Shal aqin tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatidagi maʼmuriy hudud. 1928-yil 3-sntyabrda asos solingan. Markazi — Sergeevka shahri. Tuman maydoni 4,84 ming km². 2011-yil 1-yanvarda aholisi 22,216 kishini tashkil qildi. Aholining zichligi 5,4 kishi/km².

Shal aqin tumani
qoz. Шал ақын ауданы
tuman
Tarkibida Shimoliy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Sergeyevka
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Tineyev Quandiq Yermekovich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2011) 22,216
Zichligi 4,6 kishi./km²
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 45,81%
Ruslar - 40,53%
Ukrainlar - 5,10%
Olmonlar - 4,29%
Beloruslar - 1,03%
Tatarlar - 0,85% /2010/[1][2]
Dinlar tarkibi Xristianlar, Musulmonlar
Maydoni 4,841 km²
Shal aqin tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71534[3]
Avtomobil raqami kodi T, 15
Rasmiy sayti http://shn.sko.kz/

TarixiTahrirlash

1928-yili Shal aqin tumanining hozirgi hududida Rikov va Toʻnkeris tumanlari tashkil topdi. 1930-yili Toʻnkeris tumaniga Rikov tumanining yarim hududi qoʻshildi. 1940-yili tuman nomi oktabrskiy boʻlib oʻzgartildi, 1963-yilda esa Sergeev va 1999-yilgi 15-dekabrda Shal aqin tumani boʻlib qayta nomlandi.

GeografiyasiTahrirlash

Viloyat markazi Petropavlovsk shahridan tuman chegarasigacha 138 kilometr, Sergeevka shahrigacha 174 kilometr. Shimoliy tomonidan — Jambul, gʻarbiy tomonidan — Yesil, sharqiy tomonidan — Timiryazev, Janubidan esa Ayirtav va Musirepov tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududi orqali Yesil daryosi oqib oʻtadi, uning yoqasida Sergeev suv ombori joylashgan.[4]

AholisiTahrirlash

Tuman aholisi 2011-yilgi statistika boʻyicha 22,216 kishini tashkil qildi. Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, tuman aholisining milliy tarkibini quyidaga jadvaldan koʻrishingiz mumkin (2010-yil 1-yanvar)[1][2]:

ManbalarTahrirlash