Sergey Arslanov (murabbiy, 1986)

oʻzbekistonlik futbol murabbiyi

Sergey Sergeyeyevich Arslanov (ruscha: Арсланов, Сергей Сергеевич; 6-noyabr, 1986-yil, Boxtar) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va Termizning „Surxon“ klubi bosh murabbiyi[1].

Sergey Arslonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sergey Sergeyevich Arslonov
Tavallud sanasi 6-noyabr 1986-yil (1986-11-06) (37 yosh)
Tavallud joyi Sovet Ittifoqi Boxtar SSSR
Boʻyi 186 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Surxon
Raqami (Bosh murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
Oʻzbekiston Mashʼal
Oʻzbekiston Shoʻrtan
Oʻzbekiston Andijon
Oʻzbekiston Buxoro
Boshqargan klublari
2019 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-16
2020—2021 Oʻzbekiston OʻFA texnik direktori
2022 Qirgʻiziston FC Dordoy Bishkek
2023 Oʻzbekiston Surxon
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Futbolchilik faoliyati tahrir

Sergey futbolchilik faoliyatini Muborakning „Mashʼal“ klubida boshlagan. Shuningdek, „Shoʻrtan“, „Buxoro“, „Andijon“ jamoalarida ham faoliyat olib borgan. Sergey futbolchilik faoliyati juda erta 2010-yilgi mavsumda yakunlagan[2].

Murabbiylik faoliyati tahrir

Sergey murabbiylik faoliyatini juda erta 2011-yilda boshlagan. Dastlab OʻFA qoshidagi bolalar murabbiy sifatida faoliyat olib borgan[3]. 2018-2019-yillarda Oʻzbekiston U-16 terma jamoasida katta murabbiy va bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan[4][5][2]. 2020-yildan 2022-yilgacha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida texnik direktor sifatida faoliyat olib borgan[6][7]. 2022-yil may oyida Qirgʻizistonning yetakchi jamoasi „FC Dordoy Bishkek“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[8] va Bishkek jamoasining bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan[9]. 2023-yilda ilk Oʻzbekiston Superligasi jamoasidan bosh murabbiylik taklifini oldi. 2023-yil 4-mart Termizning „Surxon“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi[3][10].

Yutuqlar tahrir

  • Qirgʻiziston Superkubogi sohibi: 2022

Shaxsiy hayot tahrir

Sergey Sergeyeyevich Arslanov sobiq futbolchi va murabbiy, Navbahor va Qizilqum jamoasidagi oʻyinlari bilan nom qozongan Sergey Arslanovning oʻgʻlidir[11].

Manbalar tahrir

  1. „"Сурхон" устози: "Жамоа натижаларига мен жавобгарман"“. 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 „Ўзбекистон U-16 терма жамоасига катта мураббий тайинланди“. 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 „Rasman: "Surxon"ga "qog'ozdagi yangi bosh murabbiy" tanlandi“. 2023-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  4. „33 yoshli Sergey Arslanov O'zbekiston U-16 terma jamoasiga katta murabbiy sifatida tayinlandi“. 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  5. „Ўзбекистон U-16 терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди“. 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  6. „ЎФА ва ПФЛнинг махсус ишчи гуруҳи Қорақолпоғистонга борди“. 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  7. „Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва Венгрия футбол федерацияси мутасаддилари ўзаро ҳамкорлик масаласида учрашув ўтказди“. 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  8. „Қирғизистонниг «Дордой» клубида ўзбекистонлик мураббийлар иш бошлашди“. 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  9. „"Dordoy" o'zbekistonlik murabbiy bilan qisqa muddatli shartnoma tuzganini elon qildi. Ahmedov ham shu klubda ishlaydi“. 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  10. „Ўйиндан бир кун аввал "Сурхон" жамоасига янги бош мураббий тайинланди (фото)“. 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  11. „Eshitdik-da! O'zbekistonlik murabbiy Qirg'izistonning amaldagi chempionini boshqaradi“. 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.

Havolalar tahrir