Stanislav Kudryashov (ruscha: Кудряшов Станислав; 20-avgust 1975-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – Oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi[1] va futbol murabbiyi. Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi yoshlar murabbiyi.

Stanislav Kudryashov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Stanislav Kudryashov
Tavallud sanasi 20-avgust 1975-yil (1975-08-20) (49 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 179 cm (5 ft 10 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1992—1999 Traktor Toshkent 175 (16)
2000—2003 Neftchi 69 (1)
2003 Sementchi 8 (0)
2004 Soʻgʻdiyona 14 (0)
2005 Navbahor 8 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Stanislav futbolchilik faoliyatini Toshkent traktor zavodiningTraktor“ jamoasi safida, 1992-yilda boshlagan[2]. Traktor jamoasi safida 8 mavsum davomida oʻynagan va 175 oʻyinda, 16 ta gol muallifi boʻlgan. 2000-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi tarkibiga oʻtgan va 2001-yilgi mavsumda faoliyatida ilk bor Oʻzbekiston Superligasi chempioni boʻlgan. Oʻsha mavsumning oʻzida Oʻzbekiston Kubogi finalida ilk bor ishtirok etadi. Finalda „Neftchi“ jamoasi „Paxtakor“ jamoasiga 2-1 hisobida magʻlub boʻlgan. Stanislav finalda dastlabki daqiqalardan 70-daqiqagacha maydonda harakat qilgan va 70-daqiqada Temur Kapadzega almashtirilgan[3]. Keyinchalik faoliyatida pasayish boʻladi va 2003-yilgi mavsumda Quvasoyning „Sementchi“ jamoasida oʻynagan. 2004-yilda bir muddat Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ va 2005-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoalarida oʻynagan. 2005-yildan soʻng professional jamoalar safida deyarli koʻrinmagan.

Murabbiylik faoliyati

tahrir

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng „Paxtakor“ klubi tizimida faoliyat olib borgan va bir nechta yosh toifasida murabbiylik qilgan[4]. Shuningdek „Paxtakor-2“ jamoasida ham murabbiylik faoliyatini olib borgan.

Yutuqlar

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir