Sayfullo Sharipov (1976 yil 9 aprel ; Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi va murabbiyi.

Sayfullo Sharipov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sayfullo Sharipov
Tavallud sanasi 9-aprel 1976-yil
Tavallud joyi Samarqand,
Oʻz SSR, USSR
Boʻyi 1,82 m
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997 MHSK 4 (1)
1997 Yangiyer 12 (1)
1998-1999 Yangiyer 4 (0)
2000 Guliston 27 (1)
2001 Zarafshon 32 (0)
2002 Mashʼal 18 (0)
2003-2004 Dinamo 11 (0)
2005 Metallurg 12 (0)
2005 Soʻgʻdiyona 8 (0)
2006 Dinamo 5 (0)
Boshqargan klublari
2012-2014 Sherdor
2016 Dinamo
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Futbolchi sifatida tahrir

Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bitiruvchisi. Sayfullo Sharipov professional faoliyatini 1997-yilda Toshkent MHSKda boshlagan. Sharipov oʻzining debyut mavsumida MHSK tarkibida Oʻzbekiston chempioni boʻldi. Oʻsha mavsumning ikkinchi yarmida ijara asosida Yangiyerga koʻchib oʻtdi va yarim mavsum davomida 12ta oʻyinda maydonga tushib, 1ta gol urdi. 1998-yil boshida „Yangiyer“ futbolchini toʻliq sotib oldi va Sharipov keyingi ikki mavsumni „Yangiyer“da oʻynadi. 2000-yilda Gulistonga koʻchib oʻtgan va bir mavsumda 27 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Keyingi yili u „Zarafshon“ Navoiy safida bir mavsum to‘p surdi va buning uchun 32ta o‘yinda maydonga tushdi. 2002-yilgi mavsumda u „Muborak Mash’al“ da oʻynagan.

2003-yili Samarqandning „Dinamo“siga qaytib, ikki mavsum ular safida oʻynadi. 2005-yilgi mavsumda yarim mavsumni Bekobodning „Metallurg“ va Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klublarida oʻtkazdi. 2006-yilda u oʻzining tugʻilgan Samarqandning „Dinamo“ jamoasida futbolchi sifatidagi professional faoliyatini yakunladi.

Murabbiy sifatida tahrir

2012-yilda Sayfullo Sharipov Samarqandning qayta tashkil etilgan „Sherdor“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi.[1] O‘sha yili uning rahbarligida jamoa ilk bor O‘zbekiston chempionati ikkinchi ligasida ishtirok etdi va o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallab, O‘zbekiston chempionati birinchi ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.[2] Birinchi ligaga chiqqanidan keyin Sayfullo Sharipov 2014-yilning oxirigacha „Sherdor“ni boshqarishda davom etdi. Keyin Samarqandning „Dinamo“ jamoasi murabbiylar shtabida ishladi.[3]

Yutuqlar tahrir

  • O‘zbekiston chempioni: 1997-yil

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir