Sherdor (futbol klubi)

Sherdor Futbol Klubi

"Sherdor" Samarqand futbol klubi — Samarqand shahridagi oʻzbek futbol klubi. Klub hozirda Oʻzbekiston Pro-Ligasida toʻp suradi.

“Sherdor” Samarqand
Toʻliq nomi «Sherdor» Samarqand futbol klubi
Laqabi Samarqand sherlari
Asos solingan 1990-yil
Stadion Nurafshon
Stadion hajmi 5
Murabbiyi Oʻzbekiston Jahongir Abdullayev
Vebsayt fcsherdor.uz
Musobaqasi Samarqand ligasi
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Nomlanishi tahrir

  • 1990 — „Sherdor“
  • 2012 — „Sherdor-Prestij“
  • 2013-yildan hozirga qadar — „Sherdor“

Tarixi tahrir

1990-yilda tashkil etilgandan soʻng SSSR chempionatining Ikkinchi quyi ligasida debyut qiladi va musobaqada soʻngi 20- oʻrindan joy olib turnirni tark etadi.

Oʻsha yili jamoani Aleksandr Masesov va Mixail Oganyan (yarim mavsum)lar boshqargan.[1] Klub rahbari Igor Oganesov boʻlgan.

SSSR chempionatining Ikkinchi quyi liga bahlarida qayd etgan natijasidan keyin klub tarqatib yuboriladi.

2012-yil boshida klub qayta tiklanadi va Oʻzbekiston chempionati Ikkinchi ligasida ishtirok etadi. Ikkinchi liga final bosqichida 4 uchrashuvda 10 ochko jamgʻarib, „B“ guruhida (5 ta jamoa oʻrtasida) 1-oʻrinni egallaydi. Shu tariqa „Sherdor“ 2013-yilgi Oʻzbekiston chempionati Birinchi ligasida toʻp surish huquqini qoʻlga kiritadi.

Klub birinchi ligadagi debyut mavsumida Gʻarbiy guruhdagi 12 ishtirokchi (22 uchrashuv, 11 gʻalaba, 2 durang, 9 magʻlubiyat va 35 ochko) oʻrtasida dastlabki bosqichda 4-oʻrinni egallaydi. „Sherdor“ jamoasi 16 ta jamoa (30 uchrashuv, 12 gʻalaba, 3 durang, 15 magʻlubiyat va 39 ochko) oʻrtasida 8-oʻrinni egallab final bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.

Oʻsha yili klub Oʻzbekiston kubogida ilk bor ishtirok etadi va birinchi bosqichdayoq Navoiyning „Zarafshonga“ klubiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etadi. 2014-yil Birinchi liga oʻyinlari 2-mavsum dastlabki bosqichida „Sherdor“ Gʻarbiy guruhidagi 12 ta klub orasida (22 uchrashuv, 8 gʻalaba, 6 durang, 8 magʻlubiyat va 30 ochko) 7-oʻrinni egallaydi.

Yakuniy bosqichda klub 16 jamoa orasida 15 (30 oʻyin, 8 gʻalaba, 5 durang, 17 magʻlubiyat va 29 ochko) oʻrinni egallashiga qaramay, keyingi mavsumda Birinchi liga safida ishtirok etish huquqini oʻzida saqlab qoladi (ushbu bosqichda soʻnggi oʻrinni egallagan jamoa Ikkinchi ligaga ishtirok etmaydi).

2014-yil Oʻzbekiston kubogi bahslarida ikkinchi marta ishtirok etayotgan „Sherdor“ 1-turda Gʻallaoralning "Gʻallakor" jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etib, keyingi bosqichda „Andijon“ jamoasi bilan toʻqnash keladi. Oʻyin taqdirini penaltilar seriyasi hal qilgan mazkur uchrashuvda „Sherdor“ 3:5 hisobda (oʻyinning asosiy va qoʻsHMcha vaqti 2:2 hisobida yakunlangan) imkoniyatni boy beradi. Shu tariqa klub chempionatdagi safarini 2-bosqichda yakunlaydi.

2015-yilgi mavsumda Birinchi liganing saralash bosqichida Gʻarbiy guruhdagi 10 ta jamoa orasida Samarqand klubi 9-oʻrinni egallab, Ikkinchi liga tarkibiga qaytishga majbur boʻladi. 2018-yildan buyon „Sherdor“ yana Oʻzbekiston Pro ligasi uchrashuvlarida ishtirok etib kelmoqda.

Sovrin tahrir

Samarqand chempionati tahrir

  • 1 chempion (2 karra): 2012, 2017

Samarqand kubogi tahrir

  • Samarqand kubogi sohibi (2 karra): 2012, 2016.

