Husenov Samoyiddin Kosimovich (1946-yil, Buxoro) – davlat arbobi, Buxoro viloyati hokimi (1996—2011-yil dekabr)[1].

Samoyiddin Kosimovich Husenov
 Buxoro viloyati hokimi
 
Mansab davri
1996 – 2011
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Mavlon Rahmonov
Vorisi Muhiddin Esonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1946-yil
Buxoro

Biografiyasi

tahrir

Samoyiddin Husenov Toshkent politexnika institutining Buxoro fillialini (hozirda Buxoro muhandislar texnologiya instituti) tamomlagan. 1963-yilda Buxoro ipak-oʻrash kombinatining mutaxassisi boʻldi. 1971-yilda u partiya organlarida ishlay boshladi[2]. 1986-yildan Buxoro viloyat ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, rejalashtirish komissiyasi raisi boʻlib ishlagan. 1992-yilda Buxoro viloyati hokimining oʻrinbosari, iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasi boshligʻi boʻldi[3].1994-yilda u Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari boʻlgan. 1996-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning buyrugʻi bilan u Buxoro viloyati hokimi etib tayinlandi[4]. 2011-yilda Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan Buxoro viloyat deputatlar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Samoyiddin Husenov Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan[5]. OAV maʼlumotlariga koʻra Samoyiddin Husenov korrupsiya va urugʻ-aymoqchilikka bogʻliq ayblovlar bilan lavozimidan olingan[6][5].

1997-yilda Oliy Majlisning 2-chaqiriq deputati boʻldi. 1999-yilda 2-chaqiriq Oliy Majlisning deputati etib tayinlandi. 2005-yilda u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi etib saylandi[7]. 2017-yilda Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash „Nuroniy“ jamgʻarmasining Buxoro viloyati kengashi raisi etib saylangan[8]. 2020-yildan esa Buxoro viloyat Nuroniylar kengashi raisi lavozimiga tasdiqlandi[8].

Oilasi

tahrir

2011-yil dekabr oyida Samoyiddin Huseynovning oʻgʻli Sharofiddin Huseynov va qarindoshlari korrupsion jinoyatlarda nohaq ayblanib, qamoqqa olingan[6]. 2012-yil 8-oktabrda sud hukmi eʼlon qilingan. Unga koʻra, Sharofiddin Huseynov 13 yilga, yana bir kichik oʻgʻli 10 yilga, jiyani Visoliddin Huseynov 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan[6]. Keyinchalik 2016-yilda barcha nohaq ayblanib qamalib chiqqan Husenovlar Oliy Sudning tegishli qarorlariga muvofiq oqlanishgan.

Mukofotlar

tahrir

Manbalar

tahrir