Solih Inogʻomov

oʻzbek diplomati

Solih Rahimjonovich Inogʻomov — oʻzbek tarixchisi, filologi va diplomati. Filologiya fanlari nomzodi. 1995-yildan 2008-yilgacha Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi, oʻrindoshlik asosida Misr va Iordaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi. 2008-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Hindistondagi, oʻrindoshlik asosida Bangladesh va Nepaldagi elchisi boʻlgan[1].

Solih Rahimjonovich Inogʻomov

Oʻzbekiston elchisi Solih Inogʻomov Hindiston Prezidenti Pratibha Patilga ishonch yorliqlarini topshirmoqda, 2009-yil 16-yanvar
 Oʻzbеkistоnning Hindistondagi elchisi
 
Mansab davri
2008-yildan – 2017-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Saidakmal Saidaminov
Vorisi Farhod Arziyev
 Oʻzbеkistоnning Saudiya Arabistonidagi elchisi
 
Mansab davri
1995-yildan – 2008-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi Alisher Qodirov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-may 1953-yil (1953-05-02) (70 yosh)
Toshkent

Hayoti tahrir

1953-yil 2-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan.

1976-yilda Toshkent universiteti sharqshunoslik fakultetini bitirgan.

1976-1978 — Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasining xorijiy koʻrgazmalar boʻlimida referent.

1978-1980 — Iroq davlatida tarjimon.

1987-1990 — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida ilmiy xodim.

1980-1987 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasida birinchi kotib.

1990-1992 — Sovet Ittifoqining Yaman Respublikasi Adan shahridagi Bosh konsulxonasida vitse-konsul.

1992-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tahlil va axborot boʻlimi mudiri oʻrinbosari.

1994—1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida referent.

1995—2003 — Oʻzbekistonning Saudiya Arabistoni podshohligidagi favqulodda va muxtor elchisi.

1998—2003 — Oʻzbekistonning Iordaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

2001—2003 — Oʻzbekistonning Misrdagi favqulodda va muxtor elchisi.

2010—2017 — Oʻzbekistonning Hindistondagi favqulodda va muxtor elchisi.

2011—2017 — Oʻzbekistonning Nepaldagi favqulodda va muxtor elchisi.

2013—2017 — Oʻzbekistonning Bangladeshdagi favqulodda va muxtor elchisi.

Manbalar tahrir