Sarhadobod
Sarhadobod (turkmancha: Serhetabat) (1999 yilgacha Kushka - turkmancha: Guşgy) - Turkmanistonning Mari viloyatidagi shahar (1967 yildan). Sarhadobod tumani markazi. Kushka daryosi vodiysida. Turkmaniston bilan Afgʻoniston savdo yoʻlidagi muhim aholi punkti. Sarhadobod — Mari — Hirot — KandaH°R xalqaro avtomobil traktida. Mari — Sarhadobod yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 11,6 ming kishi (1999). Sarhadobodda mahalliy, oziq-ovqat sanoatlari korxonalari, savdo, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, musiqa, umumiy taʼlim maktablari, kutubxona, klub, kasalxona bor.
35°16′33″N 62°20′30″E / 35.27583°N 62.34167°E | |
Mamlakat | Turkmaniston |
Asos solingan | 1890 |
Avvalgi nomlari | 1919-yilgacha — turkmancha: Guşgy |
Maydon | 3.98 km2 (1.54 kv mi) |
Aholisi (2016) |
15 000 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeks(lar)i | 745570 |
|
Sarhadobodning janubi-sharqida Turkmanistonning eng jan. chekkasi boʻlgan Qirqqiz (toj. Childuxtaron) mavzesi joylashgan. Shahar yaqinida pista oʻrmon xoʻjaligi va Bodxiz qoʻrikxonasi bor. Sarhadobod 1885-yilda rus mustamlakachilari tomonidan Kushka harbiy istehkomi sifatida bunyod etilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |