Singapur iqtisodiyoti
Singapur iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarga xos bozor iqtisodiyoti tizimiga asoslangan boʻlib, hozirgi vaqtda aholi jon boshiga toʻgʻri keluvchi yalpi ichki mahsuloti dunyoda eng yuqori oʻrinlardan birini egallaydi. Singapur rivojlangan davlatlar darajasiga qisqa vaqt mobaynidagi keskin iqtisodiy oʻsishi orqali erishganligi sababli „Sharqiy Osiyo yoʻlbarslari“ maqomiga erishgan davlatlardan biri hisoblanadi.
Valyutasi | Singapur dollari |
---|---|
Savdo tashkilotlari |
APEC, JST, ARC-SIO, ASEAN |
Statistikalar | |
YaIM | $362.818 (2019) |
YaIM darajasi | 32-oʻrin |
Jon boshiga YaIM |
$103 181 (2019) |
Aholi jon boshiga YaIM darajasi |
3-oʻrin |
0.439% (2018) | |
Barcha qiymatlar, agar boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, AQSh dollarida keltirilgan. |
Davlatda elektronika, ishlab chiqarish, kemasozlik va moliyaviy xizmat sohalari rivojlangan. Barqaror iqtisodiyoti tufayli keskin iqtisodiy oʻzgarishlar davrida ham mamlakat barqaror savdo narxlarini saqlab tura oladi. Singapur iqtisodiyoti mahsulot eksportiga, xususan, maishiy elektronika, axborot texnologiyalari, farmasevtika va moliyaviy xizmatlar kabi sohalarga bogʻliq holda rivojlanadi. Transmilliy korporatsiyalar mamlakat iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadi. Singapur iqtisodiyoti dunyoda eng ochiq va korrupsiyadan xoli iqtisodlardan biri hisoblanadi. Singapur farmasevtika va tibbiyot ishlab chiqarish sohalariga katta sarmoyalarni jalb qilib keladi va Janubi-Sharqiy Osiyoda moliyaviy va yuqori texnologiyali markaz sifatida rivojlanish saʼy-harakatlarini davom ettirmoqda. Singapore Airlines kompaniyasi bugungi kunda dunyoga keng tanilgan nufuzli avia kompaniyalardan biri hisoblanadi va Singapurning Fairmont Raffles Hotels International xolding kompaniyasi Swissotel xalqaro mehmonxonalar tarmogʻiga egalik qiladi.
Umumiy xususiyatlari
tahrirSingapur Osiyoning yetakchi xarid qobilyatiga ega va yuqori narxlarga ega markazi hisoblanadi. Globallashuv jarayonlarining rivojlanib borishi tufayli mamlakat oʻzini Sharqiy Osiyoning moliyaviy va yuqori texnologiyali markazi sifatida tobora koʻproq namoyish etmoqda.
Singapur yalpi ichki mahsulotida asosan sanoat ishlab chiqarishi va moliya sektori (2000-yil holatiga) mos ravishda 26% va 22% ni tashkil etadi. Singapur dunyodagi uchta yirik neftni qayta ishlash eksport markazlaridan biri boʻlib, neft sanoati mamlakat yalpi ichki mahsulotining 5% ni tashkil qiladi.
Hukumat Markaziy taʼminot jamgʻarmasi deb nomlanuvchi majburiy pensiya tizimi orqali yuqori darajadagi jamgʻarma va investitsiyalarni doimiy tarzda ragʻbatlantirib boradi, jamgʻarma byudjetining asosiy qismi taʼlim va texnologiyaga sarflanadi. Hukumat Temasek Holdings davlat investitsiya guruhiga aloqador kompaniyalarga, xususan ishlab chiqarish huquqiga ham ega boʻlib, ular asosan tijorat tashkiloti sifatida faoliyat yuritadi va yillik YaIMning taxminan 60% ni ishlab chiqaradi.
Ish haqining oshishiga qaramay, yuqori raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun hukumat sanoat va xizmat koʻrsatish sohasida qoʻshimcha qiymatli faoliyatni ragʻbatlantirib boradi. Davlatda moliyaviy xizmatlar, telekommunikatsiya infratuzilmasi, elektr stansiyalari va chakana savdo obʼektlari koʻp sonli xorijiy xizmat koʻrsatuvchi provayderlarga koʻmaklashish uchun tashkil etilgan. 2006-yilda Singapurning markaziy biznes tumanlarida ijara haqi miqdori uch baravarga ortaganida, hukumat ijara xarajatlarini va Singapurda biznes yuritish xarajatlarini kamaytirish uchun ish haqini cheklash va davlatdagi foydalanilmayotgan binolarni boʻshatish kabi bir qancha chora-tadbirlarni koʻrdi.
Singapurda korrupsiyaning deyarli mavjud emasligi, malakali ishchi kuchi, ilgʻor va samarali yaratilgan infratuzilmasi doimo Qoʻshma Shtatlar, Yaponiya va Yevropadan 3000 dan ortiq transmilliy korporatsiyalarni oʻziga jalb etadi. Xorijiy firmalarni mamlakat iqtisodiyotining deyarli barcha sohalarida uchratish mumkin. TMKlar barcha sanoat mahsuloti va toʻgʻridan-toʻgʻri eksport sotishning uchdan ikki qismidan koʻprogʻini tashkil qiladi, garchi baʼzi xizmat koʻrsatish sohalarida birinchi navbatda hukumat bilan bogʻliq korporatsiyalar ustunlik qilsa ham.
YaIM
tahrirXalqaro valyuta jamgʻarmasi[1] maʼlumotlariga koʻra Singapur yalpi ichki mahsuloti (YaIM):
Yil | YaIM
(milliard dollar) |
AQSh dollari ekvivalenti | Aholi jon boshiga nominal YaIM
(AQSH dollari foizda) |
Aholi jon boshiga YaIM
(AQSH dollari foizda) |
---|---|---|---|---|
1980-yil | 25 117 | 2,14 SGD | 39,65 | 55,00 |
1985-yil | 39 036 | 2,20 SGD | 36,63 | 63,41 |
1990-yil | 66 778 | 1,81 SGD | 52,09 | 74,76 |
1995-yil | 119 470 | 1,41 SGD | 86,14 | 90,60 |
2000-yil | 159 840 | 1,72 SGD | 66,19 | 91,48 |
2005-yil | 194 360 | 1,64 SGD | 67,54 | 103,03 |
2007-yil | 224 412 | 1,42 SGD | 74,61 | 107,92 |
2008-yil | 235 632 | 1,37 SGD | 73,71 | 107,27 |
2009-yil | 268 900 | 1,50 SGD | 78,53 | 108,33 |
2010-yil | 309 400 | 1,32 SGD | 82,13 | 119,54 |
2011-yil | 270 020 | 1,29 SGD | - | - |
- 1999-yilda – 5,4% ga oʻsdi.
- 2000-yilda – 9,9% ga oʻsdi.
- 2001-yilda – 2,0% ga pasaydi.
- 2002-yilda – 2,2% ga oʻsdi.
- 2003-yilda – 1,1% ga oʻsdi.
- 2004-2008-yillarda – oʻrtacha 6,8% ga oʻsdi.
- 2005-yilda – 6,4% ga oʻsdi.
- 2006-yilda – 7,9% ga oʻsdi.
- 2007-yilda – 7,4% ga oʻsdi
- …
- 2017-yilda – 3,6% ga oʻsdi [2]
Tarixi
tahrirBir asrdan ortiq vaqt mobaynida Singapur hududi Britaniya mustamlakasi boʻlgan (boʻgʻozlar turar joylari deb ham atalgan). Muhim suv savdo yoʻllari Singapur boʻgʻozi orqali oʻtgan boʻlsa-da, bu aholi punktlarining rivojlanishiga hech qanday taʼsir oʻtkazmagan. XX asrning birinchi yarmigacha mahalliy aholining asosiy mashgʻulotlari baliqchilik va tabiiy kauchuk ishlab chiqarish boʻlgan. 1963-yilda Singapur Britaniya imperiyasidan ajralib chiqadi va Malayziya bilan federatsiya tuzadi. Biroq, Singapur aholisining toʻrtdan uch qismi xitoylardan iborat edi. Shuningdek, Malayziya va Indoneziya bilan ziddiyatlar 1965-yilda Singapurning Malaya federatsiyasidan chiqarib yuborilishiga olib keladi. Singapur mustaqillikka erishgan davlat sifatida bir qator iqtisodiy muammolarga duch keladi: oziq-ovqat va chuchuk suv yetishmasligi, mineral resurslarning toʻliq yetishmasligi, sanoatning yomon rivojlanishi, 1968-yilda Britaniya harbiy bazasining olib chiqilishi ishsizlik muammosini yanada ogʻirlashtirdi. Arzon ishchi kuchiga ega boʻlgan boshqa mamlakatlardan farqli oʻlaroq, yirik xorijiy kompaniyalarning mamlakatga kirib kelishini osonlashtirish uchun Singapur hukumati yangi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik muhitini yaratdi. Li Kuan Yu partiyasi hokimiyatni deyarli monopol shaklda qoʻlga oldi, hukumat nazoratidagi yagona kasaba uyushmasi tuzildi, boshqa kasaba uyushmalarini (va ayniqsa kommunistik tashkilotlarni) tuzish oʻlim jazosigacha jazolandi; Korrupsiya va giyohvand moddalar savdosi bir xil darajada qattiq javobgarlikka tortildi. Ushbu strategiya juda samarali boʻldi, birinchi yetti-yil ichida YaIM oʻsishi 10% dan oshdi, 1972-yilga kelib ishlab chiqarish korxonalarining toʻrtdan bir qismi xorijiy yoki Yaponiya va AQSh hamkorlari bilan qoʻshma korxonalardan iborat edi, 1975-yilga kelib sanoatning YaIMdagi ulushi 14% dan 22% gacha oshdi. Ayniqsa, davlatda axborot texnologiyalari, neft-kimyo va elektronika sohalarida kadrlar tayyorlashga jiddiy eʼtibor qaratildi. Agar 1960-yillarda asosiy sanoat mahsulotlari gugurt, qarmoqlar va baliq toʻrlari boʻlgan boʻlsa, 1970-yillarga kelib toʻqimachilik, kiyim-kechak va oddiy elektronika maxsulotlari asosiy sanoat maxsuloti sifatida eksport qilingan. 1980-yillarning boshlariga kelib Singapur qattiq disklar ishlab chiqarish boʻyicha jahonda yetakchiga aylandi. 1990-yillarda Singapurda kompozit materiallar savdosi, logistika, biotexnologiya, farmasevtika va mikroelektronika kabi sohalar rivojlandi[3][4].
Singapurning mustaqillikdan keyingi dastlabki 20 yilida YaIMning oʻsishi 10% ga yaqin boʻlgan boʻlsa, 1985-yilda bu koʻrsatkich 1984-yilga nisbatan biroz pasaygan. YaIM pasayishining bevosita asosiy sababi Singapurdagi eng yirik sanoat guruhlaridan biri Pan-Electric Industries[en][5] kompaniyasining bankrot boʻlgani edi. Ushbu davrda, Singapur ishchi kuchining raqobatbardoshligining pasayishi va tobora koʻproq ishlab chiqarish quvvatlarining Xitoy va boshqa mamlakatlarga oʻtishi bilan bogʻliq edi. Bunday ogʻir vaziyatda hukumat iqtisodiyotni rivojlantirishning yangi usullarini izlashi kerak boʻlgan. 1973-yilgacha Singapurning oʻz fond birjasi mavjud boʻlmagan, aksariyat korxonalar davlat mulki hisoblangan. 1985-yildan boshlab davlat kompaniyalarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish boshlandi, eng katta ulush 1993-yilda Singapur telekommunikatsiyalarini xususiylashtirish jarayoni boʻlgan boʻlib, bu Singapur birjasining bozor kapitallashuvini deyarli uch baravarga oshirdi (48,8 milliard AQSh dollaridan 132,7 milliard dollargacha). 1999-yil oxirida Singapur birjasida jami bozor kapitallashuvi 434 milliard AQSH dollarini tashkil etgan 370 ta kompaniya roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 27 foizi Temasek Holdings suveren fondi[6] tomonidan nazorat qilingan.
Sanoat bilan parallel ravishda Singapurda moliya sektori rivojlandi. 1968-yilda Osiyo dollarining umumiy bozori tashkil etildi (inglizcha: Asian dollar market) va Singapur Taraqqiyot banki (DBS Bank) tashkil etildi, keyingi-yili oltin savdosi ancha liberallashtirildi (va shundan beri Singapur Janubi-Sharqiy Osiyoda oltinning eng yirik importchisi boʻldi). 1971-yilda Singapur Monetar boshqarmasi tuzildi (inglizcha: Monetary Authority of Singapore), uning asosiy vazifasi markaziy bank vazifasini bajarish boʻlgan; Osiyo dollari obligatsiyalari bozori ham 1971-yildan joriy etildi. 1984-yilda Singapore International Monetary Exchange[en], SIMEX tashkil etildi, ushbu davrda Singapur valyuta ayirboshlash hajmi boʻyicha London, Nyu-York va Tokiodan keyin dunyoda toʻrtinchi yirik markazga aylandi, ammo xalqaro operatsiyalarda Amerika dollari, Yaponiya iyenasi va nemis markasi biroz ustunlik qildi, natijada Singapur dollarining jahondagi roli ahamiyatsiz boʻlib qoldi[6].
Singapurning iqtisodiy strategiyasi natijasida 1960-yildan 1999-yilgacha real iqtisodiy oʻsish oʻrtacha 8,0% ni tashkil etdi. Mintaqaviy moliyaviy inqirozdan soʻng, iqtisodiyot 1999-yilda 5,4% va 2000-yilda 9,9% oʻsish bilan qayta tiklandi. Biroq, Qoʻshma Shtatlar, Yaponiya va Yevropa Ittifoqidagi iqtisodiy pasayishlar, shuningdek, elektronika sanoatining global pasayishi 2001-yil uchun prognoz qilingan Singapur iqtisodiy oʻsishiga ham salbiy 2,0% ga taʼsir qildi. 2002-yilda iqtisodiyot 2,2% va 2003-yilda SARS epidemiyasida Singapurda iqtisodiyot 1,1% ga oʻsdi.
2004-2008-yillar oraligʻida real YaIMning oʻsishi oʻrtacha 6,8% ni tashkil etdi, ammo 2008-yilning ikkinchi choragida Singapur oxirgi 5 yildagi eng yomon iqtisodiy inqirozga duch keldi[7]. 2008-yilning uchinchi choragida Singapur retsessiyaga kiradi[8]. Oradan 2 yil oʻtgach mamlakat iqtisodiyoti 2010-yildan boshlab yana tiklana boshladi va hukumat yil davomida 3-5% ga oʻsishga erishdi.
Qishloq xoʻjaligi
tahrirSingapur qishloq xoʻjaligi deyarli rivojlanmagan. Mamlakatdagi qishloq xoʻjaligi sohasi mamlakatning 709 km² maydonidan taxminan 1%, asosan kichik orollarda yashaydigon xususiy fermer xoʻjaliklardan iborat. Hududning qariyb 3,3% ini oʻrmonlar, shu jumladan qarovsiz qolgan bogʻlar egallaydi. Qishloq xoʻjaligidagi asosiy maxsulotlar: kopra, mevalar, sabzavotlar, parranda goʻshti, tuxum, baliq, orkide va baliqlaridan iborat.
Sanoati
tahrirSingapur elektron sanoat ishlab chiqarish sektorida jahonda yetakchilik qiladi va elektron sanoat umumiy sanoat mahsulotining qariyb 48% ni tashkil qiladi, biroq hukumat kimyo va biotexnologiya sohalarini rivojlantirishga ham muhim ahamiyat beradi.
Sanoat ishlab chiqarishining oʻsish sur’ati yillik 5,7% ni tashkil qiladi (2017-yil)
Kemasozlik
tahrirSingapur burgʻulash uskunalari global bozorining 70% ga va suvda suzuvchi neft ishlab chiqarish, saqlash va tushirish qurilmalari bozorining 70% ga egalik qiladi. Mamlakat kema taʼmirlash boʻyicha jahon bozorining 20% ni tashkil qiladi. Singapurda 2008-yilning oʻzida dengiz sanoatida 70 mingga yaqin ishchi mehnat qilgan[9].
Elektronika sanoati
tahrirElektronika sanoati ishlab chiqarish sektorida yetakchilik qiladi va umumiy sanoat mahsulotining qariyb 48% ni tashkil qiladi.
Biotexnologiya sanoati
tahrirSingapur biotexnologiya sanoatini faol ragʻbatlantiradi va rivojlantiradi. Har yili hukumat infratuzilma, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik fondlari, yuqori malakali ishchi kuchiga yuzlab million dollar sarmoya kiritmoqda. GlaxoSmithKline (GSK), Pfizer va Merck & Co kabi yetakchi dori ishlab chiqaruvchilari Singapurda oʻz zavodlarini ochgan. 2008-yil 8-iyunda GSK Osiyoda birinchi boʻlib bolalar vaksinalarini ishlab chiqarish zavodini ochish uchun 300 million Singapur dollari miqdorida sarmoya kiritishini eʼlon qildi[10]. Hozirgi kunda farmasevtika sanoati mamlakat umumiy sanoat mahsulotining 16% dan ortigʻini tashkil qiladi.
Energetika tizimi
tahrir2016-yil holatiga koʻra, mamlakatda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 98 foizi qazib olinadigan yoqilgʻidan, qolgan 2 foizi muqobil qayta tiklanadigan manbalardan olingan. 2016-yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish 48,66 mlrd kVt/soatni, energiya isteʼmoli 47,69 mlrd kVt/soatni tashkil etgan. Mamlakatning eng yirik elektr stansiyasi Senoko hisoblanadi. Singapurda eneriya isteʼmoli baland boʻlgani tufayli elektr energiyasini eksport qilmaydi.
2015-yil holatiga koʻra, neft importi kuniga 783,3 ming barrelni, eksport – kuniga 14,780 barrelni tashkil etdi. Neft mahsulotlari importi kuniga 2,335 million barrelni, eksporti esa kuniga 1,82 million barrelni tashkil etdi. Singapur neftni qayta ishlashning sezilarli quvvatiga ega boʻlgan boʻlsa-da (eng yirik neftni qayta ishlash zavodi Royal Dutch Shell), isteʼmol hajmi ishlab chiqarishdan oshadi. Singapur neft mahsulotlari importi boʻyicha dunyoda birinchi, eksport boʻyicha toʻrtinchi oʻrinda turadi.
Singapur hozirgi kunda dunyodagi uchta yirik neftni qayta ishlash va eksport qilish markazlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatning neft sanoati yalpi ichki mahsulotning 5% ni tashkil qiladi. 2007-yilda Singapur 68,1 million tonna neft mahsulotlarini eksport qildi.
Singapurda neftni qayta ishlash sanoati kimyo sanoatining rivojlanishiga, shuningdek, neft va gaz uskunalarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga hissa qoʻshgan[11].
2017-yilda Singapur tomonidan import qilingan 13,48 milliard kub metr tabiiy gazning 12,97 milliardi isteʼmol qilingan va 622,9 million kub metri reeksport qilingan.
Moliyaviy sektori
tahrirValyuta: Singapur dollari (S$ yoki SGD) = 100 sent
Banklar faoliyati
tahrir1960-yillardan boshlab, Singapur bank bozorida asosiy toʻrtta bank hukmronlik qiladi: Singapur Taraqqiyot Banki (DBS), Oversea-Chinese Banking Corporation (OCBC), United Overseas Bank (UOB) va Overseas Union Bank (OUB). Oxirgi ikkitasi 2001-yilda birlashib ketishi tufayli, mamlakatda uchta yetakchi moliya markazlari paydo boʻladi. 1971-yildan beri Singapur Monetar boshqarmasi mamlakatda markaziy banki rolini oʻynab kelmoqda (inglizcha: Monetary Authority of Singapore).
Singapur Janubi-Sharqiy Osiyoning moliyaviy markazi hisoblanadi. Mintaqadagi asosiy rol ushbu tashkilotga tegishli boʻlganiga qaramasdan, Singapur koʻpincha (Human Rights Watch maʼlumotlariga koʻra) korrupsioner rahbarlar va ularning sheriklaridan kelib chiqishi shubhali boʻlgan pullarni oʻz ichiga olgan uy-joy hisobvaraqlari, shu jumladan Birma hukumatining tabiiy gazdan tushgan milliardlab dollarlarni oʻz ichiga olgani uchun doimiy tanqid qilinadi[12].
Soliq tizimi
tahrirSingapur past soliq stavkalari tufayli investorlar uchun juda qulay hudud hisoblanadi. Singapurda jami 5 ta soliq tizimi mavjud boʻlib, ulardan asosiy ikkitasi daromad soligʻi va ish haqi soligʻi hisoblanadi. Mamlakatda umumiy soliq stavkasi 27,1% ni tashkil qiladi. Davlat dunyodagi soliq tizimlari reytingida 5-oʻrinni egallaydi[13]. Importda faqat 4 turdagi import qilinadigan tovarlar soliqqa tortiladi: alkogolli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlari va avtomobillar[14]. 1994-yil 1-aprelda Singapur yangi tovar va xizmatlar soligʻini (GST) joriy etdi, amalda daromad soligʻi dastlab-yiliga 3% boʻlib, bu davlat daromadlarini 1,6 milliard Singapur dollariga (1 milliard AQSH dollari, 800 million yevro) oshirdi va davlat moliyasini barqarorlashtirdi[15]. Ushbu soliq stavkasi 2003-yilda 4 foizga, 2004-yilda 5 foizga va 2007-yilda 7 foizga oshirildi[16].
Transport strukturasi
tahrirSingapurda 5 ta aviakompaniya roʻyxatdan oʻtgan (shubhasiz yetakchi Singapur Airlines hisoblanadi). Ushbu aviakompaniyalarning umumiy aviaparki 197 ta samolyot sigʻimidan iborat boʻlib, 2015-yilning oʻzida ular 33 milliondan ortiq yoʻlovchini tashigan. Mamlakatda 9 ta aeroport mavjud boʻlib, ularning barchasi sifatli asfaltlangan, ikkitasida 3 km dan ortiq uzunlikdagi uchish-qoʻnish yoʻlaklari mavjud.
Yoʻl tarmogʻining umumiy uzunligi 3,5 ming kmni tashkil etadi, shundan 164 km avtomagistrallardan iborat.
Flot hajmi boʻyicha Singapur dunyoda 6-oʻrinni egallaydi. 2017-yilda uning tarkibiga 1000 brross-registr tonnadan ortiq suv oʻtkazuvchanligi boʻlgan 3558 ta kema kirgan. Ulardan 722 tasi tankerlar, 592 tasi yuk tashuvchi kemalar, 504 tasi konteyner kemalari, 134 tasi boshqa yuk kemalari hisoblanadi. Singapur porti dunyodagi eng yirik portlardan biri boʻlib, 2016-yilda u orqali 30,9 million tonna yuk oʻtgan, shuningdek, mamlakatda suyultirilgan gazni qabul qilish terminallari ham mavjud.
Savdo va investitsiya siyosati
tahrir2000-yilda Singapurning umumiy savdo hajmi 273 mlrd. Singapur dollari (S$)ni tashkil etgan, bu koʻrsatgichga koʻra mamlakatdagi savdo hajmi 1999-yilga nisbatan 21% ga oshgan. 2000-yilda Singapur importi 135 mlrd. S$ ni, eksporti esa 138 mlrd. S$ ni tashkil etgan. Malayziya Singapurning asosiy import manbai va eng yirik eksport bozoriga ega(18%) hamkori hisoblanadi. 2000-yilda davlatning boshqa mamlakatlar bilan umumiy savdo hajmining 43% ni tashkil etgan. Singapurning asosiy eksporti neft mahsulotlari, oziq-ovqat, ichimliklar, kimyo, toʻqimachilik, kiyim-kechak, elektron komponentlar, telekommunikatsiya qurilmalari va transport uskunalari hisoblanadi. Singapurning asosiy import maxsulotlari samolyotlar, neft va neft mahsulotlari, elektron komponentlar, radio va televizorlar va butlovchi qismlar, avtotransport vositalari, kimyoviy mahsulotlar, temir, poʻlat va toʻqimachilik matolaridan iborat hisoblanadi.
Singapurning Iqtisodiy rivojlanish kengashi (EDB) biznes yuritishdagi nisbatan yuqori xarajatlariga qaramay, yirik loyihalar uchun ustalik bilan mablagʻ yigʻishga qodir kuchli tashkilotlardan hisoblanadi. 2000-yilda yangi ishlab chiqarish shartnomalarining 40% ulushida xorijiy investitsiyalar jalb etish boʻyicha Qoʻshma Shtatlar kompaniyalari yetakchilik qilmoqda. 1999-yil holatiga koʻra, Amerika kompaniyalarining ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalariga jami sarmoyalari taxminan 20 milliard AQSH dollariga yetgan. Amerika investitsiyalarining asosiy qismi elektronika ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash va saqlash hamda kimyo sanoatiga toʻgʻri keladi. Singapurda 1500 dan ortiq Amerika firmalari doimiy faoliyat yuritadi.
Bundan tashqari, hukumat mahalliy firmalarni chet elga sarmoya kiritishini ragʻbatlantiradi, Singapurning umumiy xorijiy sarmoyasi 1998-yil oxirida 39 milliard dollariga yetgan. Birinchi oʻrinda Xitoy Xalq Respublikasi (umumiy xorijiy investitsiyalar hajmining 14 foiz), ikkinchi oʻrinda Malayziya (10 foiz), Gonkong (8,9 foiz), Indoneziya (8,0 foiz) va AQSh (4,0 foiz) turadi. Hindistonning tez rivojlanayotgan iqtisodiyoti, ayniqsa, yuqori texnologiyali sanoati ham Singapur sarmoyasi uchun istiqbolli hisoblanadi[17].
