Sulfid rudalari
Sulfid rudalari — metallning oltingugurtli (sulfid yoki kolchedanlar), shuningdek, selenli, tellurli, mishyakli va surmali birikmalaridan tarkib toptan tabiiy mineral hosilalar. Sulfid rudalaridan, asosan, Ni, Co, Cu, Zn, Pb, Mo, Bi, Sb va Hg olinadi. Sr. tarkibida sulfidlardan tashqari, nometall (kvars, kalsit baʼzan barit, slyuda) minerallar ham boʻladi. Tarkibidagi sulfidlar va boshqa minerallarning oʻzaro nisbatiga koʻra, ya x l i t yoki massiv (sulfidi koʻproq) Sulfid rudalari bilan tomirli yoki xolxol (nosulfid minerali koʻp) va kompleks (polimetall) Sulfid rudalari boʻladi. Oddiy, yoki monometalli va kompleksli yoki tarkibida mis, rux, qoʻrgʻoshin sulfidlari boʻlgan polimetall Sulfid rudalari keng tarqalgan (qarang Polimetall rudalar.); ularga mis, kobalt, nikel, surma va simob rudalari ham kiradi. Koʻpgina Sulfid rudalarida Pt, Au, Ag, Cd, In, Se, Te aralashma holida uchraydi. Sulfid rudalari konlarining kupi endogen konlarga mansub boʻlib, ular orasida gidrotermal konlar ayniqsa koʻp. Ruda tanalari koʻpincha tomir, qatlam, linza, shtok va quvursimon yotqiziqlardan iborat; uzunligi va chuqurligi yuzlab m dan bir necha km ga yetadi. Ularda Sulfid rudalari zaxirasi yuzlab mln. va hatto mlrd. t. ga, ruda tarkibidagi metall birikmalari esa 0,1%dan bir necha oʻn %ga yetadi. Sulfid rudalari konlari Oʻrta Osiyoda Qoramozor, Qizilqum, Chatqol, Turkiston togʻlarida bor (ya na q. Kolchedanlar).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |