Oldinlari " Shetland Space Centre " nomi bilan tanilgan SaxaVord Kosmodromi, Shotlandiyaning asosiy hududidan tashqarida boʻlgan Shetlend orollarining shimoliy qismida joylashgan Unst orolidagi Lamba Ness yarim orolida joylashishi rejalashtirilgan.[1] Qurishi moʻljallangan kosmodrom RAF Saxa Vord radar stantsiyasi va Saxa Vord spirtli ichimliklar zavodiga tutash hududdagi Skaw aholi punkti yaqinida joylashgan.

Tarixi

tahrir

Lockheed Martin kompaniyasining UK Pathfinder sunʼiy yoʻldoshlar tashuvchi raketa majmuasi ushbu kosmodromdan uchishi rejalashtirilgan.[2][3][4] Ushbu dasturga " ABL Space Systems " raketalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyasining balandligi 27m boʻlgan hamda 1000 kg gacha boʻlgan yuklarni quyosh bilan sinxron orbitaga olib chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan „ RS1“ raketasi tavsiya etilgan.[5][6] " UK Pathfinder Launch " dasturi "Buyuk Britaniya kosmik agentligi "ning 23,5 million funt-sterlingi miqdoridagi granti bilan moliyalashtirilgan.[7][8]

Kosmodrom 2021-yil oxirigacha dvigatel va suborbital sinovlarni va 2023-yilgacha orbital uchirishlar amalga oshirishni maqsad qilgan Germaniyaning HyImpulse Technologies raketa ishlab chiqaruvchisi tomonidan ham foydalaniladi.[9]

2021-yilning oktabr oyida Skyrora kompaniyasi sunʼiy yoʻldoshlarni orbitaga olib chiqishni boshlash maqsadida ushbu kosmodrom bilan 2022-yildan boshlab keyingi oʻn yillik uchun shartnoma imzoladi.[10]

2021-yilda Farningham Planning kompaniyasi Shetlands orollari Kengashi ga yiliga 30 tagacha parvozlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish boʻyicha oʻz taklifini taqdim etgan. Ushbu reja oʻz ichiga Lamba Ness yarim orolida sunʼiy yoʻldosh kuzatuv stansiyasi va raketalar uchun angar kabi qoʻshimcha infratuzilmaga ega uchta raketa uchirish maydonchasini qoʻshish uchun boʻlgan. Taqdim etigan rejada, shuningdek, sobiq RAF Saxa Vord majmuasida masofadan turib boshqarish markazini qurish, hamda Baltasounddagi Ordeyl aeroportida yoqilgʻi saqlash omborlari va uchish maydonchasi atrofidagi yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha takliflar ham mavjud.[11][12]

2023-yilning yanvar oyida Germaniyaning " Rocket Factory Augsburg " kompaniyasi kosmodromning shimoliy uchish maydonchasi boʻlmish " Launch Pad Fredo "dan toʻliq foydalanish huquqini beruvchi koʻp yillik shartnomani imzoladi. Shartnomaga asosan 2023-yil oʻrtalarida " RFA One "ning asosiy bosqichini sinovdan oʻtkazgan holda, 2023-yil oxirigacha toʻliq parvozni amalga oshirish rejalashtirilgan.[13]

2023-yilning may oyida kosmodrom bosh direktori Frenk Strang Buyuk Britaniya parlamenti Fan va texnologiyalar qoʻmitasining yalpi majlisida yangi 137 million dollarlik moliyaviy paket ajratilishini eʼlon qildi.[14] Ammo moliyalashtirishning asosiy manbasi oshkor etilmagan.

2023-yil ning 28-iyul kuni Buyuk Britaniya Fuqaro Aviatsiyasi boshqarmasi (CAA) HyImpulse kompaniyasiga 2023-yilning 1-dekabridan, 2024-yilning 30-noyabrigacha SaxaVord kosmodromidan ilk marotaba SR75 raketasini uchirishga ruxsat berdi.[15] Buyuk Britaniya Fuqaro Aviatsiyasi boshqarmasi (CAA) 2023-yilning 17-dekabrida SaxaVord kosmodromiga yiliga 30 tagacha parvozlarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻldi va bu bilan „Gʻarbiy Yevropadagi birinchi toʻliq litsenziyalashtirilgan vertikal kosmodrom“ga aylandi.[16][17]

Manbalar

tahrir
  1. „Name change and rebrand for our rocket site“. Shetland Space Centre (2021-yil 30-iyun). 2021-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-oktyabr.
  2. „Transfer of Lockheed Martin UKVL Pathfinder Programme to Unst“. Shetland Space Centre (2020-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.
  3. „Shetland spaceport boosts UK's plans for launch“. gov.uk. Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.
  4. „Shetland space centre plans take step nearer launch“. BBC (2020-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 13-noyabr.
  5. David Todd. „ABL's RS1 gets the nod from Lockheed Martin to fly from Unst in Shetland Islands“. Seradata Space Intelligence (2021-yil 8-fevral). Qaraldi: 2021-yil 16-fevral.
  6. Foust, Jeff. „Lockheed Martin selects ABL Space Systems for UK launch“. SpaceNews (2021-yil 7-fevral). Qaraldi: 2021-yil 27-fevral.
  7. „Lift-off for Shetland spaceport“. gov.uk (2020-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-fevral.
  8. (2018-yil 16-iyul). „Lockheed Martin and Orbex to launch UK into new space age“. Press-reliz.
  9. „German rocket maker plans to launch from Unst“. Shetland Space Centre (2021-yil 2-fevral). Qaraldi: 2021-yil 16-fevral.
  10. „Rocket company agrees multi-launch deal from Shetland spaceport“. uk.news.yahoo.com (2021-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 12-oktyabr.
  11. „Shetland space launch plans submitted“. BBC News (2021-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 23-yanvar.
  12. „Prospect of major boost to Shetland economy as space launch site plans lodged“. Shetland Space Centre (2021-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 16-fevral.
  13. Kellner, Jonas „Rocket Factory Augsburg's first launch to take place from SaxaVord Spaceport“ (en-US). Rocket Factory Augsburg (2023-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 11-yanvar.
  14. de Selding, Peter „Saxavord Spaceport Secures 173 Million in Debt Financing“ (en-US). Space Intel Report (2023-yil 22-may).
  15. Parsonson, Andrew „HyImpulse to Debut SR75 Rocket No Earlier than December 1“. European Spaceflight (2023-yil 17-avgust). Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.
  16. „Shetland is first UK spaceport for vertical rocket launches“ (en-GB). BBC News (2023-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 18-dekabr.
  17. SaxaVord granted spaceport licence by UK Civil Aviation Authority UK Civil Aviation Authority, 2023-22-17.