Sergey Uasil-ipa Bagapsh (abxazcha: Sergey Wasi'l-ip'a Bagap'sh, Сергеи Уасыл-иҧа Багаҧшь; 4-mart, 1949 — 29-may, 2011) abxaz siyosatdoni, Abxaziyaning ikkinchi prezidenti boʻlgan. 1997—1999-yillar davomida u bosh vazir, 2005-yildan esa prezident etib saylangan. 2009-yilgi saylov natijasida ikkinchi marotaba shu mansabga oʻtirgan.

Sergey Bagapsh
Сергеи Багаҧшь
Tavalludi 4-mart 1949-yil
Vafoti 29-may 2011-yil(2011-05-29)
(62 yoshda)
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR, Республика Абхазия va Gurjiston

Sergey Bagapsh 2011-yil 29-may kuni Moskvadagi kasalxonalardan birida, oʻpka jarrohligidan keyin vafot etdi.[1][2] Shifokorlar Bagapsh saratonga chalingan ekanini aniqlashdi[3]

Manbalar tahrir

  1. „Abkhazia President Sergei Bagapsh dies at 62“. BBC.
  2. "Признанный президент", Lenta.ru
  3. de Carbonnel, Alissa. „Head of Georgian rebel Abkhazia region dies in Moscow“ (29-may 2011-yil). 2011-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-may.

Havolalar tahrir