Sariagʻash
Sariagʻash — (qoz. Сарыағаш) Janubiy Qozog'iston viloyati hududida joylashgan shahar, Sariagʻash tumanining markazi. Viloyat markazi sanalmish Chimkent shahridan janubga tomon 110 km uzoqlikda joylashgan. Toshkent shahridan 15 km uzoqlikda. Aholisi 40,599 kishi (2012).
Sariag'ash qoz. Сарыағаш | |
---|---|
shahar | |
41°28′0″N 69°10′0″E / 41.46667°N 69.16667°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Janubiy Qozog'iston viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Sariag'ash tumani |
Qachondan beri shahar | 1945 |
Aholisi (2012) |
40 599 |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 72537[1] |
Pochta indeks(lar)i | 160900[2] |
Avtomobil kodi | X, 13 |
|
Tarixi
tahrirPoydevori 1870-yillari qurilgan. 1904 — 1905-yillarda Sariagʻash deb nomlandi. 1926-yildan Sirdaryo guberniyasining, Tashqozoq uezining, 1928—1939-yillari Keles tumanining, 1939-yildan buyon Sariagʻash tumanining markazi, 1968-yilda shahar mavqeini oldi.
Sanoati
tahrirSariagʻashda shifobaxsh mineral suv chiqaruvchi „Aleks“ MChB, „Asem-ay“ MChB, „Kurort — Bars −2030“ MChB faoliyat yuritadi.
Ijtimoiy soha
tahrirShaharda umumiy bilim beruvchi, musiqa, sport, kasbiy-texnik maktablari, Qabilanbek veterinariya kolledji, kutubxonalar, madaniyat uyi, klub, kinoteatr, tuman kasalxonasi, bolalar kasalxonasi, shifoxona, dispanserlar, feldsher-akusherlik punkt bor. Shahar orqali Orenburg — Toshkent temir yoʻllari, Chimkent — Shardara avtomobil yoʻllari oʻtadi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Janubiy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ Указ Президента Республики Казахстан от 24 апреля 1997 года № 3474 «О некоторых вопросах административно-территориального устройства Южно-Казахстанской области».