Yutuq natijalari tahrir

Mavsum Turnir Oʻrin Kubok
1990
SSSR Ikkinchi quyi ligasi
20
Ishtirok etmagan
1991-2011 Mavjud emas
2012
Ikkinchi liga
1 (B guruhida)
Ishtirok etmagan
2013
Birinchi liga
8
1/32 final
2014
Birinchi liga
15
1/16 final
2015
Birinchi liga
9 (Gʻarbiy guruh)
1/16 final
2016
Ikkinchi liga
4
Ishtirok etmagan
2017
Ikkinchi liga
2
Ishtirok etmagan
2018
B Pro-ligasi
2
1/8 final
2019
A Pro-ligasi
7
1/16 final

Stadion tahrir

Klub uy arenasi "Dinamo" stadioni boʻlib, 13800 tomoshabinga moʻljallangan. U 1962-yilda qurib foydalanishga topshirilgan. 2012-yilda qayta taʼmirdan chiqarilgan. 2012-yilga qadar stadion hajmi 16 000 oʻrinni tashkil etgan.

Ushbu stadion Samarqand shahri va Samarqand viloyatidagi eng katta stadion boʻlib, Oʻzbekistondagi muxlis eng koʻp tashrif buyuradigan va zamonaviy stadionlardan biri hisoblanadi.

„Sherdor“dan tashqari Samarqandning yana bir mashhur klubi „Dinamo“ ham oʻz uy uchrashuvlarini mazkur stadionda oʻtkazadi.

"Dinamo"stadioni • Hajmi — 13 800 kishi • Maydoni — 112×72 m. • Manzil — Ulugh Beg Mirza, Samarkand.

Brendlar va homiylar tahrir

Mavsum Forma ishlab chiqaruvchilar Hamkorlar Asosiy homiy
1990-2010  Adidas Mavjud emas
2010-2018  Nike  iSamarkand

 Vendo  King Academy

 Football textil
2019-h.v.  Football textil  iSamarkand

 King Academy  Arzone Store

Hozirgi tarkib tahrir

2019-yilgi maʼlumot boʻyicha

Ampluaitsiyasi Ismi Tugʻilgan yili
13 DR  Amirjon Narziqulov 2002
99 DR  Shahzod Raimov 1999
2 HM  Farzin Muhtorov 1999
4 HM  Asadbek Tolipov 2000
6 HM  Asiljon Orifov 1999
24 HM  Humoyun Tolibov 1999
29 HM  Oybek Joʻrayev 2001
44 HM  Rahmatillo Rahmatillayev 2000
96 HM  Shohjahon Qilichov 1996
12 YH   Jahongir Sa’dullayev 2001
19 YH   Islom Sharipov 1995
17 YH   Nurbek O’lmasov 1999
22 YH   Jasur Qurbonov 1996
28 YH   Asomiddin Mamatov 1997
66 YH   Sohib Maxmudov 2001
95 YH   Firdavs Abdusalimov 1995
7 HJ   Maradona Safarov 1994
10 HJ   Faxriddin Alimov 1997
25 HJ   Mirzo Ahmedov 1998
26 HJ   Farhodjon Safarov 1999
32 HJ   Murodjon Samsiddinov 2001
33 HJ   Elbek Hamdamov 2001
55 HJ   Valijon Gʻulomjonov 2001
23 HJ   Shahzod Safoyev 2000
80 HJ   Shahzodjon Ravupov 2000

Transfer 2019 tahrir

Kelgan tahrir

Amplua Futbolchi Oldingi jamoasi
1 DR  Ravshanbek Yagudin   Nurafshon
2 DR  Sherzodbek Abduraimov  Mash’al
3 HM   Shohjahon Qilichev   Mash’al
4 HM  Mirjalol Miryusupov   OKMK
5 HM  Asiljon Oripov  Soʻgʻdiyona
6 HM  Firdavs Abdusalimov   Dinamo Samarqand
7 YH  Islom Sharipov   Lokomotiv BFK
8 YH  Jasur Qurbonov   Lokomotiv BFK
9 YH  Farrux Shotursunov  Nurafshon
10 HJ  Shohjahon Abbosov   Zomin
11 HJ  Javohirbek Olmasov   Sherdor-2

Ketgan tahrir

Amplua Futbolchi Yangi klub
1 DR  Farhod Rahmatov   Dinamo Samarqand −2 *
2 DR  Shuhrat Murodov Faoliyatini yakunlagan ***
3 DR  Azimjon Fayzullayev   Sherdor-2
4 HM  Umar Navruzov   Zirabuloq **
5 HM  Boburjon Abdullayev Erkin agen ***
6 YH  Mirjalol Lokayev   Zirabuloq **
7 YH  Iskandar Xolmirzayev   Kiran
8 YH  Muhiddin Ergashev   Sherdor-2
9 HJ  Fahriddin Alimov   Zirabuloq **
10 HJ  Otabek Hamroqulov erkin agent ***

* ijaraga berilgan

** ijaraga olingan

*** erkin agent

Nomdor Futbolchilar tahrir

„Sherdor“ning koʻplab taniqli futbolchilari turli davrlarda toʻp surgan, shuningdek, mahalliy „Dinamo“ klubining ham Futbolchilari boʻlishgan. Quyida „Sherdor“ safida toʻp surgan eng mashhur futbolchilar bilan tanishing.[2]

Bosh murabbiylar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Тренеры ФК «Шердор»“. 22-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-fevral 2015-yil.
  2. „Игроки ФК «Шердор»“. 22-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-fevral 2015-yil.

Havolalar tahrir