación, 16 April 2001. Retrieved on 26 May 2001.
  5. Rivera, Arnoldo. „Rolando Fonseca confirma su incorporación a Liberia“. La Nación, 26 June 2007. Retrieved on 26 May 2013.
  6. Aguilar Arroyo, Yensy. „Rolando Fonseca entrenará mañana con Carmelita“. Al Día, 19 August 2012. Retrieved on 26 May 2013.
  7. Umaña, Johan. „Carmelita evalúa dar de baja a Rolando Fonseca“ (Wayback Machine saytida 2012-09-27 sanasida arxivlangan). La Nación", 24 September 2012. Retrieved on 26 May 2013.