Shali
Shali (chechencha: Шела – „samolyot“[2]) – Rossiya Federatsiyasining Checheniston Respublikasidagi shahar. Shali tumanining maʼmuriy markazi.
Shali | |
---|---|
Shahar | |
43°9′0″N 45°54′0″E / 43.15000°N 45.90000°E | |
Mamlakat | Rossiya |
Respublika | Checheniston |
Hukumat | |
• mer | Saidov Ali Abubakarovich |
Maydon | 2,702[1] km2 (1,043 kv mi) |
Markazi balandligi | 220 m |
Iqlim turi | moʻtadil |
Rasmiy til(lar)i | chechen, rus |
Milliy tarkib | chechen, rus |
Konfessiyaviy tarkib | musulmon sunniylar, pravoslavlar |
Etnoxoronim | shaliliklar |
Telefon kodi | 87146 |
Pochta indeks(lar)i | 366300 |
Tarkibidagi yagona aholi punkti sifatida „Shali shahar posyolkasi“ munitsipalitetidir.
Geografiyasi
tahrirShahar Bassning ikkala qirgʻogʻida, Shali tumanining markaziy qismida, Les tizmasi etagida, Chechen tekisliklarida joylashgan. Argun temir yoʻl stansiyasidan 18 km janubda va Grozniy shahridan 36 km janubi-sharqda joylashgan. Bu mintaqaviy avtomobil yoʻllarining tutashgan joyidir. Shali shahri hududidan Shela-Axki[3] (Shalinka) daryosi oqib oʻtadi.
Shaharning maydoni 27,02 km² (2009-yil holatiga koʻra).
Moʻtadil kontinental iqlim hukmron. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 450 mm.
Tarixi
tahrir1822-yil 11-fevralda Chechenistondagi qoʻzgʻolon paytida general Grekov boshchiligidagi rus qoʻshinlarining shiddatli hujumi natijasida qishloq butunlay vayron boʻlgan[4].
1837-yilda qishloq yana general-mayor K. K. Fezi boshliq rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan[5].
XIX asr oʻrtalarida Shali Katta Chechenistondagi eng yirik qishloqlardan biri edi. Ovul oʻzining strategik mavqei tufayli Kavkaz urushi paytida Shomil qoʻshinlari uchun yigʻilish nuqtasi boʻlgan.
1944-yilda chechenlar va ingushlar deportatsiya qilinib, Chechen-Ingush Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tugatilgandan soʻng, qishloq nomi Mejdurechye oʻlaroq oʻzgartirilgan.
RSFSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1957-yil 10-apreldagi farmoni bilan qishloq avvalgi nomiga qaytarildi. 1990-yilda qishloqqa shahar maqomi berilgan.
1994—1996-yillardagi harbiy harakatlar shahar va uning aholisiga juda katta zarar yetkazadi: yuzlab odamlar halok boʻldi, uylar, sanoat, transport, aloqa va agrosanoat kompleksi vayron boʻladi. Xususan, faqat birgina – 1995-yil 3-yanvardagi kassetali bombalarning portlashi paytida kamida 55 kishi halok boʻlgan.
Ikkinchi Chechen urushi paytida ham shahar shiddatli janglar joyi boʻlgan. 2000-yil yanvar oyida ayirmachilar va shaharning xayrixoh aholisi ishtirok etgan mitingda „Tochka U“ taktik raketasi otiladi va buning natijasida yuzlab odamlar halok boʻlgan. Bir necha kundan keyin shahar butunlay federal qoʻshinlar nazoratiga oʻtdi[6].
2000-yildan beri shahar faol rivojlanmoqda. Yangi turar-joy binolari, ijtimoiy, madaniy va sport inshootlari barpo etilmoqda.
