Sherzod Nasimovich Namozov (tugʻ. 1992-yil 3-avgust, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik para dzyudochi, 60 kg gacha vazn toifasida ishtirok etadi. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari chempioni, Jahon chempionati sovrindori, ikki karra Osiyo chempionati gʻolibi, ikki karra Yozgi Paraosiyo oʻyinlari gʻolibi, 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Sherzod Namozov
Tavalludi 3-avgust 1992-yil (1992-08-03) (32 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Mukofotlari Oʻzbekiston iftixori
Sherzod Namozov
Medal soni
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston vakili
dzyudo
Oltin 2019-yilgi Osiyo chempionati 60 kg
Oltin 2018-yilgi Yozgi Paraosiyo oʻyinlari 60 kg
Bronza 2017-yilgi Jahon chempionati 60 kg
Oltin 2017-yilgi Osiyo chempionati 60 kg
Oltin 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari 60 kg
Bronza 2014-yilgi Jahon chempionati 60 kg
Oltin 2014-yilgi Yozgi Paraosiyo oʻyinlari 60 kg

Martaba

tahrir

Sherzod Namozov Buxoro viloyatining Gazli shahrida dzyudo bilan shugʻullana boshlagan [1]. 2014-yilda Inchxon shahrida (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan Yozgi Paraosiyo oʻyinlarida 60 kg vazn toifasida u finalda moʻgʻulistonlik dzyudochi Uuganxuu Bolormaani magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[2]. Koloradoda (AQSh) koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida u oʻz vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Sherzod Namozov 2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 60 kg gacha vazn toifasida u finalda yaponiyalik dzyudochi Makoto Xiroseni magʻlub etdi va shu tariqa Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritdi[3]. Oʻsha yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sherzodni "Oʻzbekiston iftixori " faxriy unvoni bilan taqdirlandi[4].

2017-yili Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 60 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida finalda koreyalik dzyudochi Min Chje Lini magʻlub etib, Sherzod oltin medalni qoʻlga kiritdi[5]. 2018-yilda esa Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paraosiyo oʻyinlarida 60 kg gacha vazn toifasida finalda yana Min Chje Lini magʻlub etib, oʻyinlarning oltin medalini qoʻlga kiritdi [6]. Oʻsha yili Lissabonda (Portugaliya) dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va nogironlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida u oʻz vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi [7].

2019-yili Atirau shahrida (Qozogʻiston) dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 60 kilogramm vazn toifasida u finalda qozogʻistonlik Anuar Sariyevga qarshi ringga koʻtarilib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[8]. Shuningdek, 2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 60 kg vazn toifasida u atigi beshinchi oʻrinni egalladi.

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir