Shirkent (Qarshi tumani) (tojikcha: Shirkent) – Oʻzbekiston Respublikasining Qarshi tumaniga qarashli mahalla. Mahalladan tuman markazigacha 11 km, shahar markazigacha 21 km masofa bor.

Shirkent


tojikcha: Shirkent
Mahalla
Mamlakat Oʻzbekiston
Hukumat
Asos solingan 490-500-yillar atrofida
Ilk eslatilishi Temur Tuzuklari
Rasmiy til(lar)i o'zbek tili
Aholisi
 (2020)
3 000 kishi
Milliy tarkib o'zbeklar
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Pochta indeks(lar)i 180205
Avtomobil kodi UZ 70

Etimalogiyasi va tarixi

tahrir

Qishloq nomining kelib chiqishi tarixan olib qaraganda bu yerda qadimdan chorva (qoʻy-echki va sigir) larning koʻp boʻlganligi bilan bogʻliq. Shirkent fors tilida „shir“ sut va soʻgʻdcha „kent“ qishloq maʼnosini bildiradi. Toponomik olim T. Nafasov Shirkent atamasini „Baland tepalik yonidagi qishloq“ deb izohlaydi. Tepa ustidan uning yonidagi aholi yashaydigan joy chuqurlikday koʻrinadi. Shuning uchun bu yer „Chuqur qishloq“ deb ataladi. Shuningdek, bu yerda „Boʻyniqora“, „Ariqboʻyi“, „Dovud“, va „Gumbaz“ qishloqlari ham bor. Amir Temur Qarshi qal’asini qoʻlga olish maqsadida Shirkent qishlogʻida toʻxtab oʻtgan. Sarkarda bu borada o'zining „Temur tuzuklari“ kitobida alohida toʻxtalib oʻtgan: "... Lashkarlarim ichidan eng ishonchli, dovyurak, jang ko‘rgan yosh bahodir yigitlardan ikki yuz qirq uchtasini tanlab oldim va daryodan o‘tib, ilg'or yubordim. Shirkent mavzeyiga yetdim va o‘sha yerda bir kecha-kunduz to‘xtab, (so‘ng) yana yo‘lga tushib, Qarshi qal’asidan bir farsang masofaga kelib tushdim."[1]

Joylashuvi

tahrir

Qishloqda „Ariqboʻyi“, „Boʻyniqora“, „Dovud“, „Gumbaz“ urugʻ toʻporlari ham mavjud. Qishloq bilan Qarshi tumani markazi Beshkent shahri oraligʻida 7 km masofa mavjud.

Qalʼalari

tahrir

Shirkentda 2 ta tarixiy qal’a xarobalari mavjud.

Ulardan biri Gumbaz Buxortepa (V—XII asrlar) ikkinchisi Shirkenttepa (XVIII—XIX asrlar) dir

Manbalar

tahrir