2016-yilda Singapurda birinchi Hind okeani umumiy konferensiyasi forumi boʻlib oʻtadi, bu konferensiya ASEAN iqtisodiy konferensiyasi dasturini diversifikatsiya qiladi. Kolomboda tashkil etilgan navbatdagi forumda Singapur delegatsiyasi tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi yirik kompaniya va korporatsiyalarning 120 dan ortiq vakillaridan ishtirok etadi. Singapurning ikki yirik Golden Agri-Resources va QI Ingredients yirik oziq-ovqat ingrediyentlari yetkazib beruvchi tashkilotlari Shri-Lanka iqtisodiyotiga 6 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritish imkoniyati haqida konferensiyada chiqish qilishadi.
Yillar | Umumiy savdo | Import | Eksport | % ning oʻzgarishi |
---|---|---|---|---|
2000-yil | 273 dollar | 135 dollar | 138 dollar | 21% |
2001-yil | −9,4% | |||
2002-yil | 432 dollar | 1,5% | ||
2003-yil | 516 dollar | 237 dollar | 279 dollar | 9,6% |
2004-yil | 629 dollar | 293 dollar | 336 dollar | 21,9% |
2005-yil | 716 dollar | 333 dollar | 383 dollar | 14% |
2006-yil | 810 dollar | 379 dollar | 431 dollar | 13,2% |
Barcha qiymatlar milliard Singapur dollarida hisoblangan.
Singapur kompaniyalari
tahrir2018-yilda Forbes Global 2000 roʻyxatiga dunyodagi 2000 ta eng yirik jamoat kompaniyalari kiritilgan boʻlib, ular orasidagi 15 tasi Singapurga tegishli kompaniyalar boʻlgan[18]. Ular DBS Group (228), Oversea-Chinese Banking Corporation (284), United Overseas Bank (311), SingTel (354), Wilmar International (456), CapitaLand (931), Singapore Airlines (1119), Flextronics International (1176), Olam International (1326), Keppel Corporation (1634), China Aviation Oil (1734), UOL Group (1858), Frasers Centrepoint (1920), Fraser & Neave (1938), Sembcorp Industries (1971).
Yana qarang
tahrirHavolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Edit/Review Countries“. 2010-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-yanvar.
- ↑ Vlasti Singapura razdadut jitelyam bolee 500 millionov dollarov // RIA Novosti | Rambler, sen 2018
- ↑ „Singapore's Economic Development“ (en) (2018-yil 16-aprel). Qaraldi: 2019-yil 21-yanvar.
- ↑ „An Economic History of Singapore: 1965-2065“ (en) (2015-yil 5-avgust). 2019-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-yanvar.
- ↑ „The Pan-Electric crisis hits the stock market Dec 1985“ (en). eresources.nlb.gov.sg. Qaraldi: 2019-yil 13-yanvar.
- ↑ 6,0 6,1 Raj Brown. „The emergence and development of Singapore as a regional/international financial centre“ (en). XIV International Economic History Congress, Helsinki 2006 Session 31 (2006). Qaraldi: 2019-yil 13-yanvar.
- ↑ Removed: news agency feed article // The Guardian
- ↑ Singapur voshyol v resessiyu
- ↑ „Facts and Figures“. Singapore Government (2009-yil 13-oktyabr). 2011-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-iyul.
- ↑ Pharmaceutical-Technology.com
- ↑ „Facts and Figures“. Singapore Government (2010-yil 11-noyabr). 2011-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-iyul.
- ↑ Human Rights Watch World Report 2011 (Wayback Machine saytida 2023-09-17 sanasida arxivlangan) // hrw.org – Singapore page 369
- ↑ PricewaterhouseCoopers
- ↑ PricewaterhouseCoopers
- ↑ „FY 1996 Budget, Revenue And Tax Changes“. Ministry of Finance. 2006-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 1-may.
- ↑ „GST rate to rise to 7% from 1 July“. Channel NewsAsia (2007-yil 15-fevral). 2012-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-aprel.
- ↑ „Highlights of Indian Ocean Conference 2016“. indiafoundation.in. 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-mart.
- ↑ „Forbes Global 2000 List“ (en). Forbes. Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.