Aholisi
tahrir2010-yildagi Butunrossiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra shahar aholisining milliy tarkibi[7] :
Millat | Aholi soni | Butun aholi sonidan egallagan ulushi |
---|---|---|
chechenlar | 43 018 | 90,17% |
ruslar | 2578 | 5,40% |
qoʻmiqlar | 362 | 0,76% |
avarlar | 279 | 0,58% |
qozoqlar | 214 | 0,45% |
tabasaranlar | 202 | 0,42% |
boshqa | 1015 | 2,13% |
ishora qilmagan | 40 | 0,08% |
Jami | 47 708 | 100,00% |
Dini
tahrirShahar markazida joylashgan – Yevropadagi eng katta masjid „Musulmonlar iftixori“ masjidi mavjud va ichida 30 ming kishigacha, atrofida esa 70 ming kishigacha musulmon ibodat qilishi mumkin. Masjid qurilishiga 2012-yildan start berildi. Tantanali ochilish 2019-yil 23-avgust kuni respublikaning birinchi prezidenti Axmat Hoji Qodirovning tugʻilgan kuniga toʻgʻri keldi. Ochilish marosimida masjidning nomi paygʻambar Muhammad (s.a.v) [8][9] sharafi bilan eʼlon qilindi.
Ommaviy axborot vositalari
tahrir- „Zama“ („Vaqt“) – Shali tuman gazetasi.
- STV-Shali telekanali.
Transporti
tahrir„Chechavtotrans“ davlat unitar korxonasi tomonidan oltita shahar avtobus yoʻnalishi mavjud. Grozniy, Gudermes, Argun, Urus-Martan, Xasavyurt va Maxachqal’a shaharlariga avtobuslar muntazam ravishda shahar avtovokzalidan joʻnaydi.
Sporti
tahrir„Vaynax“ futbol klubi mavjud.
Shahar sanʼatda
tahrir- Ikkinchi Chechen urushi davridagi Shalidagi voqealar German Sadulayevning „Shalinskiy reyd“ romani mavzusiga aylangan.
- Rassom A. I. Titovskiy 1964-yilda M. Lermontov Kavkazdaligidagi bagʻishlab bir qator suratlar seriyasini yaratadi. Masalan, „Checheno-Ingushetiya. Okraina sel. Shali“ asari ulardan biri hisoblanadi[10].
Qardosh shahar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Генеральный план Шалинского городского поселения. Схема административно-территориальных границ Шали масштаб 1:25000 (с портала „ФГИС ТП Министерства экономического развития РФ“ (ru) (deadlink). fgis.economy.gov.ru. 2016-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-fevral.)
- ↑ "Chechenskoe obshestvo segodnya" jurnal (5(21)/2008). Indarbi Mutushev
- ↑ „Шалинское городское поселение. Генеральный план.“ (ru). www.meriyashali.ru. Qaraldi: 2020-yil 4-oktyabr.
- ↑ Ибрагимов 2008.
- ↑ „Shali BRE“. 2022-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Атака на Аргун и Шали. Неизвестная битва чеченской войны Евгений Норин 8 июля 2018“ (ru). life.ru. Qaraldi: 2020-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Том 4 книга 1 "Национальный состав и владение языками, гражданство"; таблица 1 "Национальный состав населения Чечни по городским округам, муниципальным районам, городским населённым пунктам, сельским населённым пунктам с численностью населения 3000 человек и более"“. 2015-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-yanvar.
- ↑ „Белый мрамор, много золота и ручная роспись: всё о новой крупнейшей мечети в Европе“. Телекомпания «НТВ» (2019-yil 23-avgust). Qaraldi: 2019-yil 23-avgust.
- ↑ „В чеченском Шали открыли крупнейшую в Европе мечеть. Ее должны были назвать в честь Рамзана Кадырова“. «Новая газета» (2019-yil 23-avgust). 2022-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Титовский А. И. Чечено-Ингушетия. Окраина сел. Шали“. 2019-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
Adabiyotlar
tahrir- Shali, aul // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). – SPb., 1890—1907.
- Гапуров Ш. А., Ахмадов Ш. Б., Багаев М. Х., Хасбулатов А. И.. История Чечни с древнейших времён до наших дней. ГУП «Книжное издательство», 2008. ISBN 978-5-98896-103-1.
Havolalar
tahrir- „В Чечне прошло торжественное открытие реконструированного города Шали“ (ru). ria.ru. Qaraldi: 2020-yil 4-oktyabr.
- Ria Novosti, 2018-yil 11-may