Sharshara madrasasi
Sharshara madrasasi Shamsiddin Muhammad guzarida joylashgan bo‘lib, 8 hujrali masjid madrasa bo‘lgan. Qozikalon Abdushukur arznomasida mulla Shamsiddin Muhammad masjidi atrofida Muhammad Aminboy qurdirgan hujralarning birida istiqomat qiluvchi Oftobxojaning bo‘sh qolgan o‘rniga mulla Muhammadbobo o‘tkazilishi bildirilgan. Hujraning bir tarafida yashovchi talaba yiliga 1 tilla haq olgan. Sadr mufti askar Muhammad Orifxoja arznomasida mulla Abdug‘ani Xo‘qandiy 15 oydan beri yo‘qligi va uning o‘rni mulla Qora Buxoriyga berilishi aytilgan. Bu hujjatga ko‘ra, hujraning bir tarafiga 24 tanga haq to‘langan. Ushbu o‘quv dargohida „Hikmat ul-ayn“ asari o‘qitilgan.[1]
Madrasa | |
Sharshara madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Manbalar
tahrir- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 471.